Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


To’g’ri zarba uchun N.E. Jukovskiy formulasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə47/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   176
9.5. To’g’ri zarba uchun N.E. Jukovskiy formulasi.

Gidravlik zarba vaqtida bo’ladigan o’zgarishlarni va zarba kuchini hisobga olish uchun zarba bosimi ∆r3 ning qiymatini aniqlash kerak. Buning uchun zarba bosimi ostida suyuqlikning siqilgan holi uchun harakat miqdorining o’zgarishi haqidagi teoremani qo’llab, gidravlik zarba bosimi uchun N.E Jukovskiyni quyidagi formulasini olamiz:


∆r3=0 a


Bundan ko’rinadiki, gidravlik zarba bosimi suyuqlikning zichligi, tezligi va shu suyuqlikda to’lqin tarqalishi tezligiga proportsional bo’lib, ularning ko’paytmasiga tengdir. Agar suyuqlikda to’lqin tarqalishi a suyuqlikning va Quvurning elastiklik xossalariga bog’liq


bo’lsa, umumiy holda to’lqin tarqalishi

b
ilan ifodalanadi. deformatsiyalanmaydigan (E = ) Quvurlar uchun esa


k
o’rinishga ega bo’ladi.
Bu yerda: K—suyuqlikni elastiklik moduli
R—quvur radiusi.
E—materialni elastiklik moduli.
—quvur qalinligi
Oxirgi formula zichligi  va elastiklik moduli K bo’lgan suyuqlik uchun tovush tezligidan iboratdir.
Tezlik suv uchun 1435 , benzin uchun 1116 , yog’lar uchun 1400 deb taxminiy hisoblash mumkin. Albatta, quvurning materialiga qarab u ko’proq yoki kamroq bo’ladi.


9.6. Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha.

Agar jo’mrak to’liq yopilmasa va suyuqlikning tezligi butunlay so’nmasa, hamda u 0 dan  ga kamaysa, bunda chala gidravlik zarba hosil bo’ladi. Bunday zarba uchun N.E.Jukovskiy formulasi quyidagicha yoziladi.


∆p3 =  (0 — ) a
Bu formula jo’mrakning bir onda (juda tez) yopilmagan holi uchun to’g’ri bo’ladi. Agar jo’mrakning yopilish vaqtini t desak va gidravlik zarbaning jo’mrakdan idishga borib, undan qaytib kelish vaqtini t0 desak, u holda
t < t0
bo’lganda kranning yopilishi oniy bo’lgan deb qarash mumkin. Bunda t0 gidravlik zarbaning fazasi deyiladi, zarbaning o’zini esa to’g’ri gidravlik zarba deyiladi. t > t0 bo’lganda esa teskari gidravlik zarba deyiladi va zarba to’lqini kran butunlay yopilib ulgurmasidan oldin idishdan qaytib jo’mrakka yetib keladi. Tabiiyki, bu holda bosimning ortishi ∆r3 to’g’ri zarba holidagi ∆r3 ga qaraganda kichik bo’ladi.
Agar oqim tezligi jo’mrak yopilishiga qarab kamayib borsa, bosim esa vaqt bo’yicha chiziqli ortadi deb hisoblasak (9.8- rasm), u holda

munosabat o’rinli bo’ladi. Bundan:


(9.11)



9.8-rasm.

Shunday qilib, teskari gidravlik zarba bosimi ∆r3’ to’g’ri zarba bosimi ∆r3 dan farqli ravishda Quvurning uzunligiga bog’liq, a tezlikka bog’liq emas.


Hozirgi vaqtda gidrosistemalarda tez ishlaydigan boshqarish uskunalari (elektromagnit jo’mraklar va h.) qo’llanishi sababli, ularning ishga tushish vaqti juda qisqa (taxminan 0,008 – 0,002 s) bo’lib, ∆r3 juda katta qiymatlar (bir necha va hatto o’nlarcha )ga erishadi. Bosimning bunday ortishi gidrosistemalar ayrim bo’laklarining ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, gidravlik zarbada bosim impulьslari butun gidrosistema bo’yicha tarqalib, uning ayrim boshqaruv qurilmalari (bosim relьesi, gidroqulflar va h.k) ning to’satdan ishlay boshlashiga sabab bo’ladi. Bunday hollarda gidravlik zarbaga qarshi kurash usullaridan foydalanish kerak bo’ladi.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin