11.7 Nasosning nazariy bosimi.
Yuqorida keltirilgan Eyler tenglamasi barcha kurakli mashinalar uchun umumiy bo’lib, bir qancha soddalashtirishlar kiritilgandan keyin olingan. Haqiqatda esa, ish g’ildiragi kuraklari orasidagi harakat ancha murakkabdir. Shuning uchun (11.1.) tenglama yordamida hisoblangan bosim nazariy bosim deyiladi. Bu tenglamani nasosga qo’llaganda 1=900 deb qabul kerak. Chunki, odatda, suyuqlik so’rish quvuri va so’rilish yo’li orqali o’tib, ish g’ildiragi kanaliga radial yo’nalishda kiradi. Bu kanalga zarbasiz kirishni ta’minlaydi. Shuning uchun Eyler tenglamasi nasoslarga quyidagi ko’rinishda qo’llaniladi.
(11.2)
Bu tenglama nasos ish g’ildiragi suyuqlikka bergan bosimning nazariy tenglamasi yoki markazdan qochma nasoslarning asosiy tenglamasi deb ataladi. Bu tenglamada u2 aylana tezlik, c2 cos2 esa absolyut tezlikning aylana tezlik yo’nalishiga proektsiyasi ekanligini nazarda tutish kerak.
Bundan ko’rinib turibdiki, nazariy bosimning eng katta qiymati kuraklar ish g’ildiraklari aylanishi tomoniga egilganda bo’lib, eng kichik qiymat teskariga egilganda bo’ladi. Nasos g’ildiragi kuragining chiqishdagi yo’nalishi (yoki chiqishdagi nisbiy tezlik yo’nalishi) aylana tezlik yo’nalishi bilan 2 burchak tashkil qiladi. Lekin, 2 ning qiymati ortgan sari gidravlik yo’qotishlar ortib, nasosning FIK i kamayib ketadi. Shuning uchun amalda nasoslarda nazariy bosim kam bo’lishiga qaramay, 2 ni 900 dan kichik qilib olinadi. Amalda eng ko’p qo’llaniladigan burchaklar 160 dan 400 gacha qiymatlarda olinadi. Albatta, 2 ning kichrayishi ish g’ildiragining “reaktiv”ligini oshiradi. Bu esa turbinalar nazariyasida qo’l keladi va aylanish sonining ortishiga sabab bo’ladi.
11.8 Markazdan qochma nasoslarning xarakteristikalari.
Nasoslarni ishlatishda ulardan berilgan sharoitda eng yaxshi foydalanish maqsadga muvofikdir. Buning uchun turli sharoitda nasosning qanday ishlashi to’g’risida ma’lumot bo’lishi kerak. Bunday ma’lumot nasoslarning xarakteristikalari ko’rinishida beriladi.
Bosim, quvvat va foydali ish koeffitsiyentining sarfga bog’liqlik grafiklari nasosning xarakteristikalari deb ataladi:
H = f1 (Q); N = f2 (Q); = f3 (Q)
Odatda, xarakteristika nasosni sinash (tajriba) yordamida tuziladi. Buning uchun nasosning aylanish sonini o’zgartirmasdan, haydash Quvuriga o’rnatilgan berkitkichni so’rish yo’li bilan bosimni o’zgartirsak, uning ishlash tartibi ham o’zgaradi. Xarakteristikani tuzish uchun sinashni berkitkich to’liq yopilgan holatdan boshlab, ochib boramiz va bosim, quvvat va FIK ning sarf bo’yicha o’zgarishini 11.1–rasmda ko’rsatilgandek grafiklar tuzamiz.
11.1-rasm.
Grafiklardan ko’rinadiki, berkitkich yopiq holatida (Q =0) nasos ma’lum bosim hosil qiladi va u berkitkichning ochilishi bilan kamayib boradi (boshlanishda bosim bir oz ortib,maksimumga yetishi va so’ngra kamayib ketishi mumkin). quvvat esa ortib boradi va chiziqli o rtishga yaqin bo’ladi. Sarfning katta qiymatlarida bu ortish bir oz susayishi mumkin. FIK grafigi noldan boshlanadi va sarfning ma’lum bir miqdorlarida maksimumga ega bo’ladi.
Nasosning shu aylanish sonida eng yaxshi ishlashi FIK grafigining maksimum miqdoriga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |