Markazdan qochma nasoslar.
Markazdan qochma nasoslarda suyuqlikka energiyani nasos korpusida aylanuvchi ish g’ildiragi kuragi yordamida beriladi. Bunda parraklar orasida suyuqlik zarrachasi markazdan qochma kuch ta’sirida nasos kamerasiga intiladi. Bunday harakat natijasida ish g’ildiragi markazida bosim kamayib, ta’minlovchi idishdagi suyuqlik so’rish Quvuri orqali ko’tariladi va ish g’ildiragi kuraklari orasidan chiqib ketgan suyuqlik o’rniga yangi suyuqlik keladi. Nasos kamerasiga markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlikning kelishi natijasida bosim ortib, suyuqlik nasos kamerasidan haydash Quvuriga ko’tariladi. Markazdan qochma nasoslarning ishlashi shu printsipga asoslangan bo’ladi.
Markazdan qochma nasoslarning asosiy qismlari korpus, valga o’rnatilgan aylanuvchi ish g’ildraklari bo’lib, valga bir yoki bir necha ish g’ildiragi o’rnatish mumkin. Birinchi holda nasos bir g’ildirakli yoki bir bosqichli deyiladi. Ikkinchi holda esa u ko’p bosqichli deyiladi. Bir bosqichli markazdan qochma nasoslar kichik bosimli nasoslar guruhiga ta’luqli bo’lib, bosimni oshirish uchun valga bir necha ish g’ildiragi o’rnatiladi. Bu holda bosim ish g’ildiraklari nechta bo’lsa, taxminan shuncha ortadi. Odatda, markazdan qochma nasoslarning bosqichlari soni 12 tadan oshmaydi.
Markazdan qochma nasoslarning boshqa turdagi nasoslardan asosiy ustunligi ularning ixchamligidir. Bu nasoslarda turli harakatning yo’qligi sababli ularning poydevori ham ixcham bo’ladi. Natijada nasos va unga tegishli asosning, xizmat va remont ishlarining qiymati kam bo’ladi.
Ikkinchidan nasosning tez-tez buzilib turishga sabab bo’ladigan klapanlar va boshqa turli detallar bo’lmaydi.
Uchinchidan, harakat bitta val orqali berilib, murakkab uzatuvchi mexanizmlarning hojati bo’lmaydi.
Markazdan qochma nasoslar bosim juda katta bo’lmasa ham, sarf katta bo’lishi zarur bo’lgan hollarda ishlatiladi.
11.6. Nasos va turbinalar uchun Eyler tenglamasi.
Nasosdagi kabi turbinalarda ham asosiy qism ish g’ildiragi bo’lib, u suyuqlik energiyasi yordamida harakatga keladi. Bunda turbinadan o’tayotgan suyuqlik uning kuraklariga ma’lum kuch ta’sirida bosim beradi va uning aylanma harakat qilishiga sabab bo’ladi. Bu harakat esa keyinchalik generator rotorini aylantiradi. Gidravlika bo’limidagi kabi nasos va turbinadagi harakatni ham bir o’lchovli harakatga keltirib, ish g’ildiragidagi suyuqlik massasining harakati elementar oqimcha harakatiga o’xshatib qaraladi.
Aytilgan usul bilan markazdan qochma nasos uchun tenglamani 1755 yil L. Eyler chiqargan bo’lib, u quyidagi ko’rinishga ega.
(11.1)
Keyinchalik bu formula kurakli mashinalar nazariyasida asosiy tenglama deb atala boshlandi, so’ngra esa u turbinalar va boshqa turdagi mashinalarga ham qo’llanila boshlandi. Eyler tenglamasi ish g’ildiragining geometrik va kinematik xarakteristikalarini nasos hosil qilgan bosim bilan bog’laydi.
Bu yerda:
u1, u2 – suyuqlikni kirish va chiqishdagi absolyut tezliklari.
c1, c2 – suyuqlikni kirish va chiqishdagi tezliklari.
1, 2- kirish va chiqishdagi tezlik parallelogramining burchaklari.
Bu tenglama quyidagi ikkita masalani hal qilishga yordam beradi:
Berilgan sarf va hosil qilinishi kerak bo’lgan bosim bo’yicha ish g’ildiraklari soni va uning o’lchamlarini topish.
Berilgan ish g’ildiragi va valning aylanish soni bo’yicha sarf va hosil bo’ladigan bosimni hisoblash.
Dostları ilə paylaş: |