Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə59/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176
11.3. So’rishni boshqarish.

Nasoslar, odatda quvur sistemasida hosil qilinishi zarur bo’lgan eng ko’p so’rishga qarab tanlab olinadi. Lekin, nasoslarni ishlatish vaqtida, ko’pincha, haydash quvurlariga kamroq sarf yuborish zarurati tug’ilib qoladi, ya’ni so’rishni ancha keng chegara oralig’ida o’zgartirib turish kerak bo’ladi. Yuqorida aytganimizdek, amaliy so’rish nasos va quvur xarakteristikalarning kesishgan nuqtasida tanlab olinadi. Bundan ko’rinadiki, sarfni o’zgartirish uchun yo nasosning xarakteristikasini, yoki quvurning xarakteristikasini o’zgartirish kerak ekan. Amalda sarfni boshqarishning bir qancha usullari mavjud.


Boshqarishning drossellash usuli kurakli nasoslar uchun eng ko’p tarqalgan usuldir. Uning mohiyati berkitkichning ochilish darajasini kamaytirish yo’li bilan qo’shimcha qarshilik hosil qilish hisobiga haydash quvuridagi barqarorlashgan xarakteristikani o’zgartirishdan iborat.
Nasosning aylanish sonini o’zgartirish usuli. Agar biror moslangan aylanish soni n0 da nasosning bosimi H0, so’rishi Qmax bo’lsa, aylanish sonini kamaytirish yo’li bilan sarfni qaytirib borish mumkin.
Bir qism sarfni qaytarish usuli. Haydash quvuri bilan so’rish quvurini tutashtiruvchi qo’shimcha quvurdagi berkitkichni ochish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu eshikchaning ochilish darajasi ortishi bilan haydash quvuriga ketayotgan sarf Q kamayadi. Boshqarishning bu usulini, energiyani tejash nuqtai nazaridan, so’rishning ortishi bilan quvvati kamayuvchi tezyurar nasoslarga qo’llash maqsadga muvofikdir. Shuni nazarda tutish kerakki, qo’shimcha quvurdagi berkitkichni ochish bilan nasosdagi sarf ortib, uning ishlash holati, kavitatsiya ko’rsatkichlari ortishi hisobiga yomonlashadi. Bu usul kamdan-kam qo’llaniladi.
Ish g’ildiragi kuraklarinig joylashish burchagini o’zgartirish usulini ish vaqtida kuraklar qiyalik burchagini o’zgartirish mexanizmi bilan ta’minlangan o’qiy va diagonal nasoslardagina amalga oshirish mumkin. Bu usul bilan so’rishni uzluksiz o’zgartirib borish mumkin, lekin o’zgarish chegarasi juda kichik.
Ishlayotgan nasoslar sonini o’zgartirish usuli. Nasoslarni parallel ulanganda ishlayotgan nasoslar sonini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi. (bunda to’xtatilgan nasosning haydash Quvuridagi klapan yopilgan bo’lishi kerak). Bunday boshqarish usuli qulay, lekin sarf notekis (keskin ortib yo kamayib) o’zgaradi. Bu usulni drossellash bilan birga qo’llansa, yaxshi energetik ko’rsatkichga erishish mumkin.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin