11.6. Kurakli nasoslarda kavitatsiya.
CHegaraviy so’rilish balandligi.Yuqorida biz kerakli nasoslarda energiyaning sarf bo’lishi haqida to’xtalganimizda nasos ish g’ildiraklarining kanallarida kavitatsiya vujudga kelish haqida gapirgan edik. Bundan kanalnig botiq tamonidan bosim ortib, qavariq tamonida kamayish hisobiga uyurmali harakat vujudga keladi. Shunday qilib, ish g’ildiragining baьzi qismlarida, asosan kirish qismida, absolyut bosim suyuqlikning to’yingan bug’lari bosimidan kamayib ketishi mumkin. Natijada suyuqlik oqimida pufakchalar paydo bo’lib, ular ish g’ildiragidan chiqishga yaqinlashgan sari, bosim ortgani sababli, yana erib ketadi. Natijada pufakchalar egallagan bo’shliq birdan yopilishidan kichik gidravlik zarba hosil bo’ladi. Bitta pufakchaning yopilishdan hosil bo’lgan zarba kichik bo’lsa ham, bunday pufakchalar soni juda ko’p bo’lgani uchun ish g’ildiragi va nasos korpusiga katta zarar keltiradi. Kavitatsiyaning asosiy zararlaridan biri-uning kuchayib ketishi natijasida nasosning moslashgan ishlash tartibi buzilishidir. Bunda so’rilish tomonidagi vakuumni, bosimni, sarf bo’layotgan quvvatni ko’rsatuvchi asboblarning sterelkasi ko’rsatishini «yo’qotib», betartib harakat qila boshlaydi va nasos suyuqligini deyarli tortmay qo’yadi. Tashqaridan kavitatsiya hodisasi o’ziga xos shovqin paydo bo’lishi, nasosning va unga tutashgan Quvurlarining tebranishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi xil zarar–kavitatsiya kuchaygan joylarda metalning yemirilishidir. Ko’p bosqichli nasoslarda kavitatsiya hodisasi asosan birinchi bosqichda bo’ladi. Tekshirishlar kavitatsiya hodisasiga asosiy sabab mexanik effektlar ekanligini Gallerining tekshirishlari zarba chastotasi 2500 Gts ga, zarba kuchi 300 atm (29,4 x 106 ) ga teng ekanligini ko’rsatadi (Galler qo’llagan datchikning qabul qiluvchi qismining yuzasi 1,5 mm ga teng bo’lgan ).
Yuqorida aytilganlar ko’rsatadiki, kavitatsiya hodisasining paydo bo’lishiga nasosning kirish qismida va ish g’ildiragiga kirishda bosimning kamayib ketishi sababdir. Kirish qismida bosimning kamayishi ikki sababga ko’ra bo’lishi mumkin: Aylanish sonining ortishi; so’rilish balandligining ortishi. Birinchi holda aylanish sonining ortishi markazdan qochma kuchning ortishiga sabab bo’lgani uchun ish g’ildiragi o’qida (demak, ish g’ildiragi kanaliga kirishda) bosimning kamayib ketishiga olib keladi. Ikkinchi holda so’rilish balandligining ortishi nasosga kirishda bosimning kamayishi orqali ta’sir qilib, so’rilish balandligi ma’lum chegaradan o’tganda so’rilishning to’xtashiga olib keladi. Ana shu chegara qiymat chegaraviy so’rilish balandligi deyiladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Kurakli nasoslarni tuzilishini tushuntiring. Nasos bilan ta’minlangan Quvurlarni hisoblash keltiring. So’rishni boshqarishning drossellash usulini tushuntiring. So’rishni boshqarishnining nasos aylanishlar sonini o’zgartirish usuli. Sarf qaytarish usuli. Nasoslar sonini o’zgartirish usuli Bir nechta nasoslarni birgalikda ishlatish. Nasoslarni ketma ket ulash. Nasoslarni parallel ulash. Kurakli nasoslarda kavitatsiya hodisasi.
Dostları ilə paylaş: |