Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Hajmiy gidrouzatmaning ishlash printsipi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə64/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   176
12.4 Hajmiy gidrouzatmaning ishlash printsipi.

13.2-rasmda nasos porshen 1 ning ilgarilama-qaytma harakatini kuch silindridagi porshen 2 ning ilgarilama-qaytma harakatiga aylantiruvchi qurilmaning printsipial sxemasi ko’rsatilgan. Porshen 1 strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishda harakat qilganda suyuqlik kanal 3 bo’ylab keladi va porshen 2 ni bosib, stolni chapga strelka b bilan ko’rsatilgan yo’nalishga siljitadi. Porshen 2 ning boshqa tomonidagi tsidindrda bo’lgan suyuqlik kanal 4 dan chiqib ketadi. Porshen 1 strelka a yo’nalishi bo’ylab harakat qilganda porshen 2 va u bilan bog’liq bo’lgan stol teskari yo’nalishda harakat qiladi.


13.3-rasmda nasos rotori 1 ning aylanma harakati kuch silindrda 4 dagi porshen 2 ning to’g’ri chiziqli harakatiga o’tkazilishi misol tariqasida keltirilgan. Taqsimlash qurilmasi 3 suyuqlikning porshen 6 o’ng va chap tomonidan navbat bilan berilishini boshqaradi va mos ravishda porshenning ishlamayotgan tomonidagi suyuqlikning idishga qaytadan chiqib ketishini ta’minlaydi.

1

2.2-rasm. 12.3-rasm


12.4-rasmda esa nasos rotori 1 ning aylanma harakatini gidrodvigatelь rotori 2 ning aylanma harakatiga o’zgarish sxemasi berilgan. Bu sxemada gidrosistema ochiq bo’ladi: suyuqlik idishdan a quvur bo’ylab so’rib olinadi va o’sha rezervuarga quvur b bo’ylab chiqariladi. Shuningdek, hajmiy gidrouzatma sxemasi 13.5-rasmda ko’rsatilgan, unda nasos rotori 1 ning aylanma harakati gidrodvigatelь rotori 2 ning aylanma harakatiga o’zgartiriladi, unda gidrosistema yopiq bo’ladi. Ilgarilama-qaytma qiladigan gidrouzatmalarda suyuqlikning potentsial energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda porshenli gidrosilindr sistemaning asosiy elementi hisoblanadi. Bir tomonlama harakat qiladigan kuch silindrlari faqat bir tomondan suyuqlik bosimi ta’sirida bo’ladi, teskari harakat esa purjina ta’sirida amalga oshadi. Bunday silindrlarni bir tomonlama harakatanuvchi deb atash qabul qilingan.


1

3.4-rasm. 13.5-rasm.


Bular bilan bir qatorda ikki tomonlama va burilma harakatlanuvchi gidrosilindrlar ham qo’llaniladi. Burilma gidrosilindrlar kvadrantlar deyiladi. Turli xil gidrosilindrlar va rotorni gidrodvigatellar (gidromotorlar) ning sxemalari, qurilmalari va ishlash printsiplari «gidravlik dvigatellar» bobida ko’riladi.






    1. Yüklə 3,27 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin