Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Chiqish tezligini drosselli va hajmiy boshqarish



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə65/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176
12.5.Chiqish tezligini drosselli va hajmiy boshqarish.

Drosselda boshqarishda nasos iste’mol qiladigan quvvat o’zgarmas qoladi, gidrosilindr porshenini tezligi esa drossel qarshiligining kattaligiga bog’liq. ravishda o’zgaradi. Moyning bir qismida bosim ortib ketadi va hech bir foydali ish bajarmay, saqlagich klapan orqali bakka qo’yiladi.


Binobarin, drosselli boshqarish sarf kattaligining, ya’ni gidrouzatma FIK ning o’zgarishiga asoslangan. Shu sababli drosselli boshqarish quvvat kichik bo’lganda qo’llaniladi.
Hajmiy boshqarishli gidrouzatmadan drosselli boshqarishning farqi shuki, nasosda suyuqlik sarfi doimo silindrdagi suyuqlik sarfidan katta bo’ladi. qoldiq moy gidrosilindrdan maxsus bakka chiqazib yuboriladi.
Silindrga keladigan yoki silindrdan chiqib ketadigan moy miqdori gidrosilindrdan chiqishda, unga kirishda yoki parallel ulangan drossel bilan boshqariladi.
Hajmiy boshqarishli ilgarilanma harakat qiladigan uzatmaning sxemasi 13.6-rasmda ko’rsatilgan. Boshqariladigan nasos 1 yordamida moy gidrosilindr 4 bo’shlig’iga uzatiladi va porshen 5 ni siljitadi. Moy silindrning shtok bo’shlig’idan taqsimlagich 3 va tirgak klapan 7 orqali bakka siqib chiqadi. Porshen tezligini bosqichsiz tartibga solish nasos uzatishining o’zgarib turishi hisobiga amalga oshadi. Porshenning harakat tezligi kichik bo’lganda, ya’ni nasos kichik uzatishga mo’ljallab boshqariladigan bo’lsa, moyning oqib ketish miqdorini gidrosilindrdan chiqadigan suyuqlik sarfi bilan tenglashtirish mumkin. Bu esa yuklanish o’zgarganda tezlikning o’zgarishiga olib keladi va porshenning harakat tezligi kichik bo’lganda hajmiy boshqarish imkoniyatlarini chegaralab qo’yadi. Hajmiy boshqarishli gidrouzatmaning ustunligi o’zgaruvchan uzatishni nasosning energiyasini yo’qotmasdan, ish organidagi tezlikning uzluksiz o’zgarib turishiga imkon berishidadir.

12.6-rasm.

Boshqarish usulini tanlash ko’pgina ko’rsatgichlar bilan aniqlanadi. Bularga quvvat, bosim, foydali yuklanishning xarakteri va boshqalar kiradi. Hajmiy boshqarish va yuklanish o’zgarmas bo’lganda shtokdagi nasos quvvati va porshen tezligi nasosning so’rishiga proportsionaldir. Boshqarishning bu usuli ishga tushiruvchi yuklanish bo’lganda va shtokdagi katta zo’riqish talab qilganda qo’llaniladi.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin