11.1 Nasos qurilmasi sxematik tuzilishi.
Nasos qurilmasi nasosning o’zi 1 dan tashqari, ta’minlovchi suv saqlagich 8 dan, qabul qiluvchi sistema 9 gacha bir qancha qismlardan iborat bo’ladi (12.1-rasm). Nasos ishlaganda suyuqlik ta’minlovchi idishdan, tirgak klapan 4 va so’rish Quvuri 9 orqali o’tib, nasosning ish g’ildiraklari orasiga kiradi. Nasosga kirish oldida vakuumetr 6 o’rnatilgan bo’lib, u so’rish quvurdagi siyraklanish darajasini kuzatishga yordam beradi.
Nasosdan chiqishda sarfni o’zgartirish uchun xizmat qiluvchi berkitkich 7 va bosim o’lchagich manometr 5 o’rnatilgan bo’lib, suyuqlik bulardan o’tganidan so’ng haydash quvuri 3 orqali o’tib, qabul qiluvchi idishga tushadi. Tirgak klapan nasosni ishga tushirish oldidan qo’yilgan suyuqlik ta’minlovchi idishga oqib ketmasligi uchun o’rnatilgan bo’lib, turli iflosliklarning kirishidan filtr bilan himoyalangan. Ta’minlovchi idishdagi suyuqlik sathi bilan nasos o’rnatilgan sath orasida farq so’rish balandligi deyiladi va Ns bilan belgilanadi.
Nasos o’rnatilgan sath bilan qabul qiluvchi idishdagi suyuqlik sathlari farqi haydash balandligi deyiladi va Nx bilan belgilanadi. So’rish balandligi bilan haydash balandligining yig’indisi statik balandlik deyiladi va Nst bilan belgilanadi. So’rilish sathi bilan qabul sathlariga Berrnulli tenglamasini qo’llasak u holda statik sath Nsm geometrik baladlikka Nz ga teng ekanligini ko’ramiz. Nasos qurilmasida hosil qilingan bosim geometrik balandlik, so’rilish va qabul sathlaridagi bosimlar farqidan hosil bo’lgan bosim va dinamik bosimlar yig’indisidan iboratdir. Bu bosimni hisoblash formulasini biz oldingi mavzularimizda ko’rgan edik.
11.1-rasm.
Nasos sistemasidagi qiyinchiliklardan biri nasosga kirish va chiqishdagi bosimlar farqi hisobiga nasosni o’qi bo’yicha siljitishga intiluvchi kuchning paydo bo’lishi va unga qarshi kurashdir. Bu kuch nasosga kirish va chiqishdagi bosimlar (r1va r2), kirish va chiqishdagi diametrlar (d1va d2) orqali quyidagicha hisoblanadi.
B u yerda dv-valning diametri.
Nasos agar ko’p bosqichli bo’lsa, tegishli bosqichlardagi kirish bosmlarini r1-1, r1-2,..., r1-n chiqish bosmlarini esa p2-1, p2-2,..., p2-n bilan belgilasak, o’qiy kuch quyidagicha aniqlanadi:
B undan ko’rinadiki, o’qiy bosim, kirish va chiqishdagi bosimlar farqi va kirish kesimining ortishi bilan ortadi. Shu bilan birga suyuqlik sarfi ham ortadi. Bu esa nasos o’rnatilgan zaminga ta’sir qilish bilan birga ish g’ildiragini o’z holatidan siljitishga harakat qiladi. Bu kuch uch xil usul bilan muvozanatlanadi:
1)Kuch kamaytirgich barabandan foydalanish (kuch kamaytirgich) baraban uzaytirilgan silindr shaklidagi zichlagich bo’lib, oxirgi bosqichdagi ish g’ildiragi bilan kuch kamaytirgich kamera orasida joylashadi va val bilan birga aylanadi)
2). Muvozanatlanuvchi disk bo’lib, u o’qiy bosimning o’zgarishini avtomatik ravishda sezadi va butun rotorning siljishi va zichlagich holatining o’zgarishiga ta’sir qiladi;
3). Nasosning ikki tomoniga so’rish yo’lini joylashtirish.
Bundan tashqari, rotor valini mustahkam asosga o’rnatilgan sharikli tirak podshipnikalarga o’rnatish yo’li bilan ham o’qiy bosim ta’sirida siljishini yo’qotish mumkin.
Nasos to’xtaganda haydash Quvuridagi suyuqlik teskariga harakat qilmasligi uchun monometrdan keyin tirgak klapan ham o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: |