Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Nasos bilan ta’minlangan quvurlarning hisobi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə58/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176
11.2. Nasos bilan ta’minlangan quvurlarning hisobi.

Biz gidravlika bo’limida ko’rganimizdek, quvurlarni hisoblashda uning xarakteristikasini tuzishi yoki qarshilikni yengish uchun sarf bo’ladigan energiyani hisoblash zarur bo’ladi. Sarflanadigan energiya quvurning uzunligi va diametri, qarshilik koffitsiyenti mahalliy qarshiliklar va boshqalarga bog’liq. Bu sarfni yengish uchun qancha bosim kerakligini hisoblash yo’li bilan suv to’ldirilgan idishni qancha balandlikka ko’tarish zarurligini yoki berilgan bosim yordamida qancha sarf olish mumkinligini hisoblash yo’llari bilan tanishgan edik. quvurlardagi energiya sarfini yengish va tegishli sarf olish uchun nasoslardan ham foydalanish mumkin. Bunda albatta nasosning bosimi kerakli bosimdan kichik bo’lmasligi kerak, Shuning uchun quvurda tegishli sarfni olish uchun yetarli bosmni hosil qilib bera oladigan nasosni tanlash nasosli quvurlar hisobining asosini tashkil qiladi. Buni amalga oshirish uchun bir grafikning o’ziga nasosning va quvurning bosim xarakteristikalarini chizamiz (12.2-rasm). Rasmda 1-chiziq nasos xarakteristikasi bo’lsa, 2-chiziq quvur xarakteristikasi va 3-chiziq nasos FIK grafigidir. Ko’rinib turibdiki, xarakteristikalar joylashgan sohani uch qismga ajratish mumkin. Birinchi qismda nasosning bosimi quvurning shu sarfga tegishli bosimidan ortiq bo’lib, bu qismda nasosning foydali ish koeffitsiyenti kam bo’ladi. Ikkinchi qismda nasos bosimi bilan, quvurda tegishli sarf olish uchun zarur bo’lgan bosimlar deyarli teng bo’lib, bu qism xarakteristikalar kesishgan A nuqtani o’z ichiga oladi.



12.2-rasm.

Shunday qilib, sohaning bu qismida nasos eng yaxshi ishlaydi va uning foydali ish koeffitsiyenti yuqori bo’ladi, ya’ni uning bosimi quvurda suyuqlikning kerakli sarfini hosil qilish uchun butunlay sarf bo’ladi.
A nuqta esa nasos quvur bilan eng yaxshi ishlaydi. Uchinchi qismda nasosning bosimi quvurda tegishli sarf olish uchun zarur bo’lgan bosimdan kichik bo’ladi, ya’ni nasos kerakli sarfni ta’minlay olmaydi. Bu rasmdan ko’rinadiki, berilgan quvurda tegishli sarfni olish uchun Shunday nasos tanlab olish kerakki, ularning xarakteristikalari shu sarf qiymati atrofida kesishsin. Albatta, zahira kuch nuqtaiy nazaridan qaraganda xarakteristikalari kesishish nuqtasi A tegishli sarfdan bir oz chaproqda joylashish kerak.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin