11.4. Nasoslarni ketma-ket ulash.
Nasoslarni ketma-ket ulash turlicha amalga oshirilishi mumkin (12.3-rasm). Bunda birinchi nasosning chiqish naychasini ikkinchi nasosning kirish naychasiga ulanadi va birinchi nasos bilan ikkinchi nasos orasida ma’lum uzunlikdagi quvur bo’lishi shart. Ko’pincha ikkita ketma-ket ulangan nasoslar bir xil bo’lishiga harakat qilinadi.
Agar ikki nasos ketma-ket ulanganda ular juda yaqin joylashib qolsa, ta’minlovchi idishga ulangan nasos, ikkinchi nasosning so’rish ta’sirida bo’lgani uchun, juda kichik bosim hosil qiladi. Natijada ketma-ket ulash yaxshi samara bermaydi.
12.3-rasm.
11.5. Nasoslarni parallel ulash.
Bu usul bir necha nasos yordamida baravar suv tortib, bitta Quvurga quyishdan iborat (12.4-rasm). Bu holda har bir nasosning ishlashi qarshi bosimning kattaligiga bog’liq. Agar ikki nasos parallel ishlasa-yu, ulardan birining sarfi ham, bosimi ham katta bo’lsa, bu holda ikkinchi nasosning bosimi qaytarilib (boshqacha aytganda, ikkinchi nasos bo’g’ilib), umumiy quvurga beradigan sarfi nolga teng bo’ladi. Ba’zi holda bosimi past nasosda suyuqlik teskari tomonga (nasos ishlab turishiga qaramay) harakat qilib, so’rish quvuridan qaytib tushishi mumkin.
1 2.4-rasm.
Bosimi past nasosning bunday ishlashi teskari oqishda ishlash deyiladi. Shuning uchun parallel ulashda ularning umumiy harkateristikasini bilishdan tashqari, har bir nasosning xarakteristikasini bilish va uni qaerga joylashtirishni aniqlash zarur bo’ladi. Shunday nasoslarni parallel ulashning turli usullari bilan ishlatish mumkin.
Ikki, uch va bir qancha nasoslar birga ishlashi mumkin.
Birga ishlayotgan nasoslarning xarakteristikalari bir xil yoki har xil bo’lishi mumkin.
Nasoslar magistralga bir-biriga yaqin masofada tutashtirilgan (nasoslar orasidagi Quvurlarning qarshiligi juda kichik) yoki uzoq masofada tutashtirilgan bo’lishi mumkin.
Nasoslarning so’rish sharoiti bir xil yoki o’zgarib turuvchi (ta’minlovchi idishda suyuqlik bosim ostida bo’lib, bu bosim o’zgaruvchan) bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |