Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə62/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   176
TAYANCH IBORALAR:

Absalyut bosim, aylanish soni, bir qism sarfni qaytarish usuli, aylanish sonining ortishi; baraban, berkitkich, berkitkichning ochilish darajasi, Bernulli tenglamasi, boshqarishning drossellash usuli, vakuummetr, geometrik balandlik, dinamik bosimlar, ish g’ildiraklari, qabul qiluvchi idish, kavitatsiya, qarshilik koffitsienti, ketma-ket, kichik gidravlik zarba, kuch kamaytirgich, qo’shimcha qarshilik, manometr, mahalliy qarshiliklar, metalning yemirilishi, muvozanatlanuvchi disk, nasos, nasosning aylanish sonini o’zgartirish usuli, parallel ulash, pufakchalar, siyraklanish darajasi, statik balandlik, so’rilish balandligining ortishi, so’rish balandligi, so’rish Quvuri, suyuqlikning to’yingan bug’lari bosimi, ta’minlovchi suv saqlagich, tirgak klapan, Quvurning diametri, Quvurning uzunligi, filtr, foydali ish koeffitsiyenti, haydash balandligi, haydash Quvuri, xarakteristikasi, qarshilik, chegaraviy so’rilish balandligi, energiya.



12- MAVZU: HAJMIY GIDRAVLIK MASHINALAR TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR .
REJA:
12.1. Hajmiy nasoslar va ularning ishlash printsipi.
12.2. Hajmiy nasoslarning umumiy xossalari va ularning klassifikatsiyasi.
12.3. Gidrouzatmalarning vazifalari, guruhlanishi, qo’llanish sohasi, afzalligi, kamchiligi
12.4. Hajmiy gidrouzatmalarning ishlash printsipi.
12.5. CHiqish tezligini drosellash va hajmiy boshqarish.
12.6. Hajmiy gidrouzatmalarning tavsiflari va FIK.


12.1. Hajmiy nasoslar va ularning ishlash printsipi.

Hajmiy nasoslar suyuqlikning ma’lum bir hajmini ajratib olib, unga kuch ta’sir qilish yo’li bilan harakatga keltiradi. Ajratib olingan hajm u juda kichik bo’lishiga qaramay, bu jarayon vaqt birligida juda ko’p marta takrorlangani uchun, bunday nasoslar bizni kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlay oladi.


Energiya nuqtai nazaridan qaraganda, hajmiy nasoslar ajratib olingan hajmdagi suyuqlikning potentsial energiyasini oshirib boradi. Bu potentsial energiyadan ikki xil usulda foydalanish mumkin: suyuqlikni yuqorida ko’tarish yoki Quvurda oqizish; foydali ish bajarish yoki ikkinchi bir mexanizmni harakatga keltirish. Birinchi holda suyuqlikka energiya berayotgan mexanizm nasos sifatida ishlatilsa, ikkinchi holda gidrouzatma sifatida ishlatiladi. Suyuqlikka potentsial energiya berish, uni nasosning harakatlanuvchi qismlarining ta’sirida siqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon ajratib olingan va biror bo’limni to’latgan suyuqlikka katta bosim berish yo’li bilan yoki ajratib olingan suyuqlikni katta kuch yordamida o’zgarib boruvchi sohaning ichida kattaroq hajmli qismdan kichikroq hajmli qismga siljitish yo’li bilan amalga oshiriladi. Birinchi usulga suyuqlikni porshenli va plunjerli nasoslarda siqish misol bo’ladi. Bunda ish bo’lmasiga so’rish klapani yordamida surib olingan suyuqlik hajmiga siqish vaqtida plunjer yoki porshenning bosimi natijasida potentsial energiya oshib borib, bosim ma’lum chegaraga yetgandan keyin haydash klapani ochiladi va unda suyuqlik katta tezlik bilan otilib chiqadi. Bu jarayondagi suyuqlik hajmining kamayishi (12.1-rasm, a) abcd vaziyatdan abcd vaziyatga o’tishi va haydash klapanidan suyuqlikning chiqa boshlashi ko’rinishida tasvirlangan. Amalda, suyuqliklar kam siqiluvchan bo’lganligi uchun suyuqlikning siqilishi shaklda ko’rsatilganidek katta bo’lmaydi. Ikkinchi usulda suyuqlik aylanma harakat qilayotgan ikki plastinka (plastinkali nasoslar) yoki boshqa turdagi ikki to’siq (shesternyali, vintli, nasoslar) orasidagi harakat qiladi. Bunda hajmning kamayishi, 13.1-rasm, b da abcd vaziyatdan a b c d vaziyatga o’tishi bilan tasvirlangan. ko’rilayotgan usulda suyuqlik energiyasining ortishi hajm o’zgarmasdan, suyuqlikni chegaralovchi to’siqlarning juda katta tezlik bilan harakatlanishi bilan ham amalga oshirilishi mumkin (shesternyali, vintli nasoslar).


12.1-rasm. Hajmiy nasoslarni ishlash printsipi.





Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin