13.4. So’rish grafigi va uni tekislash usullari.
Porshenning silindrdagi harakati uning yo’li L bo’yicha bir xil emas. Krivoship – shatunli mexanizmning aylanishiga bog’liq bo’lgani uchun porshenning yo’l tenglamasi
x = r (1- cos t)
ko’rinishida ifodalanadi. Porshenning bu tenglamadan aniqlangan tezligi ushbu ko’rinishga ega:
Shunday qilib, porshening tezligi krivaship–shatunli mexanizmning radiusi r, burchak tezligi ga bog’liq bo’lib, shatunning krivaship mahkamlangan nuqtasidagi aylana tezlikning shtok yo’nalishidagi proektsiyasiga teng. Agar bu aylana tezlikni u=r deb, aylana burchagini =t deb belgilasak oxirgi tezlikni ushbu ko’rinishda yozamiz(14.3 rasm).
= u sin.
Shunga asosan, vaqt birligida porshen silindrdan haydab chiqayotgan suyuqlik miqdori nasosning so’rishi deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi:
V =S = u S [sin], (14.12)
Bu formula asosida tuzilgan grafik porshenning so’rish grafigi deb ataladi
13.3-rasm. Porshenli nasosda so’rishning notekisligini ko’rsatuvchi sxema.
Porshenli nasoslarda so’rishning notekisligini maksimal tezlikning o’rtacha tezlikka nisbati bilan ifodalanadi. Bunda o’rtacha tezlik deb quyidagi miqdor nazarda tutiladi:
B oshqacha aytganda, o’rtacha tezlik porshenning to’liq borib kelishiga to’g’ri kelgan oraliqda so’rish grafigi bilan abstsissa o’qi orasidagi yuzaning shu yuzaga teng va uzunligi 2 bo’lgan to’g’ri to’rtburchak balandligiga teng.
Oddiy bir harakatli nasoslar uchun notekislik
g a teng, ikki harakatli nasoslar uchun esa
So’rish grafigining tekislashning ikkinchi usuli havo qalpoqchalaridan foydalanishdir. Haydash Quvurining boshlanishiga (nasosdan chiqishda) o’rnatilgan havo qalpog’i so’rishning notekisligini kamaytirish bilan birga gidravlik zarbani ham susaytiradi.
Nasosga kirishdagi suyuqlikning inertsiya kuchlarini kamaytirish uchun so’rish Quvuriga ham havo qalpog’i o’rnatiladi. qalpoqning hajmi kichik bo’lsa, uning so’rishni tekislashi yaxshi bo’lmaydi, katta bo’lsa, nasos qurilmasi kattalashib ketadi. Buni hajmlarni hisoblashlar bilan tanlab olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |