13.2. Indikator diagramma
Porshenli nasosning silindrdagi absolyut bosimning porshenning yurishiga yoki ish bo’lmasi hajmining o’zgarishiga bog’liqligini ko’rsatuvchi yopiq chiziqdan iborat grafik indikator diagramma deyiladi.U ishlab turgan nasos silindriga o’rnatilgan va indikator deb ataluvchi maxsus asbob yordamida chizib olinadi. 14.2 – rasmda oddiy bir harakatli porshenning taxminiy indikator diagrammasi keltirilgan. Diagrammada ab chizig’i so’rish holatiga mos keladi. Bu holatda silindrdagi bosim so’rish bosimi ps ga teng va atmosfera bosimidan kichik bo’ladi. So’rish va atmosfera bosimlarining farqi pa–ps ta’sirida so’rish klapani ochiq holatda tutib turiladi. Porshenning eng chekka so’rish holatiga b nuqta to’g’ri keladi. Bu holatdan boshlab, porshen oldinga qarab yura boshlaydi. Bunda bosim orta boshlaydi, so’rish klapani yopiladi. Porshenning oldinga yurishi davomida (bc chiziq) bosim ortib borib, haydash bosimi px ga tenglashadi. Shu vaqtdan boshlab haydash klapani ochiladi va u butun haydash jarayoni davomida (cd chizig’i) ochiq turadi. Bu vaqtda suyuqlik px bosim ostida haydash quvuriga kiradi. Porshenning eng chekka haydash holati d nuqtaga to’g’ri kelib, bunda haydash jarayoni tugaydi. Porshen orqaga harakat qila boshlashi bilan silindrdagi bosim kamayib, haydash klapani yopiladi. Bosim pasayib borib (dc chizig’i) ps ga yetgandan so’ng yana so’rish klapani ochilib, so’rish jarayoni boshlanadi. Klapanlar ochilishining boshida (a va c nuqtalar) so’rish inertsiyasi kuchi ta’sirida o’zgarib turadi.
13.2-rasm
Indikator diagrammasidagi yopiq abcd chiziq bilan chegaralangan yuza porshenning bir marta borib kelishida bajargan ishi Ai ni ifodalaydi:
A ~ ( px – ps ) L = px L.
Porshenning suyuqlikka bergan quvvati indikator quvvat deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:
(14. 1)
Bu yerda, S-porshenning yuzi; L-porshenning yo’li; pxu–indikator bosimi; n-aylanishlar soni.
Indikator quvvat foydali quvvat bilan quyidagicha bog’langan:
Bu yerda nu-indikator FIK
Shunday qilib, indikator diagramma nasosning quvvatini aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |