Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Porshenli va plunjerli nasoslarning tuzilishi hamda ishlatilish sohalari



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə67/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   176
13.1. Porshenli va plunjerli nasoslarning tuzilishi hamda ishlatilish sohalari

Porshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi 14.1 – rasmda keltirilgan. Bu nasoslarda suyuqlikning so’rilishi va haydalishi porshen yoki plunjerning (14.1-rasm) silindrdagi ilgarilanma–qaytma harakatiga asoslangan. Bunda porshen 3 yoki plunjer 3 tarkibida shtok 2 bo’lgan krivoship shatunli mexanizm 1 yordamida harakat qiladi. Porshen (plunjer) silindr ichida qaytma (orqaga) harakat qilganida uning oldidagi ish bo’lmasining hajmi ortib, siyraklanish hosil bo’ladi. Bu siyraklanish ma’lum bir chegaraga yetganida ish bo’lmasidagi bosim bilan tirgak klapan 7 ostidagi xropovikda bo’lgan bosim orasidagi farq so’rish klapani 4 ni ochadi va suyuqlik so’rish quvuri 6 orqali ish bo’lmasiga kiradi. So’rish jarayoni porshen (plunjer) o’zining eng chekka so’rish chegarasiga yetguncha davom etadi. Bunda so’rish Quvuridagi siyraklanish so’rish klapani oldiga joylashtirilgan vakuumetr yordamida o’lchanadi. Ta’minlovchi idishdagi suyuqlik sathidan nasos silindrining eng yuqori sathigacha bo’lgan balandlik so’rish balandligi (Ns) deyiladi. So’rish balandligi chegaraviy so’rish balandligi (Nskr)dan katta bo’lmasligi kerak. Porshen (plunjer) ilgarilanma (oldinga) harakat qilganida esa ish bo’lmasidagi bosim ortib, so’rish klapani yopiladi. Bo’lmadagi bosim ortishida davom etib haydashga yetarli bosim Rx ga yetganda haydash klapani ochilib, suyuqlik haydash quvuri 9 ga uta boshlaydi. Suyuqlikni haydash porshen eng chekka chegarasiga yetguncha davom etadi.


Nasosni ishga tushirganimizda u avval so’rish quvuridagi havoni tortadi va suyuqlik so’rish quvuriga ko’tariladi Nasos bir oz vaqt ishlagandan so’ng so’rish quvuri va silindrdagi havo xaydab chiqarilib, suyuqlik silindrni to’ldiradi. Shundan so’ng nasos moslangan tartibda ishlay boshlaydi. Natijada ta’minlovchi idishdagi suyuqlik qabul qiluvchi idishga o’ta boshlaydi
Silindrdagi yuqori sath bilan suyuqlik ko’tarilgan eng yuqori sathning farqi haydash balandligi (Nx) deyiladi.

So’rish balandligi bilan haydash balandligining yig’indisi Nst=Ns + Nx nasosning tortish balandligi yoki to’liq statik bosimdan iboratdir.


Porshenli nasoslar yuqori bosim kerak bo’lgandagina ishlatiladi. Amalda, ko’p hollarda, porshenli nasoslar markazdan qochma nasoslarni siqib chiqaradi. Hajmiy gidrouzatmalar tarkibida ishlayotgan nasoslar asosan porshenli nasoslar turiga kiradi. Bu aytilganlardan tashqari porshenli nasoslarning yana bir ustunligi foydali ish koeffitsiyentining yuqoriligidir.
Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslardan yana bir farqi shundaki, uning so’rishini haydash quvurida o’rnatilgan berkitkich yordamida o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin haydash quvurining kesimi kichrayib borishi bilan tezlik ortib boradi va berkitkich oldida bosim ortib boradi. Agar berkitkich butunlay berkitib qo’yilsa, bosim juda kattalashib ketishi natijasida yo nasos buziladi, yoki quvur yoriladi,yo bo’lmasa zo’riqishning ortib ketishi, natijasida dvigatelь to’xtab qoladi. Shuning uchun porshenli nasoslardan yuqori bosimda o’zgarmas so’rish zarur bo’lgan hollarda foydalaniladi.
1
3.1-rasm.

Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslar bilan taqqoslagandagi asosiy kamchiligi ularning kattaligi, qimmatga tushishi, ishlatishning murakkabligidir. Bu nasoslarga markazdan qochma nasoslarga qaraganda ko’proq qarab turish va diqqat talab qilinadi. CHunki porshenli nasoslarning klapanlari tez-tez ifloslanib turadi. Ifloslanish nasosning boshqa qismlarida ham bo’ladi.





Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin