Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə75/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   176
14.3 Plastinkali nasoslar.

15.2-rasmda oddiy rotorli–plastinkali nasosning tuzilishi ko’rsatilgan. Rotor 1 nasos korpusida bir-biriga mahkam siqilgan disklar 2 orasida joylashtirilgan. Nasosning silindrik korpusi ichida aylanuvchi baraban bo’lib uning o’qi korpus o’qiga nisbatan L masofaga yoki ekstsentritetga siljigandir.


1
4.2-rasm. Plastinkali nasoslar.


Rotor radiusiga tomon ozgina qiyalashgan yoki radial joylashtirilgan uyachalarda plastinkalar (shiberlar) 3 o’rnatilgan. Statorga taqalgan va rotor bilan birga aylanadigan plastinkalar statorning ichki silindrik yuzasi bo’ylab sirpanadi hamda rotorga nisbatan ilgarilanma-qaytma harakatda bo’ladi. Rotor ekstsentrik joylashgani sababli rotor bilan stator orasidagi bo’shliqning hajmi kattalashadi. Natijada bosim kamayib, moy bo’shliqni to’latadi. Moy stator chetida joylashgan va nasosning so’rish quvuri 6 bilan ulangan tuynuk 5 orqali kiradi va rotorning aylanish yo’nalishi bo’ylab plastinkalar yordamida siljitiladi. Plastinkalar rotor bilan stator oralig’idagi eng uzoq masofali nuqtadan o’tgach plastinkalar orasidagi bo’shliq hajmi kichraya boradi va moy qarshidagi tuynukdan 7 orqali haydash quvuriga siqib chiqariladi. Plastinkali nasoslar o’zgarmas sarfli va boshqariluvchi sarfli qilib yasaladi. Plastinkali nasosdan benzonasos sifatida, metal kesuvchi stanoklarda, aviatsiyada ham foydalaniladi.


14.3. Vintli nasoslar

Vintli nasoslar suyuqlikni bir tekis tortish bilan farq qiladi. Ular yuqori FIKiga ega, ixcham, ishlatish qulay, yuqori bosimda va katta aylanishlar sonida shovqinsiz ishlay oladi. Bunday nasoslar bir, ikki, uch va hokazo vintli bo’ladi.


Bir vintli nasoslar hajmiy nasoslarning hamma afzalliklari (yuqori bosimda uzatilayotgan suyuqlikning juda kam aralashishi va katta so’rish balandligi) ni mujassamlashtirganlar, hamda u boshqa nasoslardan detallarining kamligi bilan farq qiladi.
14.3.1. Bir vintli nasosning ishlash printsipi

Bir vintli nasosning (15.3-rasm) ichki tomoni vint shaklida profillangan silindrda vint aylanadi. Silindr o’ziga xos profilli bo’lgani uchun va vintning aylanishi sababli suyuqlikning cheksiz harakati vujudga keladi. Silindrning vintsimon yuzasi va vint yuzasi orasida yopiq bo’shliqlar yoki hajm hosil bo’ladi. Bu bo’shliqlarning vaqt birligi ichidagi umumiy hajmiga mos ravishda nasosning sarfi oshadi. So’rish tomonidagi bo’shliq hajmi kattalashganda nasosning kirish qismida bosimlar ayirmasi hosil bo’ladi va bu bo’shliq suyuqlikka to’ladi. Qandaydir bir vaqtda suyuqlik yopiladi va silindrning haydash tomoniga harakatlana boradi. Har bir bo’shliq ma’lum hajmdagi suyuqlikni olib chiqadi. Vintning bir to’liq aylanishidagi suyuqlik silindr bo’yicha bir qadam uzunlikka siljiydi va o’zgarmas kesimdan tuqiladi.



14.3-rasm. Cho’ktirma bir vintli nasoslarning sxemasi.

Yopiq (15.4-rasm) bo’shliqlarning siljishi natijasida bosim so’rish bosimi rs dan rx gacha oshadi


Eng ko’p tarqalgan vintli nasoslarga uch vintli nasoslar kiradi.
1
5.4-rasm. Silindr – vint jufti



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin