Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə74/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   176
14.2. Shesternyali nasoslar

Shesternyali nasoslarning tuzilishi juda sodda. Oddiy shesternyali nasoslarning asosiy ish detallari ikkita bir xil shesternya 1 dan iborat bo’lib (14.1 rasm), ular o’zaro ilashgan va korpus 2 ichiga joylashtirilgandir. Yetaklovchi shesternya harakatni dvigateldan oladi. Nasosda ikkita qopqoq bo’lib, ularda yetaklovchi va yetaklanuvchi valiklar podshipnik va salьniklar bilan ta’minlangan. Nasos korpusida ikkita teshik bo’lib, bittasi (S) so’rish teshigi shesternya tishchalari o’zaro ajralayotgan tomonda, ikkinchisi (X)–haydash teshigi teskari tomonda (tishchalar birikayotgan tomonda) bo’ladi.


Yetaklovchi val o’zida o’rnatilgan shesternyasi bilan dvigatelь yordamida harakatga keltiriladi, yetaklanuvchi val esa undan aylanma harakat oladi. Shesternyalar aylanayotganda tishlar so’rish bo’shlig’i (S) da bir-biridan uzoqlashadi. Natijada tishlar orasidagi chuqurchada suyuqlik katta tezlikda olib ketilishi sababli so’rish bo’shlig’ida siyraklanish ruy beradi va so’rish teshigiga suyuqlik keladi. Tishlar orasidagi chuqurchalardagi suyuqlik tishlar o’zaro birikkan paytda haydash bo’shlig’ida bosim ortib, suyuqlik tarmoqka uzatiladi. Shesternyali nasoslar ishlayotganda tishlar orasidagi chuqurchalarda katta bosim vujudga kelib, u valik va nasos tayanchiga beriladi.


14.1-rasm. Plastinkali (shiberli ) nasoslar.


Bu kuchlarni kamaytirish uchun tishlar orasidagi teshikchalarda suyuqlikning qolib ketmasligiga erishish kerak. Shu maqsadda yuqori bosimli nasoslardagi chuqurchalarda radial kanallar (ariqchalar) yasaladi.

Bu ariqchalardan qoldiq suyuqlik chiqarib yuboriladi, natijada nasos tayanchi va valiklardagi yuk kamayadi. Shesternyali tashqi va ichki ilashuvchi qilib yasaladi. Ichki ilashuvchi kompakt nasoslar qurilmalarda ishlatiladi.

Shesternyali nasoslar hosil qilgan bosimiga qarab past (10 ) gacha, o’rtacha (30 gacha) va yuqori (100 ) bosimli bo’ladi. Past bosimli nasoslar stanok va mashinalarning moylash-sovutish sistemalarida qo’llaniladi. O’rtacha bosimli nasoslar kuch organlariga harakatni tez uzatish kerak bo’ladigan stanoklarning gidrouzatmalarida ishlatiladi. Yuqori bosimli nasoslar stanokning ichki organiga katta kuch uzatish lozim bo’lgan gidrouzatmalarda qo’llaniladi.


Keyingi paytlarda hajmiy nasoslarning FIK ni oshirish maqsadida gidravlik kompensatorli shesternyali nasoslar chiqarila boshlandi.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin