3-Mavzu fermentlar haqida umumiy tushuncha. Reja



Yüklə 150 Kb.
səhifə1/4
tarix07.05.2023
ölçüsü150 Kb.
#109186
  1   2   3   4
3-Mavzu fermentlar haqida umumiy tushuncha. Reja



3-Mavzu

FERMENTLAR HAQIDA umumiy TUSHUNCHA.

Reja:
1.Umumiy tavsif
2.Tarixiy obzor
3.Kataliz mexanizmi


Fermentlar oqsil moddalarni eng muhim sinfi bo’lib, o’zlarining biologik vazifalar bo’yicha universaldir. Fermentlar tirik hujayrada sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalarni o’ziga xos va yuqori samarali katalizatorlaridir. Hozirgi vaqtgacha bir necha ming fermentlar tavsiflab o’tilgan bo’lib, mingdan ortig’i toza holatda ajratib olingandir. Yuzlab oqsil-fermentlarni aminokislota ketma-ketligi aniqlangan bo’lib, eng ma’lumlari rentgen tahlil usuli bilan to’liq fazoviy tuzilishi aniqlangan. Hayot faoliyatini o’rganish sohasidagi istalgan muammoni tekshirish albatta tegishli fermentlar sistemasi bilan bog’liqdir. Fermentativ jarayonlar insoniyatga qadimdan ma’lum dir. Yunonlar tomonidan bijg’itib vino olish keng qo’llanilgan. Qadimgi dunyoning ko’pchilik halqlari o’simlik va hayvon xomashyosiga ishlov berib non, sirka va pishloq olishni bilganlar. Ammo enzimalogiya fanining zamonaviy rivojlanish davri faqatgina  -asrni boshlaridan boshlangan. 1814 yilda rossiyalik olim K.Kirxgof kraxmal unayotgan arpa donlari tarkibidagi ba’zi moddalar ta’sirida shakarga aylanishini kuzatgan. Farang olimlari A.Payen va J.Pirso 1833 yilda solod ekstraktidan olingan termolabil omil kraxmalni gidrolizlash xossasiga ega bo`lishini aniqlab uni diastaza deb ataganlar. 1837 yilda I.Berzellus fermentlar tirik organizmlar yetkazib beradigan katalizatrorlar ekanligini ko’rsatib berdi. Ana shu vaqtda “ferment”(lot.fermentatio-bijg’ish) va “enzim” (yunoncha.en zumh-achitqida) terminlari paydo bo’ldi. 1897 yilda nemis olimlari H. Buchner va E.Buchnerlar achitqini infuzor tuprog’i bilan aralashtirish natijasida olingan suyuqlik qandni bijg’itib spirt va   hosil qilishini ko’rsatib berdilar. Achitqi suyuqligi o’z tarkibida fermentlarni murakkab aralashmasini (zimaza) tutib, bu fermentlar hujayra ichida va tashqisida faoliyat ko’rsatishlari ma’lum bo’ldi. Birinchi kristall holatdagi ferment amerikalik biokimyogar J.Sumner 1926 yilda kanavali urug’laridan ajratib olgan ureaza fermentidir. 1930 yilda u pepsin, tripsin va ximotripsinni ajratib olib barcha fermentlar oqsillar ekanligi ma’lum bo’ldi. Fermentlar molekulyar massasi 10000 dan 1000000 gacha va undan yuqori bo’ladi. Ular bir yoki bir necha polipeptid zanjirlaridan iborat bo’lib, o’z tarkibida nooqsil tarkibiy qismlar(kofaktorlar) -metall ionlari, kichikroq organik molekulalar vitaminlarni tutadilar. Fermentlar yuqori samarali katalizatorlardir: ular reaksiya tezliklarini million va milliardlab marta oshirishlari mumkin. Masalan, ureaza fermenti   mochevina gidrolizini 1014 marta oshiradi. Fermentlar yuqori o’ziga xos katalizatorlardir. Shu bilan bir qatorda ular substrat o’ziga xoslikka ega bo’lib, yuqori stereoo’zigaxoslikni namoyon qiladilar. Hozirgi paytda qabul qilingan tasniflashga asosan fermentlar katalizlovchi reaksiyalarga ko’ra 6 sinfga bo’linadilar:



Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin