Gidrometeorologiya fakulteti quruqlik gidrologiyasi kafedrasi gidrologiya yo



Yüklə 29,63 Kb.
səhifə5/5
tarix07.11.2022
ölçüsü29,63 Kb.
#67893
1   2   3   4   5
afrika materigi gidrografiyasi

KO’LLARI
Afrika ko’llari materik bo’ylab notekis taqsimlangan. Ularning asosiy qismi ikki hududda - Sharqiy Afrika yassi tog’ligi va Efiopiya tog’ligida joylashgan. Qolgan hududlarda ko’llar kam uchraydi. Afrika ko’llari kelib chiqishiga ko’ra uchta tipga bo’linadi. Ular: 1. Materik ichki qismidagi keng botiqlarning uncha chuqur bo’lmagan cho’kmalarida hosil bo’lgan ko’llar. Bunga Chad ko’li, Niger daryosining o’rta oqimidagi ko’llar, Janubiy Afrikaning Kalaxari hududida joylashgan Ngami, Makarikari, Skau, Etosha ko’llari kiradi. Bularning ayrimlari antropogen davrning plyuvial epoxasidan saqlanib qolgan relikt ko’llar hisoblanadi. Shulardan biri oqmas Chad ko’li bo’lib, u Sahroi Kabirning janubida joylashgan. Maydoni yog’in miqdoriga va unga quyiladigan daryolarning suv rejimiga qarab 10 000 km2 dan 18 000 km2 gacha o’zgarib turadi. O’rtacha chuqurligi 4-7 m. Ko’lning uzunligi 200 km va kengligi 70-90 km. Okean sathidan 240 m balandda joylashgan. Unga Shari va Komadugu-Yobe daryolari o’z suvini quyadi. Yomg’irlar mavsumida ko’l maydoni ikki barobarga kengayib, ko’l qirg’oqlari botqoqlangan va sho’rlangan. 26 2. Materikning tektonik yoriqlarida, uzilmalarida va botiqlarida vujudga kelgan tektonik ko’llar. Bu tipdagi ko’llarga asosan Sharqiy Afrika yassi tog’ligidagi tektonik yoriqlar tizimida va botiqlarda joylashgan Tanganika, Nyasa, Kivu, Rudolf, Viktoriya, Koga, Eduard, Albert va boshqa ko’llar kiradi. Bularning aksariyatining shakli uzun masofaga cho’zilgan va chuqur ko’llardir. Ular baland va tik yonbag’irli tog’lar bilan o’ralgan. Tanganika ko’li dunyodagi eng chuqur ko’llardan biri hisoblanadi. Uning maydoni 32 900 km2 , uzunligi 650 km, eni 60-80 km, maksimal chuqurligi 1435 m. Ko’l atrofidagi tog’lar 2000 m gacha ko’tarilgan. Tanganika chuqurligi jihatdan Baykal ko’lidan keyin dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. N’yasa ko’li tektonik yoriqlar zonasida joylashgan va 580 km masafaga cho’zilgan. Viktoriya ko’li Afrikadagi eng yirik va dunyodagi yirik ko’llardan biri hisoblanadi. Uning maydoni 68 000 km2 , uzunligi 320 km, eni 275 km, maksimal chuqurligi 80 m ni tashkil etadi. Kattaligi jihatidan Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko’ldan keyin dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. Ko’l botig’i yoriqda emas, qadimgi kristall platformaning tektonik harakatlar natijasida bukilgan joyida hosil bo’lgan. Shu sababli u tektonik ko’l bo’lsa ham sayoz ko’llardan biri hisoblanadi. 3. Tektonik botiqlar va daryo vodiylarini lava oqimlari to’sib qolishi natijasida hosil bo’lgan to’g’on ko’llar. Bunday ko’llar Efiopiya tog’ligida ko’p bo’lib, ulardan eng yirigi 1830 m balandlikda joylashgan Tana ko’lidir. Uning maydoni 3600 km2 , maksimal chuqurligi 70 m. Ko’l tektonik botiqda suv yo’lining to’silib qolishi natijasida hosil bo’lgan va undan Ko’k Nil daryosi oqib chiqadi. Bulardan tashqari Shimoliy Afrika tekisliklarining pastqam joylarida hosil bo’lgan sho’r ko’llar ham uchraydi. Ular tog’oldi tekisliklarida, tog’oralig’i botiqlarida keng tarqalgan. Bu ko’llarni mahalliy aholi shottlar deb atashadi. Shott-esh-Shergi, ShottMelgir, Shott-Jarid va boshqalar shular jumlasidandir. Afrikaning daryo va ko’llari kishilar hayotida juda katta rol o’ynaydi. Yog’in kam yog’adigan joylarda ichki suvlardan ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi. Obikor dehqonchiliq Nil, Niger, Zambezi va Senegal daryolarining vodiylarida yaxshi rivojlangan. Ayniqsa Sahroi Kabirni kesib o’tgan Nil vodiysida inson xo’jalik faoliyati ta’sirida vujudga kelgan va daryo bo’ylab cho’zilib yotgan vohalar go’yo cho’lga hayot baxsh etganday ko’rinadi. Afrika daryolari gidroenergiya resurslariga boy. Yirik daryo va ko’llar suv yo’li sifatida xizmat qiladi. Ulardan katta miqdorda baliq ham ovlanadi.
YER OSTI SUVLARI
Yer osti suvlari Afrikaning qurg‘oqchil hududlarida yagona suv manbai hisoblanadi. Sahroyi Kabir, Namib, Kalahari va Somali cho‘llarida yer osti suvlari topilgan. Tadqiqotchilar nafaqat chorva mollari uchun, balki ma'lum miqdorda qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish va bog‘larni bunyod etish uchun yer osti suv havzalari borligini aniqlashgan.
Olimlarning aytishicha, o‘ta quruq deya tanilgan Afrika qit‘asi yirik yerosti suv ombori ustida joylashgan.
Ularning topilmalariga binoan, yer ostidagi qatlamlarda mavjud bo‘lgan suvning miqdori yer ustidagi suv miqdoridan 100 marta ko‘pdir.
Olimlar jamoasi bu yashirin xazinaning ko‘lami va salohiyati borasida eng mukammal xaritani chop qilishdi.
Atrof-muhitni tadqiq qilishga ixtisoslashgan Environmental Research Letters jurnalidagi maqolada olimlar qit‘adagi suv zahiralari taqchilligini qoplash uchun yerosti suvlarini keng qo‘lamda qazib chiqarishni boshlash yaxshi fikr emasligini aytishgan.
Yerosti suv qatlamlarining yog‘ingarchilik kamligi tufayli to‘lishi qiyin, shunday ekan, olimlar yerosti zahiralar tez suratlarda ishlatilib bo‘lishidan havotirdalar.
Shunga qaramay, Britaniya Geologik so‘rovi tashkiloti olimasi Helen Bonsor yangi xarita qit‘a ahlining yangi salohiyatga ko‘zini ochishiga umid qilayapti.
Afrika bo‘ylab 300 milliondan oshiq odam ichimlik suvi taqchilligidan jabr chekib keladi.
Kelgusi yillarda aholi sonining ortishi va ekinlarni sug‘orish zarurati oshib borishi bilan qit‘adagi suvga bo‘lgan talab ham o‘sishi kutiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. Bogoslovskiy V.V. Osnovы gidrologii sushi. –Minsk: Izd-vo BGU, 1974.
2. Rasulov A.R., Hikmatov F.H. Umumiy gidrologiya. –Тoshkent: Universitet, 1995.
3. Rasulov A.R., Hikmatov F.H., Aytboyev D.P. Gidrologiya asoslari.-Тoshkent Univer¬sitet, 2003.
4. Chebotarev A.I. Obщaya gidrologiya. - L. Gidrometeoizdat, 1975.
5. Hikmatov F.H., Aytboyev D.P., Hayitov Yo.Q. Umumiy gidrologiyadan amaliy mashg’ulotlar. – Тoshkent: Universitet, 2004.
Yüklə 29,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin