artezian havzalari deb ham ataladi. Havzalarda yer osti suvlari eng baland chekklaridan ularning o’rta qismiga oqadi va yuqori bosimli suv qatlamini hosil qiladi. Bu suvlardan artezian quduqlari sifatida foydalaniladi.
Havza suvlari deyarli barcha materiklarda keng tarqalgan. Hozirgi paytda yer osti suvlarining Parij, Boltiqbo’yi, Kaspiybo’yi, Qora engizbo’yi, Qizilqum, Farg’ona, Zarafshon, G’arbiy Sibir, Yoqutiston, Amazonka, Markaziy Avstraliya kabi artezian havzalari mavjud.
Muzlik yer yuzasida eng ko’p tarqalgan tog’ jinsi hisoblanadi. Quruqliklardagi muzlarning umumiy maydoni 16,3 mln. km2. Ular yer yuzida bir xil taqsimlanmagan. Muzliklarning umumiy maydonidan 85,6% i Antarktidaga 11% dan ko’prog’i Grenlandiyaga va 3,4% i qolgan quruqliklarga to’g’ri keladi. Ammo, muzliklarning ana shu 3,4% i Alp, Kavkaz, O’rta va Markaziy Osiyo, Kordilyera, And va boshqa tog’li o’lkalarida yashaydigan aholining hayotida katta rol o’ynaydi.
Muzliklar relyef va iqlimning o’zaro aloqadorligi natijasida vujudga kelgan hosiladir. Ular asosan, atmosferdan yog’adigan qorlar hisobiga hozil bo’ladi. qisman suvlardan ham hosil bo’lgan muzliklar bor. Bu Antraktidadagi shelf muzliklaridir. Har qaysi muzlik to’yinish oblastidan va sarflanish oblastidan iborat. Ular to’yinish chegarasi bilan ajralib turadi. Ularning birinchisida massalarning kirimi sarfga nisbatan ko’proq ikkinchisida esa kirimga nisbatan sarf ko’proq. Tog’ muzliklarida muz sarfi quryosh radiatsiyasi va iliq havo ta’sirida erishi tufayli sodir bo’ladi. Antraktidada va Grelandiyada esa muz sarfi muzliklarning suvga tushib kelayotgan qismini sinib aysberglar hosil qilib oqib ketishi bilan bog’liq.
Muzliklarning shakli va kattaligi turli xil. Ular asosan, ikkita guruhga bo’linadi: qoplamam muzliklar va tog’ muzliklari.
Qoplama muzliklar juda katta qalinlikda bo’lib, ular tekislik, plat ova tog’larni to’liq qoplab oladi. Antraktida materigi, Grenlandiya oroli, Kanada – Arktika arxipelagi qoplama muzliklar bilan qoplangan. Antraktida qoplama muzligining maydoni 13,6 mln. kv. km dan ziyod. O’rtacha qalinligi 2000 m atrofida maksimal qalinligi 4700 m grenlandiyada qoplamam muzlikning maydni 1,8 mln. kv. km. ga teng. Agar barcha muzliklar Yer yuziga bir tekis taqsimlanganida edi u holda sayyoramiz yuzasi 50 m qalinlikdagi muz bilan qoplanishi mumkin. Oqimlar tempraturasiga kora, ilk va sovuq oqimlarga bolinadi. Ekvatordan har ikki tomonga harakat qiluvchi oqimlar iliq boladi. Chunki quyosh bu yerlarn iuzoq vaqt yoritib, suvni koproq isitib turadi. Aksincha, okeanlarning sovuq suvli qismlaridan ekvator tomondan harakat qiluvhci oqimlar sovuq oqimlar boladi.
Ekvatorning har ikki tamonidan doimiy esib turuvchi passat shamollari okeanlarda shimoliy va janubiy eklvatorial (passat) issiq oqimlarni vujudga keltiradi. Bu oqim natijasida issiq okean suvi sharqdan garbga qarab suriladi. Lekin bu oqimlar materikka duch kelib, oz yonalishini ozgartirib, shimolga va janubga buriladi. Masalan, Atlantika okeanidagi Janubiy ekvatorial oqimi Januniy Amerika qirgogiga urilib, Braziliya va Gviana oqimlarini,shimoliy ekvatorial oqimi esa shimolga burilib, Meksika qoltigidan chiqib Golfstrim oqimi hosil qiladi. Bu yerga Golfstrim oqimi soatiga 6 – 10 km tezlik bilan sekundiga 25mln m kub suvni haydaydi. Bu butun yer sharidagi daryolarning suvlaridan 20 marta ortiqdir. Golfstrim oqimining kengligi 75 km, qalinligi 700 – 800 m tempraturasi 26°. U har yili Arktikaga 2*10 kkal issiqlik olib keladi. Tinch okeanidagi ekvatorial oqim garbga qarab osiyo va Avstraliya qirgigigacha davom etadi va songra 2 ga ajraladi – janubiy – garbga burilgani sharqiy Avstraliya shimolga burilgan isa Kurasivo oqimi deb ataladi.
Hind okeanida faqat janubiy ekvatorial oqim mavjud bolib, Afrikada yaqinlashgan 2ga bolinadi: shimolga burilganligi Somali oqimi, janubga burilgani esa Igolniy oqimi nomini oladi. Hind okeanida shimoliy ekvatorial oqim yoq bolib, uning orniga musson oqimi vujudga kelgan. U oz yonalishini 1 yilda 2 marta o`zgartiradi.
Tinch va Atlantika okeanlaridagi konpensasion oqimlar materiklarning garbiy qirgoqlari boylab, shimol va janub tomonlarda ekvatorga oqib keladi. Ular ekvatorial issiq oqimlar olib ketgan suvning o`rnini toldirib turadi. Bular Kanar, Benguela, Kaliforniya va Peru oqimlaridir.
Braziliya, Igolniy va Sharqiy Avstraliya issiq oqimlari 35° janubiy kenglikda Antarktida oqimi bilan birlashib ketadi.
Shimoliy muz okeanining garbiy qismida sovuq Sharqiy Grelandiya va Labrador oqimi Atlantika okeani tomonga harakat qiladi. Shimoliy muz okeanining sharqida esa doira boylab harakat qiluvchi oqim mavjud.
Yaqin vaqtgacha okean yuzasining pastki qismida oqim yoq, shu tufayli suvning almashishini juda sust deb hisoblanar edi. Shu nuqtayi nazardan radiaktiv chiqindilar okean tubiga tashlanardi. Lekin songra 10 – 20 yil ichida olib borilgan kuzatishlardan malum boldiki dunyo okeanining chuqur qismida ham oqimlar mavjud ekan. Shular jumlasiga Janubiy ekvatorial (passat) oqimining ostida 100 chuqurlikda topilgan Kramvel oqimining ostida esa unga qarama qarshi oqadigan kuchsiz oqim borligi ham aniqlanadi. Shuningdek, Antarktida oqimi okean tubigacha tarqalib, oqim tezligi okean ostida sekundiga 4–8 sm ga yetadi. Okean suvalari yerning ichki qismidan chiqadigan issiqlik natijasida ham almashinib turadi.
Shunday qilib okean suvlari uning hamma qismida ham toxtovsiz xarakatdadir. Shu tufayli suv tarkibi uning hamma qismida bir hil. Bu hol okean tubiga radiaktiv chiqindilarni tashlash juda havfli ekanligidan darak beradi.
Dunyo okeani inson uchun oziq ovqat bola oladigan osimlik va hayvonlarga juda boy. Dunyo okeanida 10 ming osimlik turi bolib quruqlikdagi osimliklarga nisbatan organik moddalarga 4 – 5 marta boy. Bazan suv otlarida quruqlikdagi otlardagiga nisbatan oqsil moddalari koproq (50%). Vaholanki mol goshtida oqsil atigi 21%.
Dunyodagi 63 hayvon sinfining 51 tasi okean va dengizlarda bolib ularning 150 ming turi mavjud. Ularning umumiy vazni 16 – 20 mlrd tonnaga yetadi. Shu sababli har gektar dengiz suvidan quruqlikdagi eng yaxshi 1 gektar yaylovda yetishtiriladigan goshtga nisbatan 2 marta ortiq mahsulot olish mumkin.
Demak dunyo okeani oziq ovqat resurslarining yirik manbaidir. Dunyo okeanidagi organik moddalarning miqdori 30 mlrd tonnani tashkil etadi. Lekin hozir dunyo okeanidagi manashu oziq ovqat resurslarining (baliqlar, kit, beluxa, dengiz mushugi, tyulen, dengiz quyoni, nerpa, morj, qiqichbaqa, mollyuska, ustrita va umurtkali ham umurtqasiz boshqa hayvonlar hamda suv osimliklari) faqat 1 %idagina inson foydalanilmoqda.
Dunyo okeanidagi hayvonlardan olinayotgan moy yetishtirilayotgan hamma joyning 3 %inigina, da esa 4 – 5%ni tashkil qiladi holos. Okean hayvonlari ichida ko‘p moy va go‘sht berishda kit birinchi o‘rinda turadi. Uer sharidagi eng katta hayvon bo‘lib uzunligi 35m, og‘irligi 125 tonna. Shuning 50 tonnasi moyga tog‘ri keladi. Kitdan kanserva mahsuloti, chorvachilik uchun ozuqa, un, o‘g‘it, shuningdek, yuqori sifatli charm olinadi. Dunyo okeanidan hozir har yili 550mln.ts har xil baliqlar ovlanadi.
Dunyo okeanida suv o‘tlarining oziq-ovqat uchun foydalanish mumkin bo‘lgan 70 turi bo‘lib, ularning eng
Adabiyotlar
1. Gembelp A.V. Obshaya geografiya Mirovogo okeana. M., 1979.
2. Davidov L.K. va boshqalar. Umumiy gidrologiya. L., 1987.
3. Petryanov I.V. Dunyodagi eng g`aroyib modda. T., 1978.
4. Shubaev L.P. Umumiy er bilimi. T., 1975.
5. www.ziyonet.uz