5.Bosh miya yarimsharlar põstloğining ensa qismi zararlanganda qaysi xotira ishdan chiqadi?
A.Oğzaki xotira C.Emotsional xotira
B.Obrazli xotira D.Harakat xotira
Keys savol
Insonning qaysi xotira turi samaraliroq bo’lishini qanday aniqlash mumkin va buni aniqlagandan keyin nima foydasi bor?
Nima deb o’ylaysiz tezkor xotira ahamiyatliroqmi yo doimiy? Inson xotirasini kompyuter va telefonlar xoturasi bilan qiyoslasak bo’ladimi?
Xotira haqida qiziqarli faktlar
Aniqlanishicha, har kuni bir xil taom iste’mol qilish xotira ishini sekinlashtiradi.
Inson xotirasi to yigirma besh yoshgacha rivojlanib boradi degan fikr ham mavjud.
Xotira eslab qolish bo’yicha cho’qqiga 19-20 yoshlarida erishadi. Keyin esa, to ellik yoshgacha bir xil -o’zgarmas davr davom etadi. Undan keyin esa, xotira zaiflasha boradi.
Inson xotirasi 1-7 terabaytga teng axborotni saqlab tura olishi mumkin ekan.
Inson ham, kompyuter singari tezkor (qisqa vaqtda) va uzoq vaqt davomida saqlab turuvchi (doimiy) xotiralarga ega ekan. Tezkor xotira to’g’risida gapiradigan bo’lsak, bunga imtihonga tayyorlanuvchi talabalar yorqin misol bo’la oladi, chunki ular imtihondan keyin bor bilganlarini esdan chiqarib yuborishadi. Uzoq saqlanuvchi xotiraga misol qilib qariyalarning xotirasini olish mumkin, ular xotirasi yomonligidan shikoyat qilishsada, bundan 60-70 yil oldin bo’lib o’tgan, bolaligidagi voqealarni hikoya qilib yurishadi.