Gimnastika to’garaklarida mashqlarga o’rgatish usullari va
ularni mustahkamlash
Shuxratbek To’lqinovich Muqumjonov
Andijon davlat universiteti pedagogika instituti
Jaloliddin Oribovich Axmedov
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya
: Maqolada gimnastika to’garaklarida
bolalarni mashqlarga
o’rgatish usullari va ularni mustahkamlash bo’yicha malumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
gimnastika, o’rgatish usullari,mashq, umbaloq oshish, jismoniy
yuklama, gimnastika jihozlari
Ways to teach and strengthen exercises in gymnastics clubs
Shukhratbek Tolqinovich Mukumjanov
Andijan State University Pedagogical Institute
Jaloliddin Oribovich Akhmedov
Andijan State University
Abstract:
The article provides information on how to teach children to exercise
in gymnastics clubs and how to strengthen them.
Keywords:
gymnastics,
training methods, exercises, squats, exercise,
gymnastics equipment
Kirish:
Turkiston hududida XVII-XIX asrda jismoniy tarbiya va sportning, shu
jumladan, gimnastikaning mazkur mintaqada rivojlanishi va taraqqiy etishi
Rossiyadagi jismoniy tarbiya va sport tarixiga bevosita bog’liq bo’lganini inkor qilib
bo’lmaydi.
Ayni
paytda
O’zbekistonda
jismoniy
tarbiya
va
sportning
vositametodologiyasining yagona tizimi yaratilgan.
Mazkur vositalarning eng
ommaviylaridan biri bo’lgan gimnastika bu tizimda haqli ravishda muhim o’rin
egalladi. Gimnastika mashg’ulotlarining eng muhim vazifasi yosh avlodni bolalik
chog’idan boshlab, jismoniy va aqliy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash, ulardagi
jismoniy va ma’naviy kuchlarni garmonik tarzda rivojlantirishdan iborat.
«Gimnastika» yunoncha «
gimnos
» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «yalang’och»
ma’nosini bildiradi. Shuningdek, yunoncha
gymnotike
(gymmazo -
murabbiy, mashq
qildiraman so’zidan olingan) odam salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama
jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlari - jismoniy sifatlari: kuchi, chaqqonligi,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
802
tezkorligi, chidamliligi va boshqa jismoniy
sifatlarini tarbiyalash, takomillashtirish
uchun ishlatiladigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar uslubiyatlar tarmog’idir.
To’garak mashg’ulotlarlarda bolalarni gimnastika mashqlarga o’rgatish, ertalabki
mustaqil gigiyenik gimnastika mashg’ulotlari va shuningdek, sog’lomlashtirish-
jismoniy tarbiya tadbirlari bilan birga qo’shib olib borishlari kerak.
Mashqlar
mazmuni shunchalik turli-tuman bo’lishi va jismoniy yuklamani ham shunchalik
sekin oshirib borish lozim.
Mashg’ulotning tayyorgarlik qismiga tananing barcha qismlari uchun (xarakteri,
ko’lami, sur’ati bo’yicha) turli-tuman mashqlar kiritish lozim. Mashqiarning tos ichi
va tos tubi mushaklariga ta’sir ko’rsatishini hisobga olish lozim. Ularga oyoqlarni
oldinga bukish, orqaga uzatish, yon tomonga ko’tarish,
oyoqlar bilan doiraviy
harakat qilish, sonni ichkariga va tashqariga burish, shuningdek, gavdani burish,
oldinga va yon tomonga engashish mashqlari bevosita ta’sir ko’rsatadi. To’g’ri
qomatni shakllantirish mashqlariga alohida e’tibor berish kerak.
Dinamik
xarakterdagi va bo’shashish mashqlarini ko’proq qo’llash lozim. Egiluvchanlikni
rivojlantirish va gavda qismlar mushaklarini mustahkamlash mashqlarini parallel
qo’llashni tavsiya qilamiz. Orqaga engashishdan («ko’prik»cha, umbaloq oshishdan)
keyin, bachadonning orqaga siljishining oldini olish uchun oldinga engashish
mashqlarini bajarish kerak.
Shuningdek, oyoq mushaklarining kuchini va egiluvchanligini rivojlantiradigan
mashqlarni ham unutmaslik lozim. Shu maqsadda mashg’ulotning
tayyorgarlik va
yakunlovchi qismlariga o’tirish, sakrash va raqs mashqlarini qo’shmoq zarur.
Harakat xususiyatiga ko’ra, ayollar bir tekis xarakterdagi mashqlar (turli raqslar,
mayin harakatlar va boshq.)ni bajarishga moyil bo’lishadi. Bu ixlosni har tomonlama
qo’llab-quvvatlash lozim.
Tananing ayrim qismlarida aniq harakatlar bajarish bilan birga, qo’llar uchun
mayin, egiluvchan harakatlar qo’llash zarur. Qo’llaniladigan mashqiarning mazmuni
va ularning maromini o’zgartirish orqali jismoniy yuklamani asta-sekin oshirib
borishga erishiladi.