tayanishlar va o’tirishlar singari turli mashqlarni birga qo’shib bajarish ancha yengil
bo’ladi.
Mashg’ulotlarning tayyorgarlik va asosiy qismlariga jihozlarsiz hamda turli
jihozlar bilan bajariladigan (gimnastika tayoqchasi, arg’amchi, to’ldirma to’p, tennis
va boshqa to’plar bilan) umumrivojlantiruvchi mashqlarni gimnastika devorida,
o’rindig’ida, past-baland qo’shpoyada, xodada xotin-qizlarning har tomonlama
rivojlanishini, ularning mushaklarini mustahkamlanishini ta’minlaydigan mashqlarni
kiritish lozim. Yuqorida keltirilgan vositalar mashg’ulotni qiziqarli va zavqli tashkil
qilishga yordam beradi.
Mashqlarni tanlash va ularni o’tishda xotin-qizlar organizmining biologik
xususiyatlaridan tashqari, ayolning ish qobiliyati va uning ruhiy xususiyatlarini ham
hisobga olish muhimdir. O’quvchi qizlarning ruhiy turg’un emasliklarini hisobga
olish kerak, zero, yetarli harakat tajribasiga ega bo’Imagan va o’z kuchiga
ishonmagan ayollar ba’zan darrov ranjib qolishadi. O’zining
chaqqon emasligini
bildirib qo’yishdan xijolat chekib, ular ayrim paytlarda mashqni bajarishdan bosh
tortishib, norozi bo’lishadi. Bunday hollarda o’qituvchidan pedagogik mahorat bilan
muomalada bo’lishi, shug’ullanuvchilarning u yoki bu xatti-harakatiga to’g’ri
yondasha bilishi talab etiladi.
Yordam ko’rsatganda yoki muhofaza paytida o’qituvchi mashqlar texnikasini
aniq tasawur qilishi, mashqlarni bajarishda ularning eng qiyin qismlari Goylari)ni
aniqlay olishi, o’z vaqtida va zarur bo’lgan darajada yordam ko’rsatish uchun
o’quvchi qizlar qobiliyatini yaxshi bilishi kerak. Jihozlardan sakrab tushish va
sakrashlarda aytilgan so’zlaming
ahamiyati muhim, chunki bularda yiqilish,
jarohatlanish yoki lat yeyish mumkin.
Ayollar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarni yakunlovchi qismi muhim
ahamiyatga ega. Qo’llaniladigan mashqlar qizlarning ruhiy holatiga kuchli ta’sir
qilgani uchun, yakunlovchi qismda, talaba qizlar organizmini tinchlantiradigan
mashqlarga yetarlicha ahamiyat berish kerak. Shu maqsadda tinch va mayin raqs
harakatlari bir tekis xarakterdagi mashqlarga mos keladi. Qizlarda tetik kayfiyatni
saqlashga va hozirgina tugallagan mashg’ulot to’g’risida yaxshi taassurot qoldirishga
harakat qilmoq darkor.
Sog’lomlashtirish guruhlari mashg’ulotlarida
har tomonlama, jismoniy
mashqlarning tanlab olingan turi bo’yicha mashg’ulotlar, masalan, yurish, yugurish,
sakrash, gimnastika jixozlarida mashqlar bajariladi.
Guruh mashg’ulotlari haftasiga 2-3 marta o’tilishi kerak. Mashg’ulotlar toza
havoda hamda bino ichida navbatma-navbat o’tilishi maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy mashqlar yuklamasining me’yori, ayniqsa, sog’lig’ida nuqsoni bo’lgan
shaxslar uchun shifokor, pedagoglar nazorati asosida belgilanadi. Keksa va katta
yoshdagilaiga yuklamani asta-sekin ko’paytirish va pasaytirish lozim, ko’proq nafas
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
804
gimnastikasi va bo’shashish mashqlarini qo’llash ma’qul bo’ladi.
60 yoshdan keyin keng ko’lamdagi mashqlarni kamaytirish, uzoq vaqt davom
etadigan, tezkor va kuch talab qiladigan mashqlarni qo’llamaslik zarur. Ko’pincha
kuch ishlatiladigan statik holatlarni, bosh bilan pastga qarab osilish va zo’riqish bilan
bog’liq mashqlarni bajarish tavsiya qilinmaydi.
Keksalar mashg’ulotida harakatlarni o’rgatishda ko’rsatish
usuli katta
ahamiyatga ega, ko’rsatish usulida bajarish maromi va sur’ati sekinlashtiriladi.
Mashg’ulotlar shug’ullanuvchilarning qiziqishini va o’z harakatlaridan qoniqish
tuyg’usini orttirishi kerak. Biroq ortiqcha ruhiy ko’tarinkilik ba’zan o’ta zo’riqishga
olib kelishi mumkin. Yangi materialni o’zlashtirish bitan birga, oldin yaxshi
o’zlashtirilgan material (25 % gacha) qo’llanilishi zarur.
Kamchiliklarini uqtirish mashg’ulot o’tkazuvchi tomonidan muloyimlik va
bosiqlik bilan aytilishi kerak. Umuman, mashg’ulot davomida shug’ullanuvchilar bir-
birlarini hurmat qilishiga erishish ayni muddao.
Saflanish mashqlari va joydan joyga ko’chishlar turli-tuman bo’lishi kerak.
O’qituvchi ulamnng qomatga ta’sirini hisobga olishi zarur. Buyruqlarni tez-tez
qo’llamaslik kerak, undan ko’ra past ovozda va bosiqlik bilan berilgan topshiriqlar
foydali bo’ladi. Ba’zan yugurib va sakrab bajariladigan mashqlarning davomiyligini
qisqartirish maqsadida ularni mohirlik bilan yurishning turli xillari bilan almashtirish
lozim.
Haddan tashqari katta ko’lamda, noqulay holatlarda (oyoqlarni
keng yozib
turish va h.k.) bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarni ko’p bajarmaslik
lozim. Orqa bilan yotib mashq bajarishga asta-sekin (o’tirish, yarimyotgan holatdan)
o’tish kerak.
Gimnastika tayoqchasi bilan mashq bajarganda bo’g’inlar harakatchanligini
oshirish uchun yelka bo’g’inida aylantirish mashqlarini bajarish tavsiya qilinadi.
Gimnastika devorida aralash va oddiy osilish holatlarida mashq bajarish maqsadga
muvofiqdir.
Xulosa:
Dinamik xarakterdagi og’irliklar (to’plar, gantellar og’irligi 5-2 kg)
bilan mashq bajarish samaralidir. Uzoqlikka (sherigiga) to’p uloqtirishni kam
qo’llash lozim. Ayrim hollarda oldinga engashish, aylanish mashqlarini og’irliklarsiz
va nafas olish maromini tiklashga qaratib bajarish tavsiya qilinadi. Amaliy sport tur
(yugurish, sakrash)lari mashqlarini bajarish vaqti va tezligi chegaralanadi. Tirmashib
chiqishlarning oddiy turlari, masalan, aralash osilishda tirmashib
chiqishlar tavsiya
qilinadi. Ayollar mashg’ulotida bunday mashqlar qo’llanilmaydi.
Yuk tashishda (to’ldirma to’plarni, sherikni) buyumlarning og’irligini cheklash,
sheriklami ularning bo’yi va og’irligiga mos ravishda tanlash lozim. Muvozanat
mashqlari, masalan, xodada, jihozlarning balandligini 0,5 m.gacha pasaytirib
bajariladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
805
Eng oddiy sakrashlar (uzunlikka, balandlikka, balandlikdan sakrashlar) tavsiya
qilinadi, katta balandlikdan irg’ib tushishlami cheklab, asosiy e’tiborni to’g’ri va
yerga ohista tushishga, to’shaklarni joylashishiga va o’z
vaqtida amaliy yordam
hamda muhofaza qilishga qaratish lozim.
Ayollar bilan mashg’ulot o’tganda ularning qiziqishini oshirish va ruhini
ko’tarish uchun mashqlarni musiqa jo’rligida bajarish foydali. Murakkab
harakatlarni, balandlikka, uzoqqa sakrashlarni, keskin siltanishlarni, tez aylanishlarni,
engashishlarni va h.k.lami bajarmaslik kerak.
Turli xil darslardan tashqari keksa yoshdagi kishilar uchun gigiyenik gimnastika
(ertalab, kunduzi, kechqurun), ishlaydiganlar uchun esa ishlab chiqarish gimnastikasi
tavsiya qilinadi. Mashg’ulotlar o’rta yoshdagi kishilar uchun 60-90 daqiqa; katta
yoshdagilar uchun 45-60 daqiqa; keksa yoshdagilar uchun 30-45 daqiqa davom etadi.
Navbatdagi mashg’ulotni shug’ullanuvchilardan o’zini qanday his qilayotganlarini
so’rashdan va yurak-tomir urishini hisoblashdan boshlash lozim (bu har bir
mashg’ulot oxirida tekshiriladi).
Dostları ilə paylaş: