Giyohvandlik umr zavoli Reja


Giyohvandlik kasalligi quyidagi 3 davrda kechadi



Yüklə 144,5 Kb.
səhifə2/3
tarix20.10.2023
ölçüsü144,5 Kb.
#157794
1   2   3
Giyohvandlik umr zavoli

2. Giyohvandlik kasalligi quyidagi 3 davrda kechadi
Birinchi davr - odam organizmi reaktivligining o`zgarishi, ya‘ni odamning narkotik moddaga moslashishi bilan xarakterlanadi. Giyohvandlikning boshlanish davrida odam narkotik modda qabul qilganida kayfiyati oshgandek, yaxshi dam olgandek, hordiq chiqargandek bo`ladi. Shuning uchun kundan-kunga odam organizmining narkotikka moslashuvi oshib boradi. O`zi belgilagan vaqtda narkotikni qabul qilishga intiladi. Birinchi davrda zarur chora-tadbirlar yordamida odamni giyohvandlik kasalligidan davolash ya‘ni qutqarish mumkin.
Ikkinchi davr - giyohvandning narkotikka ruhiy bog`lanishi, ya‘ni ruhiy mu‘teligining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda giyohvand organizmining narkotikka o`rganib-moslashib qolishi birinchi davrga nisbatan yanada kuchayadi. Narkotik qabul qilganida bemorning kayfiyati vaqtincha yaxshilanadi. Qabul qilish muddati kechiksa kayfiyati buziladi, dunyo uning ko`ziga torayib qolgandek tuyuladi. Bu davrda giyohvandlik kasalligiga xos ruhiy buzilish belgilari paydo bo`ladi. Bemor narkotik qabul qilganida o`zini tetik, kayfiyati yuqori, bardam his etadi, kuchi oshadi, ish qobiliyati yaxshilanadi. Narkotikni qabul qilish muddati kechiksa giyohvandning ruhiyati buziladi, kayfiyati yomonlashadi. ish qobiliyati yo`qoladi. Shuning uchun u har qanday yo`l bilan bo`lsa ham narkotik topib. uni qabul qilish uchun barcha imkoniyatini safarbar qiladi. Chunki narkotik giyohvand uchun hayotiy zaruriyatga aylanadi. U narkotik topish va qabul qilish uchun, or-nomusi, vijdonidan voz kechadi. Giyohvand eng yaqin odamlariga nisbatan ham mehr oqibatini yo`qotadi. Narkotik sotib olishga pul topish uchun boshqalarga yolg`on gapiradi, tovlamachilik va o`g`irlik qiladi: U fikrlash, aql idrok bilan ish tutish qobiliyatini mutloq yo`qotadi, ya‘ni ruhiy jihatdan nogironga aylanadi. Ikkinchi davrda giyohvandni davolash ancha murakkab va qiyin bo`ladi.
Uchinchi davr - giyohvandning narkotikka nisbatan nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan mu‘teligining oshishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda giyohvandlik kasalligi juda chuqurlashadi. Giyohvandning yurak, o`pka, me`da-ichak, jigar, buyrak, nerv, endokrin va boshqa a`zolarida surunkali kasalliklar yuzaga kelganligi sababli uning nafaqat aqliy, balki jismoniy ish qobiliyati ham yo`qoladi. U ozgina harakat qilsa yuragi o`ynaydi, nafasi qisadi. Giyohvand oziadi, ranglari oqaradi, kamqonlik yuzaga keladi. Giyohvandning aqliy va jismoniy ish qobiliyati butunlay yo`qoladi, u nogironga aylanadi. Bemor narkotiksiz mutloq yashay olmaydigan bo`lib qoladi. Ovqat iste‘mol qilmasa ham narkotikni topish va qabul qilishga barcha imkoniyatini sarflaydi. Lekin, birinchi va ikkinchi davrlarda narkotik qabul qilishi bilanoq bemorning ruhiy va jismoniy ish qobiliyati yaxshilangan bo`lsa, uchinchi davrda narkotik qabul qilganda ham ish qobiliyati yaxshilanmaydi. Chunki uning hamma to`qima va a`zolari narkotik bilan og`ir zaharlangani uchun bu a`zolarning faoliyati chuqur buzilgan bo`ladi. Uchinchi davrda giyohvandni davolash va sog`lomlashtirish juda qiyin bo`ladi.
Giyohvandda abstinensiya holati.
Agar giyohvand o`z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda narkotik qabul qilishni to`xtatsa birinchi kunning oxiri va ikkinchi kunning boshida unda abstinensiya holati vujudga keladi.
Abstinensiya giyohvandlikka xos bo`lgan juda og`ir kasallik holatidir. Oddiy xalq tilida aytganda o`rgangan narkotikni qabul qilmaslik natijasida giyohvandning xumori tutadi. Bu holat nafaqat giyohvandda, balki toksikomanda, nos otuvchida, tamaki chekuvchida, spirtli ichimlikni muntazam iste‘mol qilishga o`rgangan piyonistalarda ham yuzaga keladi.

Abstinensiya holati quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:


Abstinensiyaning birinchi kuni bemor tez-tez esnaydi, ko`zidan yosh oqadi, og`zidan so`lak ajralishi ko`payadi, burundan suv kelib, tez-tez aksiradi.
Abstinensiyaning ikkinchi kuni bemorning tana harorati ko`tariladi, u qaltiraydi, ko`p terlaydi, oyoq-qo`l bo`g`imlari qotib qolganday bo`lib harakatlanish qiyinlashadi.
Abstinensiyaning uchinchi kuni bemorning ko`ngli aynib qusadi, ichi ketadi, jag’ muskullari tirishib og`riydi, og`zini ochib-yopish qiyinlashadi, qo`l-oyoq muskullari tirishadi va og`riydi.
Abstinensiyaning to`rtinchi-beshinchi kunlari bemorning ruhiyati buziladi, ko`ziga qurqinchli narsalar ko`rinadi, qulog`iga qo`rqinchli tovushlar eshitiladi (ya‘ni ko`rish va eshitish galyutsinatsiyalari yuzaga keladi), u baqiradi, so`kinadi, “narkotik beringlar” deb yalinadi, “bermasalariig o`ldiraman” deb qo`liga to`g`ri kelgan narsani otadi, boshini devorga urib yig`laydi.
Abstinensiyaning oltinchi-yettinchi kunlari bemor ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga yetadi.U fikrlash qobiliyatini butunlay yo`qotadi, ya‘ni jinni odamga o`xshab qoladi.Shifoxona yoki uyida qamab qo`yilgan bo`lsa eshik-derazani sindirib qochishga harakat qiladi, yo`lini to`sgan yoki ushlamoqchi bo`lgan odamni qo`liga tushgan narsa bilan uradi, hatto o`ldirishdan ham toymaydi.
Shifoxona yoki uyidan chiqib qochgan giyohvand bemor narkotik topish va qabul qilish uchun o`zining sheriklari yoki narkotik sotuvchining oldiga boradi. Agar u narkotikni pulsiz yoki qarzga topa olmasa pul topish uchun o`g`irlik qiladi.
Irodasi kuchli, bu kasallikdan tuzalishni ahd qilgan giyohvand abstinensiya holatining qiyinchiliklariga bardosh beradi, og`riqlarga chidaydi va nihoyat sakkizinchi – o`ninchi kunlardan boshlab ahvoli yaxshilana boshlaydi, ya‘ni ruhiyati tinchlanadi, fikrlash qobiliyati tiklanadi, atrofdagilar bilan sog` odamdek muomala qiladi. Jag`, qo`l-oyoq muskullarining tirishib og`rishi, ko`ngil aynishi, tanasining harorati va kasallikning boshqa belgilari asta-sekin barham topadi.
Agar bemorga tibbiy yordam ko`rsatilsa abstinensiya holati yengilroq o`tadi, u tezroq tuzaladi. Lekin muntazam ravishda parvarish va nazorat qilish zarur. Bundan keyin ham bir yil davomida u nazorat qilinadi, uning ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan suhbatlar o`tkaziladi, oldingi sheriklari va narkotik sotuvchi bilan uchrashmasligiga qaratilgan chora-tadbirlar ko`rish lozim.
Giyohvandlikning oqibati.
Giyohvandlik asr vabosidir. Bu o`ta og`ir xastalik dunyodagi barcha mamlakatlarda ayniqsa yoshlar orasida tez sur‘atlar bilan keng tarqalmoqda. Ma‘lumotlarga ko`ra, Rossiyada har yuz odamga taxminan 5 ta giyohvand to`g`ri keladi, Amerikada undan ham ko`proq. Giyohvandlik juda og`ir xastalik va ijtimoiy illat bo`lib, u quyidagi yomon oqibatlarga olib keladi.
Birinchidan, giyohvandlik kasaliga duchor bo`lgan odamnnig eng avvalo ruhiyati buziladi. U oilasida, jamiyatda sodir bo`layotgan voqealarga befarq bo`lib qoladi, hayotiy muhim masalalarni idrok qilish, mas‘uliyatni his etish, fikrlash qobiliyatlarini yo`qotadi. Giyohvand ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, oilasi, bolalariga nisbatan mehr-oqibatsiz bo`lib qoladi. Giyohvand yoshlar o`qishdan soviydi, dars mashg`ulotlariga qatnashmay qo`yadi, fanlarni o`zlashtirishi pasayadi, o`qishga borish o`rniga boshqa giyohvandlarga qo`shilib vaqtini ko`chada, xilvat joylarda o`tkazadi, u o`zining tashqi qiyofasiga mutlaqo e‘tibor bermay qo`yadi, ya‘ni soch-soqolni o`z vaqtida oldirmaydi, kir bo`lgan kiyimlarni o`z hohishi bilan almashtirmaydi.
Giyohvandda yuqorida aytilgan ruhiy buzilishlar, ya‘ni aql-idrok, fikrlash qobiliyatining yo`qolishi uning bosh miyasi nerv hujayralarining narkotik bilan zaharlanishi oqibatidir.
Ikkinchidan, giyohvand ruhiyatining buzilnshi, uning ijtimoiy jihatdan buzilishiga olib keladi. Giyohvandning asosiy maqsadi, intilishi, hayotining mazmuni narkotik topish va qabul qilishga qaratiladi. Chunki uning organizmi narkotikka o`rganib, unga qaram, mu‘te bo`lib qoladi. U o`zini narkotiksiz yashay olmaydigandek his etadi. Giyohvand narkotikni har kuni belgilangan vaqtida muntazam ravishda qabul qilishi uchun ko`p pul kerak bo`ladi. Pul topish uchun yolg`on gapiradi, aldab qarz so`raydi, tovlamachilik, firibgarlik qiladi. Uyidagi buyumlarni sotadi, so’ngra qavm-qarindoshlari, qo`shnilarning pulini, buyumlarini o`g`irlaydi, asta-sekin o`z sheriklari bilan guruh bo`lib katta o`g`irlik qilish yo`liga o`tadi, jinoyatchiga aylanadi.
Uchinchidan, giyohvand bir necha yil davomida narkotik qabul qilishi tufayli surunkali zaharlanib, nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan ham nogironga aylanadi. Uning yurak, o`pka, jigar, buyrak, me`da-ichak kabi hayotiy muhim a`zolarida surunkali kasalliklar vujudga keladi. U ozroq harakat qilganida nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, lablari ko`karadi, jigar va buyrak sohalarida og`riq paydo bo`ladi. Shunday qilib, yuqorida aytilgan ruhiy nogironlikka jismoniy nogironlik ham qo`shiladi, va mehnat qilish layoqatini butunlay yo`qotadi. Hozirgi kunda giyohvandlarning aksariyati narkotikni in‘eksiya (ukol) orqali qabul qiladi. Bitta shprits va igna bilan bir necha giyohvandlar bir-birlariga in`eksiya qiladilar. Buning natijasida ularning bittasidagi yuqumli kasallik boshqalariga ham yuqadi. Shu sababdan giyohvandlar orasida OITS, yuqumli gepatit (sariq kasalligi) keyingi yillarda ko`p tarqalmoqda. Bu ham giyohvandning fojiasidir.
Statistik ma‘lumotlarga ko`ra, giyohvand narkotik qabul qilishni boshlagandan keyin ko`pi bilan 20-25 yil umr ko`radi va ko`pchilik giyohvandlar 30-40 yosh atrofida hayotdan ko`z yumadi, uning keyingi yillardagi hayoti azob-uqubatda, xor zorlikda, ruhiy va jismoniy nogironlikda o`tadi.
Bugungi kunda butun dunyoda giyohvandlik illati tufayli turli davosiz dardlar yuzaga kelayapti.OITS (SPID), jigar sirrozi, sil, o`sma kasalliklari, me`da-ichak xastaligi va homilaning mayib-majrih tig`ilishi ham ko`proq giyohvandlarda kuzatiladi.
Giyohvandlik balosiga yo`liqib, boshi berk ko`chaga kirib qolgan iymoni, irodasi sust, o`z nafsining quliga aylangan ayrim kishilar bilan suhbatlashganimizda, bu illatning naqadar jirkanch, yovuz ekanligiga yana bir bor amin bo`ldik.
Giyohvandning ijtimoiy qiyofasi.
Zararli odatlar (kashandalik, spirtli ichimliklar)
Giyohvandlikka duchor bo`lgan odamning xulq-atvori, tashqi qiyofasining o`zgarishlariga qarab kasallikni o`z vaqtida aniqlab, tarbiyaviy va davolash tadbirlarini o`tkazishda quyidagi ma‘lumotlar yordam beradi.
1. Giyohvandlik yo`liga kirgan o’smirning xulq-atvori birdaniga o`zgaradi. O’qishdan ko`ngli soviydi, sababsiz dars qoldiradi, o`zlashtirishi yomonlashadi, dars paytida uxlab o`tiradi, muomalasi qo`pollashadi.
2. Ishlaydigan o`smir yoki yigit giyohvandlikka duchor bo`lsa, uning ishga qiziqishi yo`qoladi, ish qobiliyati pasaya boshlaydi, ishda xatolarga yo`l qo`yadi, sababsiz ishga kelmaydi yoki kechikib keladi, vaqtidan oldin ketadi:
3. Giyohvand cho`ntagida xaltachaga solingan ko`knor (opium) urug`i va barglari selofan xaltaga solingan qoradori, ampulada dori, shprits va ignalar, tabletkalar bo`ladi.
4. Giyohvand o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarash qobiliyatini yo`qotadi. Uning kiyimlari g`ijim, kir, yirtiq, soch va soqoli o`sgan, umuman tashqi qiyofasi ko`rimsiz holatda bo`ladi.
5. Aksariyat giyohvandlarning tashqi qiyofasida yoshiga nisbatan erta qarish belgilari paydo bo`ladi: terisi quruqlashgan, yuzida tirishlar, sochi rangsizlanadi, erta oqaradi va to`kiladi, tirnoqlari sinuvchan bo`lib qoladi.Terisi oqimtir sarg`ich, qovoqlari shishgan, terisida tez-tez yiringli donachalar paydo bo`ladi.
6. Narkotikni in`yeksiya qilish orqali qabul qiladigan giyohvandlarning bilak, bo`yin, oyoqning shiq sohasidagi vena tomirlari bo`ylab terisida igna sanchilgan o`rni bo`ladi.
7. Giyohvandda ijtimoiy faollik umuman yo`qoladi.U hech narsaga qiziqmaydi.Ota-ona, aka-uka, oila, farzand muammolari uniig hayoliga kelmaydi. Uning asosiy intilishi pul topib narkotik sotib olish, uni o`z vaqtida qabul qilishdan iborat bo`ladi. Narkotik sotib olish uchun har kuni pul topish kerak. Pulni esa ishlab topa olmaydi. Shu sababli o`g`irlik, tovlamachilik qiladi. U obro`, sharm-hayo, uyalish. vijdon kabi umuminsoniy qadriyatlarni butunlay unutadi.
8. Giyohvandlar guruhi odamlar ko`zi tushmaydigan xilvat joylarda to`planib kayf qilishadi, chol-devorlarda, qurilib bitmagan binolarda, ko`p qavatli uylarning yerto`lasida, daraxtlar panasida va hakozo.Giyohvandlar guruhi to`plangan joyni chetdan turib kuzatganda vaqti-vaqti bilan kulgi, xursandchilik shovqini, urushish, so`kinish shovqinlari o`rni almashib turadi.



  1. Yüklə 144,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin