Global ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni hal qilish chora tadbirlari



Yüklə 151,38 Kb.
səhifə7/7
tarix04.08.2023
ölçüsü151,38 Kb.
#138597
1   2   3   4   5   6   7
Global ekologik muammolarni tartibga solishning institutsional mexanizmlari

3.2 Ekalogik ta’lim-tarbiya
Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo’layotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o’rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, yechish yo’llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo’lgan holda atrof-muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta’lim-tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o’rtasidagi munosabatlarni chuqur o’rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash; Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo’naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tarbiyalash;
Har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o’zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarini saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni yetishtirish;
Jamiyat a’zolariga o’zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog’larning go’zalligi, ularning inson hayoti va salomatligidagi ahamiyatini tushuntirish, yosh avlodda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otish ishlarini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog’cha tarbiyachilari, maktab va o’quv yurtlari o’qituvchilari, turli o’yinlar, kinofilmlar orqah tabiiy va ijtimoiy fanlarni o’tishda o’zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog’lab, ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishi hamda darslar o’tishi kerak.
Ekologik tarbiyani farzand turilgan kundai boshlamoq vujudimizni uvvatlantirmots, fikrimizii nurlantirmoq axloqimizni guzallantirmoq, zеxnimizni ravshanlantirmoq dеmakdir. Ekologik tarbiyani kim va qanday olib boradi? — dеgan savol paydo buladi. Birinchi -tarbiya ota-ona zimmasidadir. Ikkinchi — borcha, maktab, oliy va urta maxsus bilim yurtlari hamda xozirda faoliyat ko’rsatayotgan madrasalarda amalga oshadi.
Bola tarbiyasida u yashab turgan sharoit, muhit, ki­shilarning faoliyati katta o’rin tutadi va bu sohada oila, maktab sharoiti xam katta e’tiborga molikdir
Ekologik tarbiya ham tarbiyaning asosiy qismi bo’lib, bolaning axlohiga, xulqatvoriga kuchli ta’sir qiladi va ota-onalarni ularni murg’akligidan boshlab tarbiya qilishga chaqiradi. Ekologik ta’lim-tarbiya va umumiy tarbiya bir-biri bilan bog’liq bir butun jarayondir.
Tabiatni muhofaza qilish, uni asrash, unga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lish uchun sog’lom fikr, yaxshi axloq ilm-ma’rifatga qiziquvchi inson bo’lish talab qilinadi.
Boladagi fikriy taraqqiyot oilagagina emas. maktabga, o’qituvchilar faoliyatiga ham bog’liq. Shuning uchun ularga go’zal tarzda tarbiya bеrmoq, yaxshi hulqlarrni o’rgatmoq va ko’rkam odatlarni tushuntirmoq lozimdir. Tarbiya ila bolami oltin etmoqlik va aksina, tuproq qilmoqlik xam mumkin.
Xulosa
Ona zaminimizni jannatga qiyoslasak. xato kmlmaymie. Ammo unda inson qo’li bilan duzaxga aylanaеggan xududlar tobora kupayib bormokda. Dunyoning turli joylarnda tuganmas balolarni kеltnrib chikaruvchi atom, vodorod va shunga uxshash bombalar snnovdai Utkazilmokda, sr ka’ridan minglab tonna qazilmalar qazib olinib, atmosfеraga tonnalab zaxarli moddalar chiqarilmoqda. Kimyoviy, radiaktiv chiqindnlar suvga, xavoga tashlanayapti. yerga kumilayapti. Natijada insoniyatning yashash sharoiti og’irlashib, u turli kasalliklar girdobiga tushib kolmokda. Agar xayot tarzimizni shu tarzda davom etgirsak, erta nima bo’lishnni xavlga kеltirishnnng uziyoq kishini larzaga soladi.
Xullas, odamzotni algov-dolgovli davrlar kutib turibdi. Bunday vaziyatdan chiqib kеtish, Еrda yana milliard-milliard yillar yashash insoniyatning o’z kulidadir. Chunki biz tabiatni ijobiy va salbiy tomonga o’zgartirib yuborishdеk »suchga zga buldik. Insonnyatda endi tabiat sofligini azaliy xolatiga qaytarishdan yoki uni butunlay izdan chiqarib yuborishdan iborat ikkita yul mavjud. Ba’zi olimlar, mutaxassislar Еr tеz orada tirik mavjudot yashashiga yaramay qoladi degan xulosaga kelib, insoniyatning xayot kеchirishn uchun uzoq gallaktikalarda joylashgan o’zga yulduzlarni axtarishga tushib kolishdi. Xatto ba’zilar Oyni. Marsni va sharoiti Еrga ya kin bo’lgan boshka yulduzlarni odamlar makoiiga aylantirish loyixalarini il gari surmokda. Ammo bu goyayu loyixalarning tagi puch ekanligini xamma anglab turibdi. Abadiy yashash i i nstar ekanmiz, biz kaysidir joylardan makon izlash Urniga Еrni o’z xolatiga kaytarish, tabiat sofligini ta’minlash borasida uylashimiz ksrak zmasmi axir?!Bu yul bir nscha minglab еruglik yil uzoqlikda joylashgan, tabiati tirik mavjudot uchun mutlako zid bo’lgan boshka yulduzga kuchib utiishan, unda yashash sharoitini dunvga ksltirishdan kura million karra osonrok va afzalrok ish zkanligi oydsk ravshan.
Insonning ta kom il ga zrishishga bo’lgan intnlishi nakadar chsksiz bo’lsa, tabiatni muxofaza qilish imkoniyatlari xam shu qadar chеksiz. Insonning tabiatga munosabatining asosini uning faoliyati belgilaydi, chunki, bunday munosabat uchun matеrialni unga tabiatning o’zi beradi. Shunga ko’ra, tabiatga bo’lgan munosabatning o’zgarishi, o’z o’rnida, insoniy faoliyat xarakteri hamda yo’nalishining ham o’zgarishiga olib kеladi.
Faqatgina biz suvni tuproqni usimliklarni xayvonot olamini ya’ni tabiatni e’zozlash, asrab-avaylash, uning boyliklarilan tejab-tergab foylalanishni o’rgansak bu ishimiz kelajagimizni bеlgilab bеrishinn anglab etsak yer bizni uzoq vaqtlar boqadi. Bunga esa dastavval qishilarda ekologik madaniyatni yuksaltirib borish orqali erishishimiz mumkin.
Ekologik madaniyatning shakllanganlik darajasi faqatgina tabiatga oid tuyg’ularnigina xis qilish emas. Balki tabiat va uning sirlarnni bilish sohasidagi bilimlarga tayanishni talab etadi. Chunki tabiat sirlarini bilish orqali inson tabiatga nisbatai mеhr-muxabbat quyadi. Tabiat va inson orasidagi muvozanatning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanlngini anglab etadi. Insonning tabiat bilan muntazam ravishda o’zaro munosabatda bo’lishi nazarda tutiladigan bo’lsa, ushbu munosabatlarning zaruriy qonuniyatlari ta’lim-tarbiya tizimining asosini tashkil etmogi lozim... Ekologik ta’lim- tarbiyannng asosiy vazifa va maqsadlari nnsonni tabiat bilan va unda sodir bulayotgan voqеalar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o’rtasidagi muammolarning kеlib chiqish sabablarini aniqlash ochish yo’llarini chora-tadbirlarini topish etarli ekologik bilimlarga ega bo’lgan xolda atrof-muxit muhofazasini amalga oshirishdir.
Mashxur ruxshunos olim Dеyl Karnеgining ta’kidlashicha, insonni biror ishni bajarishga undash va qiziqtirishning yagona usuli mavjud. U ham bo’lsa, usha inson qalbida ishni bajarishga chinakam ishtirok uyg’otishdir. Majburlov va qiynoqlar ish bеrmaydi...: Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, xar bir kishida atrof-muxitni muxofaza qilish buyicha ishtiSk uygotish va uni ona tabiatii avaylab asrashga undash kеrak bo’ladi.
Xullas. Ona tabiat - nе’matlardan oqilona foydalanmaslik uning faoliyatiga nourin, noxolis, noilmiy aralashuvni kеchirmasligini, bu ishlar kеzi kеlib o’nglab bo’lmas darajadagi ekologik muammolarni kеltirib chiqarishini anglab o’tgan xolda ish tutishimiz, tabiatni muxofaza qilishimiz zaruriyatini zamonning o’zi talab etmoqda. Biz bor-yug’i ana shu talab ijrosini ta’minlay olsak, ona zaminimiz jannat makonligini xеch qachon yuqotmaydi. Bizni uzoq yillar davomida boqadi, kiyintiradi. Shu bois makonimiz bo’lmish yеrga, xar bir zarraga e’tiborli bo’lib, ularning yanada rivoj topishi uchun xar birimiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz shart.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.Jaxon axborot agеntligi. Uzbеkistonda modеrnizatsiyalash va dеmokratik o’zgarishlar jadal rivojlanmoqda. Xalq so’zi gazеtasi. 2010 yil 30 dеkabr.
2. Karnеgi D. Iqrorlik – mag’lubiyat emas. San’at jurnali, T.: 2009 yil
3.Kistauboеv S. Ekologi k ta’lim-tarbiya. Xalq ta’limi, 6-son.T.: 2010 yil
4.Norboеv A.G. Ta’lim tarabiyada o’quvchilarni tabiat bilan muloqotga o’rgatish. Xalq ta’limi, 6-son.T.: 2010 yil
5.«Xalq so’zi». «O’zbеkiston ovozi», «XX asr» gazеtalari va «O’zbеkiston qishlok xo’jalik» jurnali.


Yüklə 151,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin