Sizga omad tilaymiz’’.
Mualliflar jamoasi G
Talabaning ishchi daftar bilan ishlash qoidalari Ma’ruza mashg‘ulotlarida: Talaba tomonidan yangi axborot bilan to‘ldiriladigan TID bo‘lishi kerak.
Auditoriya mashg‘ulotlarida: - o‘quv mashg‘ulotida diqqatingizni jamlashga harakat qiling;
- ishchi daftardagi mavjud matnni seminar-amaliy mashg‘ulotlarda foydali va muhim
bo‘lgan yangi materiallar bilan to‘ldiring (slaydli prezentatsiya, o‘qituvchining ma’ruzasi
hamda talabalarning chiqish va prezentatsiyalari asosida);
- nafaqat o‘qituvchi, balki o‘zingizni ham tinglashga o‘rganing: ishchi daftardagi
matnni to‘ldiring va mustaqil fikringizni bildiring.
Har bir mavzuni o‘zlashtirishdan oldin o‘rganing: - ishchi daftarda bayon etilgan mavzuning axborot majmuini;
- tavsiya etilayotgan adabiyot va manbalar hamda extiyoj sezganda normativ-huquqiy
norma va instruksiyalar yordamida quyidagilarga tayaning:
1) nazariy savollarga javob bering;
2) masalalarni eching va mashqlarni bajaring;
3) mustaqil amaliy vazifalarni bajaring.
Berilgan savollarga javob bering: -
manbalar iqtiboslariga tayangan holda qisqa, to‘liq va chuqur javob
bering (agar topshiriqda ko‘rsatilgan bo‘lsa);
-
agar iloji bo‘lsa, matnli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun grafik
(jadval, sxema, diagramma) shakllaridan foydalaning.
Mashqlarni bajarishda hujjatlarni tayyorlash yoki ro‘yxatga olish
shakllarini to‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan, lingvistik hujjatli, rekvizitlarni to‘g‘ri
rasmiylashtirish va hujjatni formatlash masalalariga alohida e’tibor qaratish
lozim.
Mustaqil ta’lim uchun amaliy vazifalar A4 standart qog‘oz varaqlarida
bajaring va talabalarning yutuqlari o‘quv Portfoliosida – fayl papkaga
joylashtiring.
Qiyinchilik tug‘ilganda o‘qituvchiga murojaat qiling.
G