5
TALABAGA MUROJAAT
Hurmatli talaba!
Xalqaro
munosabatlarda ochiq va amaliy, faol
tashqi siyosat olib
borilayotgani tufayli ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning
xalqaro
obr
o‘si
tobora ortib bormoqda
.
Barcha q
o‘shnilarimiz bilan do‘stona va o‘zaro
ishonch ruhidagi
munosabatlarni yanada mustahkamlash bizning
asosiy vazifalarimizdan
biriga
aylandi
1
.
“Global iqtisodiy rivojlanish” fani bo‘yicha mazkur ishchi daftarida
shu fanning ishchi o‘quv dasturi bo‘yicha barcha mavzular yoritilgan.
Shuningdek, ishchi daftari mazkur fan bo‘yicha ma’ruza, amaliy
mashg‘ulotlarda va mustaqil ta’lim jarayonida talabalar tomonidan
bajariladigan o‘quv loyiha va har bir mavzu bo‘yicha qisqacha nazariy
materiallarni o‘z ichiga olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”
2
gi
№PF-4947-sonli Farmonida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bandida
uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va malakali kadrlar
tayyorlash siyosatini davom ettirishga alohida e’tibor berilib shunday
deyiladi: “Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini
joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda
samaradorligini oshirish” zarurligi ta’kidlanadi.
Ushbu fan doirasidagi Sizni bilimlarga, tajribalarga va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishingizni ta’minlaydigan vositalardan
biri talabaning ishchi
daftari (TID) hisoblanadi.
Talabaning ishchi daftari – o‘quv-amaliy qo‘llanma bo‘lib, talabani
oraliq va yakuniy nazoratlarga tayyorgarchilik ko‘rishlarida ma’ruza,
amaliy, seminar va tajriba mashg‘ulotlarida va auditoriyadan tashqari
vaqtida
o‘quv
fanini
o‘zlashtirishda
talabaga
mustaqil
ishlashga
ko‘maklashuvchi alohida didaktik xususiyatga ega apparat hisoblanadi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi –Тoshkent:
“O‘zbekiston” NMIU, 2019. 6-бет.
2
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni.