I-mavzu. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja: 1. Global iqtisodiy rivojlanish faning predmeti
2. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari.
3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining namoyon bo’lish shakllari.
4. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining umumiqtisodiy va mutaxassislik fanlari bilan bog’liqligi, fanning vazifalari.
sme’yorlar va ularni amalga oshirish vositalari (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va boshqalar), global iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadi yo‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Global iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:
Global iqtisodiy munosabatlar XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda jahon xo‘jaligi ko‘rinishida o‘rganilgan va bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan. Jahon iqtisodiyotining global iqtisodiyot darajasiga o‘zgarishi bilan bu munosabatlar kengayib va chuqurlashib, global xarakterga ega bo‘ldi.
«Global iqtisodiy rivojlanish» fani turli milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro ta’sirlashuv qonuniyatlarini, tovar va xizmatlar oqimlarining harakati va jahon hamjamiyati ichidagi to‘lovlarni, ushbu tovar va xizmatlar oqimini belgilab beruvchi hamda muvofiqlashtirib turuvchi iqtisodiy siyosatni, ularning jamiyat farovonligiga ta’sirini o‘rganadi.
«Global iqtisodiy rivojlanish» fanining predmeti mikro va makroiqtisodiy fanlar predmetidan farq qiladi. Ushbu fanning o‘rganish predmeti turli mustaqil davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari va ular o‘rtasida yuzaga keladigan aloqalar tizimi hisoblanadi.
Global iqtisodiyot, odatda, tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillari oqimiga qarshi mamlakatlar o‘z chegaralarida o‘rnatadigan ma’lum bir ichki cheklovlarning mavjud emasligi bilan xarakterlanadi.
U yoki bu milliy iqtisodiyotda kerakli buyum sifatida ishlab chiqarilgan yoki sotilgan tovar xalqaro savdoda tovar sifatida tan olinmasligi ham mumkin. Xalqaro savdo sohasida tovarlar savdo qilinadigan (tradable goods) va savdo qilinmaydigan (nontradable goods) tovarlarga ajratiladi. Faqat ichki iste’mol uchun ishlab chiqariladigan tovarlar savdo qilinmaydigan tovarlar sanaladi. Ular sirasiga qurilish mahsulotlarining katta qismi, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar va boshqalar kiradi.