Globallashgan davrning o`ziga xos mazmun-mohiyati. Axborotlar globallashgan davrda talabalarda axborot madaniyatini shakllantirish. Bugungi kunda dunyo miqyosida global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko`rsatishning roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
“Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o`quv dargohlarida, balki radio- televideniye, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o`rab-chirmab, uni o`qima, buni ko`rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temirdevor bilan o`rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad- muddaolarimizga ham to`g`ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o`z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo`yganmiz va bu yo`ldan hech qachon qaytmaymiz”. Davra suhbatida ta’kidlanganidek milliy axborot xavfsizligini ta’minlash va yoshlarda Internet madaniyatini shakllantirish bugungi kunning o`ta muhim vazifasiga aylanmoqda. Hozirda mobil aloqa va Internet tarmoqlaridan foydalanmaydigan yoshlarni uchratish qiyin. Bu bir tomondan jamiyatimizda zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishiga yoshlar e’tibori va qiziqishi kuchayayotganidan dalolat bersa, ikkinchidan, aynan mafkuraviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”ning turli ko`rinishlari ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan barchamizni tashvishga solmoqda. Bu kabi tadbirlar navqiron avlodda axborot olish madaniyatini shakllantirish, ular ongu shuurini turli yot illatlar ta’siridan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal ivojlanishi vaqt va masofani qisqartirib, jahon sivilizatsiyasi bilimlariga keng yo`l ochib bermoqda. Bir vaqtlar fan, madaniyat, ta’lim va biznes sohasi uchun ma’lum hududdagi kutubxonalardagi resurslardan foydalanilgan bo`lsa, bugungi kunda ular foydalanishi mumkin bo`lgan resurslar hajmiga Internet tarmog`idagi barcha resurslarni ham kiritish mumkin bo`ladi. Jamiyatda paydo bo`layotgan axborot resurslari hajmining jadal ortib borishi axborot bo`ronini vujudga keltirmoqda. Bu resurslardagi ma’lumotlarning barchasi ham ishonchli, aniq faktlarga asoslangan, jamiyat rivoji uchun xizmat qiladigan axborotlar degan fikrdan yiroqmiz. Jamiyatda hosil bo`layotgan axborot bo`ronidan jamiyat a’zolarini, ayniqsa, jamiyatning kelajagi bo`lgan yoshlarni himoya qilishda, ularda axborot madaniyatini shakllantirish o`ta dolzarb muammo hisoblanadi. Axborot madaniyati nima va nima uchun axborot madaniyatiga ehtiyoj sezamiz?
“Axborot madaniyati” tushunchasi ikkita fundamental tushuncha: axborot va madaniyat tushunchalariga asoslanadi. Bundan kelib chiqib, bu tushunchani talqin qilishning “madaniyat” va “axborot” yondashuvlariga ajratib qarashlar mavjud. Madaniyat yondashuvi doirasida axborot madaniyatini axborotlashgan jamiyatda insonning yashash faoliyati usuli sifatida, insoniyat madaniyati shakllanishi jarayonining tashkil etuvchisi sifatida qaraladi. Axborot yondashuvi doirasida esa unga axborot talabini qondirishga qaratilgan barcha axborot faoliyati bilimlari majmuasi sifatida qaraladi. So`nggi vaqtlarda esa axborot madaniyati tushunchasini shaxsning axborot va madaniyat komponentlarining integratsiyalashuvi vaziyatida yaxlit qarash tendentsiyasi kuchaymoqda. Buning natijasida esa axborot madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir qirrasi sifatida qaralmoqda. Aynan ana shu qarash axborot madaniyatining asl mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Axborot madaniyati shaxsning o`quv, ilmiy-bilish, mustaqil ta’lim olish, dam olish va boshqa ko`rinishli faoliyati jarayonida paydo bo`ladigan axborotga bo`lgan ehtiyojini qondirishga yo`naltirilgan, shaxsiy axborot faoliyatini samarali tashkil qilishni ta’minlaydigan bilimlar, malaka va ko`nikmalarning tizimlashtirilgan majmuasidir. Umuman olganda, axborot madaniyati axborotdan samarali foydalanish bilim va ko`nikmalari bo`lib, kerakli axborotni axborot resurslaridan axborot texnologiyalarining barcha ko`rinishlari (kompyuter va Internet tarmog`i texnologiyalari) orqali qidirishning turli xil bilimlaridan iborat. Bu ta’rifdan kelib chiqib, axborot madaniyatiga nima uchun ehtiyoj sezamiz degan savolga javob qidiraylik. Jamiyatda axborotning qimmati ortib, u sanoat jamiyatidan axborotlashgan jamiyatga aylanib bormoqda. Hozirgi hayotning o`ta o`zgaruvchanligi axborotlashgan jamiyatda bir qator yangi atributlarni yuzaga keltiradi: Axborot va bilim jamiyatning asosiy o`zgartiruvchi kuchiga aylanadi; Ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy texnologiyalarning yangilanish sikli 6-8 yilni tashkil etib, avlodlar almashinishi suratidan o`zib ketadi; Uzluksiz ta’lim va yangi ixtisoslik olishga qobiliyat shaxsning ijtimoiy statusini saqlab qolishning ajralmas qismiga aylanadi; Har bir insonning taqdiri yangi axborotni o`z vaqtida topish, olish, bir qiymatli qabul qilish va samarali foydalanish qobiliyatiga bog`liq bo`ladi. Insoniyat sivilizatsiyasining axborotlashgan jamiyatga qadam qo`yishi - insonlarni yangi hayot sharoitiga va yuqori avtomatlashtirilgan axborot muhitida professional faoliyatga o`z vaqtida tayyorlash, bu muhitda mustaqil ravishda harakat qilishga, muhit imkoniyatlaridan samarali foydalanish va salbiy ta’sirlardan himoyalanishga o`rgatish kabi jiddiy muammolarni yuzaga keltira boshladi. Axborotlashgan jamiyat shakllanishidagi muammolar, avvalambor bu jamiyatda inson o`rni muammosi bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning diqqat markazidagi mavzu bo`lmoqda. Axborotlashgan jamiyatda insonlarni hayotga maxsus tayyorlash zarurati nufuzli xalqaro tashkilotlarning sammitlarida ko`rib chiqilib, maxsus dasshurlar qabul qilinmoqda. Bunga misol sifatida YuNESKO ning “Axborot hamma uchun” dasturi va IFLA ning “Axborot savodxonligi” bo`limi faoliyatini keltirish mumkin. Keltirilgan muammolar mazmuniy jihatdan axborot madaniyati ta’rifida o`z aksini topganligini ko`rish qiyin emas. Ta’lim tizimida axborot madaniyatining ahamiyati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi asosiy islohotlar o`z navbatida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo`yiladigan talablarga ham katta ta’sir ko`rsatadi. Oliy ta’lim muassasasi yangi sharoitlarda bitiruvchining kasbiy malakasi uchun ahamiyatga ega jihatlarini shakllantirishda nafaqat ma’lum bilim va ko`nikmalar to`laligiga, balki mustaqil ravishda o`z bilimlarini boyitib borish, turli xil muammolarni qo`yish va ularni hal qilish, muqobil yechimlarni taklif etish, ular orasidan eng samaralisini tanlab olish mezonini ishlab chiqish kabilariga ham yo`naltirishi lozim. Bu maqsadlarga erishish ma’lum darajada axborot madaniyati saviyasiga bog`liqdir. Shaxsning axborot tayyorgarligi tarkibiy tuzilishi quyidagicha: o`zining axborot ehtiyojini ifodalash, axborot so`rovlarini shakllantirish qobiliyati; axborot resurslari bilimi; kutubxonalar imkoniyatlarini bilish va ulardan foydalanish qobiliyati; axborot qidiruvini amalga oshirish qobiliyati; axborotlarni qayta ishlash bilim va ko`nikmalari; axborotlarga tanqidiy yondashish, ularni tushunish va baholash hamda ulardan ijodiy foydalanish ko`nikmalari; zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilish. Axborot madaniyatini madaniyatning alohida jihatlariga nisbatan o`ziga xosligini tushinib olish real voqelikni bilishga, axborotlashgan jamiyat haqidagi tasavvurlarning rivojlanishida axborotlashgan yondashuvning vujudga kelishi natijasidagina mumkin bo`ldi. Axborotlashgan jamiyatda axborot resurslari qiymati jihatidan energiya, moliyaviy va boshqa strategik resurslardan kam bo`lmagan holda, axborot hozirgi jamiyatda xodimning malakasini oshirish, optimal yechimlarni qabul qilish, yangi professional sohani egallash, raqobatdoshlar oldida strategik ustunlikka erishishi uchun samarali foydalaniladigan iqtisodiy kategoriya tovar sifatida baholanadi. Yangi axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’limda axborot madaniyati ahamiyatining ortishiga muhim omil bo`lishi yaqqol ko`zga tashlanadi. Foydalanuvchi pedagog va foydalanuvchi o`quvchilarning axborot madaniyatini rivojlantirish bo`yicha faoliyatlarning dolzarbligi O`qitishning yangi modelini yaratishga yo`naltirilgan zamonaviy ta’lim tizimidagi o`zgarishlar bilan bog`liq bo`lib, axborot resurslariga asoslanadi. Shuning uchun ta’lim samaradorligining zaruriy sharti ta’lim hamjamiyatining yuqori axborot madaniyati hisoblanadi. Ta’lim hamjamiyatini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: axborot resurslari yaratuvchilar va tashkil etuvchilari, axborot resurslari iste’molchilari. Axborot resurslari yaratuvchilar va tashkil etuvchilarga asosan kutubxona xodimlari va professor - O`qituvchilarni kiristak, axborot iste’molchilariga esa talabalar va o`z bilimini boyitib borishga intiluvchi pedagoglarni kirishish mumkin. Bu muhitda axborot resurslari yaratish va tashkil qilish to`g`ri yo`lga qo`yilmasa, yoki to`g`ri yo`lga qo`yilgan axborot resurslaridan samarali foydalanish yo`llarini bilmaslik axborot madaniyati komponentalarining bajarilmasligi bilan izohlanadi. Bugungi kunda jahonda real muhitda ham, virshual muhitda ham katta miqdordagi axborotlar oqimi paydo bo`lmoqda va shu bilan uni qidirish, to`plash, qayta ishlash, analiz va sintez qilishning murakkablik darajasi ham ortmoqda. Shuning uchun bugungi kunda bunday axborot oqimida har xil axborot resurslaridan foydalanib, moslashish ko`nikmalarini egallash hayotiy zaruratdir. Bugungi talaba ma’lum axborot madaniyatini egallashi shart va buningsiz uzluksiz ta’lim va mustaqil ta’limni tasavvur qilib bo`lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, Davlat ta’lim standartlarini takomillattirish borasida ishlar olib borilayotgan bir paytda “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo`nalishi standartini yaratishda bu yo`nalish bitiruvchisiga kutubxonachi-pedagog kvalifikatsiyasi beradigan qilib o`zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq bo`ladi. XXI asr yuqori kompyuter texnologiyalari asridir. Bugungi kunning zamonaviy o`quvchisi elektron madaniyat dunyosida yashayapti. Axborot madaniyatini shakllantirishda O`qituvchining vazifasi o`zgarmoqda - u axborot oqimi koordinatori bo`lishi kerak. Taraqqiyot bilan bir xil qadam tatlayotgan O`qituvchilarning ko`pchiligi bugun O`qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishga texnik va psixologik jihatdan tayyordir. O`qituvchi dars o`tar ekan u darsning ixtiyoriy bosqichini yangi texnik vositalarni joriy etish orqali jonlantirish mumkin. O`quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish O`qituvchiga darslarda o`quv-biluv faoliyatining turli shakllaridan foydalanishga, o`quvchilarning mustaqil faoliyatini faollashtirishga va aniq maqsadga yo`naltirishga imkon beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o`quv axborotidan foydalanishga imkoniyat beruvchi, axborotni qidirib topish, yig`ish va axborot manbasi bilan ishlash, shu jumladan internet tarmog`idagi manbalar, shuningdek axborotni saqlash va etkazib berish vositasi sifatida qarash mumkin. O`quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o`quv materiali sifatini oshirishga va ta’lim samaradorligini kuchaytirishga yordam beradi. Ixtiyoriy pedagogik texnologiya - bu axborot texnologiyasidir, chunki ta’lim berish texnologik jarayoni asosini axborotni olish va uni o`zgartirish tashkil etadi. Kompyuterdan foydalanishga asoslangan texnologik ta’lim uchun kompyuter texnologiyalari iborasi mos keladi. O`qitishning kompyuter (yangi axborot) texnologiyalari-bu ta’lim oluvchiga beriladigan axborotni tayyorlash va etkazib berish jarayoni bo`lib, uni amalga oshirish vositasi kompyuter hisoblanadi. Amaliyotda O`qitishning axborot texnologiyalari deb axborot (YeHM, audio, video, kino) vositalaridan foydalanuvchi barcha maxsus texnik texnologiyalarga aytiladi. Bilim olishni oshirish
Oxirgi 20 yillikda olingan ma’lumotlar asosida ro`y bergan o`zgarishni tushunish deyarli qiyin edi va natijada O`qitishda katta ta’sir ko`’rsatgan, internet paydo bo`lishidan oldin o`rta ta’lim va kollej tadqiqot ishlarini amalga oshirish bir necha haftani talab qilgan. Bu jarayon katologlar yoki davriy adabiyotlar uchun qo`llanma orqali izlashni o`z ichiga olgan va keyinchalik kerakli adabiyotlarni topishda asos bo`lgan. Aniq qilib aytganda tadqiqotlarning amalga oshirilishi qiyin bo`lgan adabiyotlarni xilma-xil bo`lishi talab qilingan. Bugungi kunda talabalarga kitob shaklidagi ressurslardan foydalanish tafsiya qilinmoqda, biroq gazeta va jurnallar, internet yoki shu kabi qidiruv xizmati orqali osongina topilmoqda. Zamonaviy ressurslardan foydalangan holda kurs ishi yozuvchi talabalar kechqurunlari o`ziga zarur bo`lgan adabiyotlarni izlashlari mumkin. Internet eng qiyin axborot uchun ham bir xil ressurslarni ta’minlaydi, axborot imkoniyatidagi bunday yuksalish instruksional falsafada o`zgarishiga olib keladi. Bir vaqtlar talabalar miyasiga majburan ko`plab axborotlarni singdirish bugungi zamon talabiga mos kelmaydi. Bugungi kunda O`qituvchilar cheklanmagan axborotlarni talabalar tomonidan qabul qilinishini yuqori darajada ta’minlay oladimi. Ammo bu botlang`ich bilimni keraksiz degani emas, misol uchun kundalik hayotda ko`paytirish jadvalini bilmasdan biror yumushni bajarish qiyin. Ammo muallifning hayoti yoki asarning mayda detallarini xotirada saqltga majburlat kelajakdagi baxt va samara uchun haqiqatdan ham zarurmi. Odatda talabalar maktabni amerika tarixini to`liq bilmagan holda shugatishadi: “Mustaqil dekloratsiyasi” (1776), “Fuqorolar uruti”(1800), “Birinchi jahon urushu”, “Ayollar huquqlari”(1900) va boshqalar. Ammo o`rta yotdagi o`smir “Amerike tarixi” darsida testdagi 1944 va “Do`nglik jangi” testini bajarishi shartmi. Bunda har bir o`quvchi matematika, tabiiy va ijtimoiy fanlar, ingliz tilidagi botlang`ich bilimlarni bilishi shart emas degan shart yo`q. Shunga qaramasdan qachondir talabalar oson o`zlattirilgan axborotlarni esda saqlashadi. Talabalar davlatlarning joylashuvi, yirik daryolar va tog` tizmalarini xarishada ko`rsata olishlari, bu axborotlarni osongina kompyuterda ko`rsatilishi vaqtning behuda sarflanishiga olib keladi. Bundan maqsad nima, ba’zi ispan sinflaridagi umumiy tajriba Markaziy hamda Janubiy Amerika davlatlarining poytaxtlarini esda saqlashdir - bu talabalarga qanday samara bera oladi. Bugungi kunda axborot hamma joyda bo`lib, uni qanday toppish kerakligini o`rganish, uning ishonchli yoki haqiqatdan yiroq ekanligini baholashni ko`proq o`rgatish lozim. Mulohazakor O`qituvchi doimo o`ziga quyidagi savollarni berishi lozim: 1. Talabalardan talab qilinayotgan axborotni qay darajada boshqa ressurslardan topish mumkin. 2.Kattalardagidek talabalardan esda saqlash vositalarni talab qilish qanday natija berishini o`rganish. 1 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan darsga tayyorlanishda O`qituvchi shuni esdan chiqarmasligi kerakki, bu dars, shuning uchun dars rejasini uning maqsadlaridan kelib chiqib tuzishi, o`quv materialini tanlab olishda esa asosiy didaktik prinsiplarga amal qilish shart: tizimlilik va ketma-ketlik, differensial yondashuv, ilmiylik va boshqalar. Bunda kompyuter O`qituvchini almattirmaydi, balki faqat to`ldiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo`llab o`tilgan darsga quyidagi xususiyatlar xosdir: Moslashuvchanlik prinsipi: kompyuterni bolaning individual xususiyatlariga moslattirish;
Boshqaruvchanlik: har qanday vaziyatda ta’lim jarayonini O`qituvchi tomonidan o`zgartirilishi, shuzatishi mumkinligi;
O`qitishning dialog va interfaollik xususiyati; axborot- kommunikatsiya texnologiyalari O`qituvchi va o`quvchi harakatiga munosabat bildirish, javob berish xususiyatiga ega, ular bilan dialogga kirishishi mumkin, bu esa kompyuterli ta’lim metodining eng asosiy xususiyatini tashkil etadi;
Yakka va guruhli ishlarning eng mutanosib (optimal) mosligi;
Kompyuter bilan muloqotda o`quvchilarning psixologik
ko`tarinki kayfiyatini ushlab turish. Ta’limi jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining qo`llanilishi o`quv jarayoni umumiy darajasini oshiradi, o`quvchilarning bilim olishga bo`lgan faolliklarini kuchaytiradi. Buning uchun O`qituvchi bir qator ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak. Bulardan asosiylari: texnik, ya’ni kompyuterda ishlash uchun standart dasturiy ta’minotdan foydalana olish ko`nikmasi; uslubiy, ya’ni o`quvchilarni savodli O`qitish uchun kerak bo`ladigan ko`nikmalar; texnologik, ya’ni turli darslarda O`qitishning axborot vositalaridan samarali foydalanish uchun kerak bo`ladigan ko`nikmalar. Dars jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foyda- lanish o`quvchilarga o`zlarini o`rab turgan olamning axborot oqimida to`g`ri yo`nalishga shushib olishlariga, axborot bilan ishlashning amaliy usullarini egallashga, zamonaviy texnik vositalar yordamida axborot almashishga imkoniyat beruvchi ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Darslarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo`llanilishi ta’lim olish uchun ijobiy motivatsiyani kuchaytiradi, ta’lim oluvchilarning bilim olish faoliyatini faollashtiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari didaktik materiali mazmuni va shakli bo`yicha turli- shumandir: elektron darsliklar, videorolik, musiqa, ma’lum mavzudagi taqdimotlar, rivojlantirish xususiyatiga ega turli testlar, topshiriqlar va boshqalar. Darslarda axborot texnologiyalarini qo`llash bilish faoliyatini faollashtiruvchi asosiy prinsiplar -ishonish va teskari aloqa, tadqiqotchilikni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ushbu prinsiplarning amalga oshirilishini axborot texnologiyalari qo`llanilgan barcha darslarda kuzatish mumkin. Global muammolarni mazmuniga kura quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. «Universal» xususiyatga ega bo`lgan muammolar. 2. Tabiiy- iktisodiy xususiyatga ega bo`lgan muammolar. 3. Ijtimoiy xususiyatga ega bo`lgan muammolar. 4. Aralat xususiyatga ega bo`lgan muammolar. Muammolarni oldindan ruyobga chikkan «yeski» va «yangi» muammolarga guruhlattirish mumkin. Muammolar dolzarblik darajasiga ko`ra o`rnini o`zgartirib turishi ham mumkin. Masalan, 20 asrning o`rtalarida uchinchi jahon urishining oldini olish eng muhim muammo hisoblangan bo`lsa, endilikda ekalogik va demagrafik muammolar birinchi o`ringa chiqib oldi. Ayni paytda global muammolarning quyidagi asosiy turlari darsliklarda yorishilmokda va matbuotda keng muhokama qilinmokda: ekalogik, demagrafik, oziq-ovqat, tinchlik va qurolsizlanish, rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqligini shugatish, energetik va xom atyo, dunyo okeanidan foydalanish, kosmosni tinchlik maqsadiga xizmat qildirish. Global kompetentlik- bu O`qituvchining ilmiy salohiyati kengligi, fikrlash doirasining global miqyosdaligi, qo`shimcha. chet tilini bilishi, kompyuter texnologiyalaridan keng foydalana olishi, internetda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishi, tezkorlik bilan ilmiy o`zgarishlarni qabul qilishi tushuniladi. Global fikrlash - bu global jarayonlarni tahlil qilish, soha yo`nalishlarida o`z ilmiy qarashiga ega bo`lish, jahon iqtisodiyoshidagi axborotlarga o`z ilmiy qarashlarini keng namoyon etish. Global muammolarni echish va keyingi rivojlanishi uchun hozirgi kunda jamiyat hayotida insoniyat globalizasiya bilan shug`ullanishiga to`g`ri kelmoqda. Globalizatsiya - bu umuminsoniyat prinsiplari asosida dunyo davlatlarining bir-biriga yaqinlatish tendensiyasining falsafiy- sotsiologik ta’rifidir. Globalizatsiya jarayoni insoniyatning evolyusion, iqtisodiy, sosial, madaniy, ilmiy patensiali asosida yaqinlatishi, millat va planetamiz halqlarining butun dunyo integrasiyasi bilan o`zaro bog`lanishi asosida yangi sivilizasiya tomon harakatini qo`llaydi. Shulardan eng muhimi informatika sohasida erishgan yutuqlardir. Uning texnikaviy vositasidagi personal kompyuterlarning yaratilishi va tashkillanishidagi internetdek informasiya tarmoqlarining yaratilishi, uning chegara bilmas globallashuviga olib keldi va hech so`zsiz ilmiy texnika progressining rivojiga katta turtki bo`lib hisoblanadi. Olib borilgan kuzatishlar, manbalar tahlili va tadqiqot ishlari natijalariga tayanib, quyidagi umumiy xulosalarga kelindi: Ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyati o`zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish va boyishish, kelgusi faoliyati uchun zarur bo`lgan ko`nikmalar va fazilatlarini hosil qilish hamda rivojlantirish shaklidir. Ta’lim oluvchilarning faol fikrlashini tashkil etishdan maqsad ularni yangi bilimlarini mustahkamlab borishga odatlantirish, fanlardan berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida tayyorlash, kerakli adabiyotlarni topish, bo`t vaqtni oqilona tashkil etishga, bugungi kundagi keng qamrovli demokratik islohotlarni to`g`ri baholashga o`rgatish, yangicha dunyoqarashni tarkib toptirish, o`z ustida muntazam, qunt bilan ishlash qobiliyatini o`stirishdir.
ta’lim oluvchilarning faol fikrlash jarayoni nafaqat ta’lim muassasalarida matgulotlarni o`zlashtirish darajasiga, balki kundalik turmushda. o`zaro munosabati, g`oyaviy-siyosiy eshukligi, hayotiy tajribalari, ko`nikma va malakalari, bo`t vaqtni qanday tashkil etishlariga ham boqliq.
Fikrlash faoliyati xususiyatlari turli ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni mustaqil o`qish jarayonida talabalarning siyosiy bilimi takomillatib boradi, xotirasi, irodasi chiniqadi, diqqat-ye’tibori jamlanadi, fikrlari, tafakkuri rivojlanadi, hayot haqidagi bilimlarning mohiyati to`g`risidagi tasavvuri boyiydi, oydinlashadi.
Fikrlash faoliyatini o`stirishda tegishli manbalarning ba’zi kerakli joylarini, qiyin terminlarni, asosiy g`oyalar va qoidalar, ta’riflarni yozib borish maqsadga muvofiqdir. Materialni yozib borganda uning mazmuni ko`proq esda saqlanib qoladi, material yaxshiroq o`zlattiriladi, uni to`liq tushunishga, mazmuniga chuqurroq yondashishga, mustaqil tahlil qilishga. o`rgatadi, ma’lum vaqt o`tgandan keyin kitob mazmunini yozuvga qarab esga shutirish, takrorlat, undagi asosiy holatlarni xotirlat imkonini beradi.
Ta’lim oluvchilarning faol fikr yurishishi o`qishilishining asosiy maqsadi, ularni dastlabki taxsil vaqtidan ilmiy izlanish- tadqiqot ishlariga jalb etish, uning natijalarini amaliyotga tadbiq etish va shu bilan birga mustaqil mutaxassislarni tarbiyalatdir.
Fikrlash jarayonida axborotlarni tahlil etishda annotasiyalar, qisqacha ko`chirma, konspekt yozuvlarni keng qo`llash kerak. Qayta ishlanayotgan axborotlarni tahlil qilish, bu o`ta muhim, ilmiy izlanishning bosqichlaridan biri hisoblanib, unda bo`lgan barcha axborotlar bo`yicha bir butun mantiqiy bir fikrga kelish talab etiladi. Qilingan bu fikrlar kelgusida bajariladigan ishlarining taqdirini, samaradorligini ifodalaydi. Shuning uchun bunda shoshma-shosharlikga, tavakkalchilikga, noaniqlikga yo`l qo`ymay, iloji boricha, ko`proq axborotlarni yig`ish va ko`rib chiqish talab etiladi.
Gipotezaning fikrlashdagi o`rni tafakkurdagi oldindan ko`rilgan, aytilgan farazni amaliyot bilan bog`lanish hisoblanadi. U ungacha bo`lgan bilimni umumiylattirib izlovchini faoliyatini aktivlattiradi, ilmiy izlanish jarayonini yangi darajaga ko`taradi, uning fantaziyasini, uylovini, inshuisiyasini kuchaytiradi.
Fikrlash jarayonida tabiat va jamiyat hodisalarini ilmiy oldindan ko`rish mustaqil O`zbekistonning bozor iqtisodiyoshiga o`tish davrida kelgusida sodir bo`ladigan hodisa va voqealarga tayyor bo`lishi, uning ijobiy oqibatini ko`paytirish, salbiy oqibatlarni oldini olish, kamida ularni kamaytirishi muhim hisoblanadi. Albatta, bunday jarayonlarni oldindan ko`ra bilish, chuqur bilish, manba va sharoit talab qiladi
1Navigating the new pedagogy: six principles that transform teaching/Jeff Halstead, United Kingdom, 2011 - 12-13 p.