Mavzu: Abdulla Avloniy sherlarida millat taqditini ifodalanishi. Mundarija Kirish 1.bob 1.1 Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari. 1.2Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug‘lanishi. 2.bob 2.1 Abdulla Avloniy har bir axloqiy kategoriyani tahlili. 2.2 Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari. Xulosa. Foyadlanilgan adabiyotlar.
Abdulla Avloniy – shoir, yozuvchi, dramaturg, publitsist. Shu bilan birga, pedagogik faoliyat ham uning hayotida muhim sahifani tashkil etadi. U faoliyatining ilk bosqichidan to umrining so‘nggi damlarigacha o‘qituvchilik qildi, pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan muttasil shug‘ullandi, darsliklar yaratdi. Aytish mumkinki, u musulmon sharqi mumtoz pedagogikasining katta bilimdoni, shu bilan birga, XX asr zamonaviy o‘zbek pedagogikasining asoschisi, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi fanining tamal toshini qo‘ygan mutafakkirdir. U faoliyati davomida ko‘plab zamonaviy pedagoglarni, metodist olimlarni tarbiyalab yetishtirdi.
Ma’lumki, o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish adabiy o‘qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ko‘rgazmali vosita vazifasini bajaruvchi ifodali o‘qish natijasida asar voqealari, g‘oyasi o‘quvchilar ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi. Abdulla Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e’tibor bergan bo‘lsa, asarni tushunib o‘qish, ifodali o‘qish, badiiy asarni his qilishga shunchalik ko‘p diqqat qiladi. U ifodali o‘qishning bir necha turini ishlab chiqdi. O‘quvchilarning xor bo‘lib o‘qishlarini o‘qituvchi A.Avloniy dirijyor kabi (chunki u dirijyorlik san’atidan xabardor edi – U.D.) boshqarib borgan. Hur fikrlar bilan ma’rifat maydoniga chiqqan mutafakkir o‘z darslarida ifodali o‘qishning ibtidoiy shakllari bilangina cheklanib qolmadi, shu bilan birga, uning yangi, zamonaviy shakllarini ishlab chiqdi.
1910-yillarda Riga shahridagi “Grammofon” jamiyati vakillari O‘rta Osiyo shaharlariga kelib, o‘zbek, qozoq, tojik, turkman xalqlari orasidagi mashhur hofizlarning kuy va qo‘shiqlarini, dostonlarini, xalq maqomlarini yozib oladilar. O‘z zamonasining yirik ma’rifatparvar shoiri, pedagogi Abdulla Avloniy o‘qitishda birinchilardan bo‘lib texnik vositalardan foydalandi. U “Maktabga targ‘ib” she’rini bastakor sifatida alohida diqqat bilan kuyga soladi va o‘quvchilarni xor bo‘lib o‘qishga o‘rgatadi. Bu o‘rinda u asarni timsollarga bo‘lib o‘qitishga ham alohida e’tibor berdi. So‘ngra 1911-yili bolalar xorini gramplastinkaga yozdirdi. Unda she’rning 4 misrasi ovozi baland ikki o‘quvchi tomonidan o‘qiladi:
Shu tarzda she’rning boshqa qismlari ham kuyga solib o‘qiladi. E’tiborli tomoni shundaki, ushbu “Maktabga targ‘ib” Avloniy o‘quvchilari xori yozilgan noyob plastinka O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zokirjon Sultonov fonotekasida saqlanadi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Abdulla Avloniy birinchi o‘zbek teatri tashkilotchilaridan edi. Teatr uchun bir necha drama yaratdi, ularni rejissyor sifatida sahnalashtirdi.
Uning bu faoliyati o‘z maktabida xor, ifodali o‘qish, musiqa va ashula darslarini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Abdulla Avloniyning badiiy asarlarni ifodali o‘qish sohasidagi bunday faoliyati tezda Toshkentning usuli qadim va usuli jadid maktablariga ham kirib bordi.
Mana shunday sharoitda yangi ochilayotgan maktablar uchun zamon talablariga javob bera oladigan o‘qituvchilarni tarbiyalab yetishtirish, maktablar uchun milliy ruh ufurib turgan darslik va majmualar yaratish uchun dasturulamal bo‘ladigan qo‘llanma kerak edi. Shuning uchun ham Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari Turkiston jadidlarining rahnamosi Munavvarqori Abdurashidxonov hamda ilg‘or pedagoglarning taklifi bilan yaratilgan edi.
To‘g‘ri, Abdulla Avloniy asarida axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan, birinchi o‘rinda o‘quvchilarni ko‘zda tutadi, ammo ularni bolalar tarbiyasiga singdirish vazifasini muallimlar zimmasiga yuklaydi. Demak, asar o‘quvchilardan ko‘ra ko‘proq muallimlar uchun yaratilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Abdulla Avloniyning muallimlarga qarata aytgan quyidagi so‘zlari “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining maqsadini to‘la ifodalaydi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘b zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatiga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so‘ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘lidur. Ta’lim ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”.
Bu so‘zlar o‘quvchilarga emas, kattalarga, ayniqsa, bo‘lg‘usi o‘qituvchilarga qaratilganligini anglash qiyin emas. Chunki ular kelgusida bularni bolalar — o‘quvchilar ongiga singdirishlari kerak. Shu tariqa, “Turkiy guliston...” asari buyuk mutafakkir Shayx Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” asariga nazira sifatida yaratilgan.
Barkamol insonni voyaga yetkazish, ularni yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarish tarbiya orqali amalga oshiriladi. Avloniyning pedagogika haqidagi ta’rifi ham hozirgi zamon ta’rifiga ancha mos keladi: “Tarbiya – “Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur”.
Shu tariqa “Turkiy guliston yoxud axloq” asari ko‘plab pedagoglar tavsiya va takliflariga binoan yaratildi. Asarga bo‘lgan ehtiyojning kattaligi tufayli o‘sha yillariyoq 2 marta — 1913 va 1917-yillarda bosmadan chiqdi. Bu asar, asosan, inson axloqi, ya’ni yaxshi va yomon xulqlar haqida fikr yuritadi. Asarning boshidayoq zamondoshlar e’tibori inson hayotida tarbiyaning buyuk ahamiyatiga jalb etilgan. Inson hech qachon yomon bo‘lib tug‘ilmaydi yoki yaxshi odamdangina yaxshi farzand yoki yomon odamdangina yomon odam tug‘ilmaydi, farzandning barkamol inson bo‘lib yetishuvida tarbiyaning ahamiyati buyukligi ta’kidlanadi.
Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u jamiyat, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan buyuk ijtimoiy ishdir. U shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog‘liq. Abdulla Avloniy so‘zlari bilan aytganda, “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallallohu alayhi vasallam afandimiz: “Insonlarning karami dinidadur, muruvvati aqlindadur, hasbi axloqindadur”, demishlar”.
Abdulla Avloniy inson tarbiyasini bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uch yo‘nalishga bo‘ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Xalqimiz “sog‘ tanda – sog‘ aql” deganidek, inson uchun avvalo badan (tan) salomat bo‘lmog‘i zarur, badan sog‘ bo‘lgandagina inson uchun zarur bo‘lgan boshqa amallarni singdirish mumkin. Buning uchun inson badanini ichkilik, ko‘knor, nasha kabi bevaqt zalolatga, tubanlikka eltuvchi, salomatlikka zarar, “ba’zisi harom, ba’zisi makruh” narsalardan asrashi kerak. Bu esa, A.Avloniy yozishicha, fikr tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Fikr tarbiyasi farzandni komil inson darajasiga ko‘tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas’uliyat o‘qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o‘quvchilarni fikrlashga, har qanday voqea-hodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o‘rgatadi. Bu o‘rinda Abdulla Avloniy ta’lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatining ifodasi bo‘lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o‘rinda o‘qituvchining fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasining har jihatdan yuksakligi o‘quvchilar tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o‘quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo‘lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo‘lishga o‘rgatadi.
Mutafakkir Abdulla Avloniy asarning “Yaxshi xulqlar” bobida diyonat, islomiyat, nazofat, qanoat, shijoat, sabr, intizom, vijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, iffat, hifzi lison, sadoqat kabi insoniy fazilatlar haqida atroflicha fikr yuritadi, o‘z qarashlarini dalillash uchun Qur’oni karim oyatlaridan, Hadisi sharif da’vatlaridan namunalar, ulug‘ mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Mavlono Rumiy, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Bedil fikrlaridan namunalar keltiradi.
Jadidchilik harakati namoyandalari ham Yevropa ma’rifatparvarlari kabi ilm-ma’rifatni, zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko‘tardilar, taraqqiyotga to‘g‘anoq bo‘layotgan, Qur’oni karim sura va oyatlarini, Hadisi sharif da’vatlarini o‘z manfaatlari yo‘lida buzib talqin qiluvchi mutaassib ulamolarga, qadimchilarga qarshi keskin kurash olib bordilar. Shuni ham unutmaslik kerakki, o‘zbek jadid ma’rifatparvarlarini Yevropa ma’rifatparvarlaridan ajratib turadigan asosiy jihat shundaki, ularning faoliyati zaminida millatni Rusiya mustamlakasi zulmidan ozod etish, istiqlol, mustaqillik g‘oyasi yetakchilik qilar, jadid mutafakkirlari olib borgan faoliyat oq va qizil mustamlakachilarga birdek ma’qul emas edi. Shuning uchun ham ular bir umr ta’qib, tazyiq ostida faoliyat ko‘rsatdi va oxir oqibatda qirib tashlandilar.
Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug‘lanishi bevosita insonni ulug‘lash bilan uzviy bog‘lanadi. Chunki Olloh insonni barcha mavjudotlardan, maxluqotlardan ulug‘ qilib yaratdi. Unga ikki dunyo saodati(saodati dorayn)ga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilm-ma’rifatni, taraqqiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana, Abdulla Avloniyning Aqlga bergan ta’rifi: “Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Janobi Haq insonni hayvondan so‘z va aql ila ayirmishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: “Ey insonlar! Aqlingizga tavoze’ qilingiz. Siz janobi Haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz”, — demishlar”.
A.Avloniy inson salomatligi to‘g‘risida fikr yuritar ekan, uning asosiy omillaridan biri – tozalik haqida alohida bob ajratadi. “Nazofat” deb nomlanuvchi bobda odamni xalq o‘rtasida, hatto Olloh qoshida sevimli qiladigan vosita pokizalik, nazofatdir. Inson nafaqat o‘z badanini, kiyim-kechagini, shu bilan birga, yashab turgan joyini, muhitini, shahrini, Vatanini pokiza saqlashi kerak. Atrof-muhitning nopokligi turli-tuman kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ifloslik, nopoklik balosidan poklik, nazofat davosi bilan qutulish kerakligini alohida ta’kidlaydi.
A.Avloniy shu tariqa sabr, hilm, miqyosi nafs, intizom, vijdon kabi insoniy fazilatlar haqida chuqur ma’noli fikrlar bayon qiladi. Ammo Vatan haqidagi qarashlari yanada muhimroq, yanada e’tiborliroq. Vatan — Ona kabi yagona, Ona kabi muqaddas. Bu mavzu necha-necha asrlar davomida adabiyot va san’at ahllari e’tiborini o‘ziga maftun etib kelgan. E’tibor bering, 1960-yillarda Erkin Vohidovning “O‘zbegim”, Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” qasidalari, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” she’ri o‘zbek xalqi orasida shunchalar aks sado berdiki, hatto sho‘ro mafkurachilarini talvasaga solib qo‘ydi. O‘zbekiston bo‘ylab birorta to‘y-u tomosha yo‘q ediki, bu she’rlar to‘lib-toshib yoddan o‘qilmasa yoki qo‘shiq qilib aytilmasa. Nega millat his-tuyg‘ularini shunchalar junbushga soldi bu she’rlar?! Ongimizga 130 yildan ortiq vaqt davomida o‘zga millat, o‘zga vatan, o‘zga til “buyuk”ligini singdirib keldilar, xalqimiz esa o‘z millati va o‘z ona-Vatani, o‘z ona tili haqida iliq bir so‘zga intiq edi. Vatan va millat tushunchasi jism-u jondir. Shuning uchun ham Abdulla Oripov yozadi:
Xo‘sh, nechun sevaman O‘zbekistonni,
Sababini aytgin desalar menga,
Shoirona go‘zal so‘zlardan oldin
Men ta’zim qilaman ona xalqimga.
Sho‘rolar hukumati o‘sha vaqtlarda o‘zbek farzandlari ongiga, shuuriga singdirmoqchi bo‘lgan Vatan, Millat, til haqidagi “sovet vatani”, “sovet xalqi”, “buyuk rus tili” kabi soxta tushunchalarni chilparchin qilib tashladi bu she’rlar.
Sho‘rolar davrida oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maktablar uchun tuzilgan bir qancha adabiyot darslik va majmualari muallifi, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi rahmatli otam Subutoy Dolimov bir kuni 25 yil davomida qayta-qayta ishlanib nashr etilgan o‘zi tuzgan 5-sinf “Vatan adabiyoti” darslik-majmuasini ko‘rsatib: “Shu ham “Vatan adabiyoti” majmuasi bo‘ldimi? 65–70 foizi rus adabiyotidan qilingan tarjimalar! Qani endi, o‘zbek yozuvchi va shoirlarining milliy ruh ufurib turgan eng go‘zal nazmiy va nasriy asarlaridan bolalarimiz uchun majmualar tuzsang!”, deb orzu qilgan edi.
XIX asrning 90-yillarida rus-tuzem maktablarida o‘qiydigan mahalliy millat bolalari uchun S.Gramenisiyning uch kitobdan iborat “Книгадлячтения” (“O‘qish kitobi”) asari darslik sifatida nashrdan chiqarildi. N.Ilminskiyning ruslashtirishga qaratilgan qarashlari zaminida yaratilgan ushbu darslikda Rusiyani, rus xalqini ulug‘lovchi, ko‘klarga ko‘tarib maqtovchi, Rusiyani buyuk vatan sifatida ta’rif-tavsif etuvchi o‘nlab nazmiy va nasriy matnlar berilgan edi. Bu tasodifiy hol emas, aksincha, uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan tadbir edi. Darslikning shovinistik maqsadini jadid pedagoglari tushunib yetgan va millat farzandlarini vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edilar. Bu hol ular yaratgan har bir darslikda, har bir ilmiy va badiiy asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston...” asarida “Vatanni suymak” degan bob bor. Unda yosh qalblarda o‘z ona Vatani Turkistonga nisbatan muhabbat tuyg‘ularini mavjga keltiruvchi shunday misralar bor:
Vatan, Vatan deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,
Banga na g‘am, qolur avlodima o‘y-u Vatanim.
G‘ubora do‘nsa g‘amim yo‘q vujud zeri vahm,
Choraki, o‘z Vatanim xokidur go‘ru kafanim.
Tug‘ub o‘san yerim ushbu Vatan vujudim xok,
O‘lursa aslina roje’ bo‘lurmi man g‘amnok.
Ushbu asar yozilgan davrni — Vatanimiz mustamlaka iskanjasida fojey ahvolga tushgan, kelgindilar oyog‘i ostida toptalgan davrni to‘la his qilib, “Vatanni suymak” bobi o‘qilsa, Vatan istiqloli, ozodligi uchun inson, hatto jonini ham fido qilishi kerak, degan g‘oya asar qatlariga singdirib yuborilganligini sezish qiyin emas. Vatan tuprog‘i muqaddas: unda ajdodlarimizning xoklari, kelajak nasllarimizning haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina sevish mumkin emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvsi avlodlarga to‘la-to‘kis, ozod, farovon holda topshirish hissi ham mavjud. Abdulla Avloniy ona-Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan munosabatda bo‘ladi. U kelgusida yaratilajak darslik va majmualarda millatparvarlik, vatanparvarlik ruhi barq urib turgan badiiy matnlarni ko‘proq berish kerakligini nazarda tutgan edi.
“Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bir kichik bob “Hifzi lison” (“Til muhofazasi”) deb nomlanadi. Hamma vaqt, hamma ijtimoiy-siyosiy formatsiyada millatning mavjudligini, e’tiborini belgilovchi ko‘zgu — uning tili va adabiyotidir. Ulug‘ san’atkor shoir Abdulhamid Cho‘lpon “Adabiyot o‘lsa, millat o‘lur” deb yozgan edi “Adabiyot nadur?” maqolasida. Har bir inson, birinchi navbatda, o‘z ona tilini mukammal bilishi, tilining ravnaqi, sofligi uchun kurashishi, jon kuydirishi kerak. Asar muallifi o‘rinsiz o‘zga til so‘zlarini qo‘shib, aralash-quralash ishlatishga keskin qarshi chiqadi va buni madaniyatsizlikning yaqqol ko‘rinishi deb biladi. Avloniyning ona tiliga bunday qarashlari hozirgi kunimizda — mustaqillik davrida ham har bir gapiga, albatta, 2-3 o‘rischa so‘zni qo‘shib gapiruvchi yoshlarimizga yoki o‘ris tilini durustroq bilmasa-da, radio va televideniye orqali ruscha intervyu beruvchi, o‘rischa gapirishni madaniyat belgisi deb biluvchi, hatto ba’zi bir nodon kattalarga ham to‘la taalluqlidir: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgon oyinayi
hayoti — til va adabiyotidur, — deb yozadi Avloniy. — Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur. Hayhot! Biz turkistonliklar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursin, kundan-kun unutmak va yo‘qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmi arabiy, forsiy o‘lgani kamlik qilib, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdamiz... Zig‘ir yog‘i solib, moshkichiri qilib aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur”.
Muallif tomonidan ushbu bobning yaratilishi kuchli hayotiy ehtiyoj, ma’naviy zarurat samarasidir. Jadidlar milliy ta’limning zamini sifatida ona tili o‘qitish masalasiga e’tiborni kuchaytirdilar, chunki milliy ruh, milliy ma’naviyatni “sut bilan kirgan...” deganlaridek, faqat ona tili orqaligina singdirish mumkin. Bu — jadid mutafakkirlari pedagogik qarashlarining tub mag‘zini tashkil qiladi. Mahalliy millat bolalari uchun maxsus ochilgan davlat tasarrufidagi rus-tuzem maktablarida ona tili, uning adabiyoti, dini va tarixini o‘qitish masalasiga maxsus e’tibor berilmadi. O‘z tili, dini, madaniyati, tarixidan xabarsiz kichik ma’murlar toifasini tarbiyalab yetishtirish ruslashtirish siyosatining birinchi va hal qiluvchi bosqichi edi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlar rahnamoligida ochilgan va xalq o‘rtasida katta e’tibor qozongan jadid maktablari mohiyat e’tiboriga ko‘ra rus-tuzem maktablariga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham A.Avloniyning ona tiliga nisbatan buyuk muhabbat bilan aytgan so‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sib kelayotgan yosh (shu bilan birga, hozirgi) avlodlarga qaratilgan edi:
Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, rahmonim.
Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,
O‘lgunimcha ayilma, ey jonim.
Menga ilm-u adab san o‘rgatding,
Chin adib, muallim shonim.
Millating ruhini ko‘targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish hamma vaqt ta’lim-tarbiya tizimining birlamchi va asosiy vazifasi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Abdulla Avloniy atoqli metodist olim sifatida mazkur asarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish masalasiga, voizlik (notiqlik) san’atini egallashga alohida e’tibor qaratadi. Muallif fikricha, har bir o‘quvchi ona tilida o‘z fikrini aniq, ta’sirchan, shu bilan birga, chiroyli bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi, so‘zning nozik tovlanishlarini his qilishi kerak. Buning uchun esa o‘quvchi ona tilining nozik, go‘zal ifodalarini, nafosatini puxta egallagan bo‘lishi shart. Bu so‘zlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma nutq o‘stirish masalasiga ham bevosita taalluqlidir: “Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og‘iz orasidagi tilni (og‘zaki nutqni — U.D.) ham saqlamak lozimdur. Chunki so‘z insonning daraja va kamolini ko‘rsatadurgon torozusidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar”.
“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining “Yomon xulqlar” qismi 18 bobdan iborat. Muallif insonning bunday xulqlarini “saodati abadiyadan mahrum qiladigan, janobi Haq qoshida va xalq nazarida mazmum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo‘lgan axloqi zamimalar...” deb ataydi. Asar muallifi kishilarning ham ijobiy, ham salbiy xulqlarini bayon qilib, kitobxonlar mulohazasiga havola qiladi, ularni mustaqil fikrlashga da’vat etadi. U “Bu sanalgan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanalgan yaxshi xulqlarning go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila tahqiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomonlarini onglab, hazar qilmak lozimdur”, deydi.
Avloniy asarning keyingi bobida g‘azabning ikki xil xususiyatini bayon qiladi. Biri — dushmandan o‘zini, millatini, Vatanini mudofaa qilishda insonning g‘azabi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda g‘azab dushmanga qarshi kurashda unga katta kuch-qudrat bag‘ishlaydi. Ikkinchisi — birovni jabr-zulm yo‘li bilan ishlatish, begunoh odamlarga achchiq va sovuq muomalasi bilan dahshat solishdan iborat bo‘lgan salbiy xususiyatdir. Hilm — yumshoq tabiatlilik bilan g‘azabning oldini olish mumkin. Avloniy bu haqda Imom Shofe’iy hazratlarining so‘zlarini keltiradi: “Qilich va nayza ila hosil bo‘lmagan ko‘b ishlar yumshoqlik va muloyimlik ila hosil bo‘lur. G‘azabning zarari egasiga qaytur”,— demishlar”.
Mutafakkir asarning “Yomon xulqlar” qismida yana bir nihoyatda muhim masalaga e’tiborni qaratadi. Bu “Jaholat” va “Aqsomi jaholat” (“Jaholat qismlari”) boblaridir. Jaholat nodonlikdan, ilmsizlikdan hosil bo‘ladi. Insoniyatning eng g‘addor dushmani jaholatdir. Asar muallifi jaholatni ikki qismga ajratadi: biri — “jahli basit” (oddiy jaholat), ikkinchisi — “jahli murakkab”. “Jahli basit” kasaliga mubtalo bo‘lganlar biror narsani bilmaydilar va bilmasliklarini e’tirof etadilar. Bularning davosi nisbatan oson, ularni o‘qitish, o‘rgatish, bilim berish bilan bu marazdan forig‘ qilish mumkin. “Jahli murakkab” kasaliga duchor bo‘lganlar bilmagan narsalarini bilaman deb da’vo qiladilar. Ularni tuzatish ancha murakkab ish. Jahli murakkab qanchadan-qancha ilm-fan, taraqqiyot fidoyilarini ta’qib-tazyiqqa, vatanjudolikka duchor etdi, Ulug‘bekdek buyuk alloma, adolatli podshoh uning qurboni bo‘ldi. “Jahli murakkab” namoyandalari millatni asriy qoloqlikda, jaholatda saqlashda mustamlakachilar uchun qurol vazifasini bajardilar. Hatto “jahli murakkab” haqida Munavvarqori Abdurashidxonov maxsus “Bizning jaholat — jahli murakkab” nomli maqola ham yozdi. Unda muallif jaholatparast ulamolarni, ilm-ma’rifatdan yiroq eski maktab va madrasalarni, ularning homiylarini qattiq tanqid qildi. Ularning johilligi tufayli Vatanimiz to‘rt yuz yil davomida jahon taraqqiyotidan butkul uzilib qoldi.
Abdulla Avloniy har bir axloqiy kategoriyani tahli va talqin qilar ekan, bevosita o‘z davri muammolari bilan bog‘laydi, shuning uchun ham asarda davr nafasi ufurib turadi. Mustamlaka Turkistonning fojiali ahvoli, erksizligi, chor hukumatining o‘lkada olib borayotgan dahshatli iqtisodiy siyosati asar qatlariga mohirona singdirib yuborilgan: “Ovrupoliklar o‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keltirib, o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz turkistonliklar dumba sotub, chandir chaynaymiz, qaymoq berib, sut oshaymiz, non o‘rniga kesak tishlaymiz. So‘zning qisqasi hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas say’, bitmas g‘ayrat lozimdur”.
Asarda muallifning o‘zbekcha so‘zlarni nihoyatda nafis his qilishi ko‘zga yaqqol tashlanadi. A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini zamondoshlari — muallimlarning taklif va istaklarini nazarda tutgan holda, garchi og‘ir bo‘lsa-da, Shayx Sa’diy uslubida yozmoqni muqaddas deb bildi. Sa’diyning “Guliston” asariga chuqurroq razm solsak, hayotdagi salbiy voqea-hodisalarni, yaramas xulqli kishilarni fosh etishda g‘azab-nafrat, kuchli hajv bilan ifodalashdan ko‘ra yengil kulgi, mutoyiba, kinoyadan ustalik bilan foydalanganligining guvohi bo‘lamiz. Buni asar muallifi ulug‘ mutafakkirning o‘zi ham alohida ta’kidlaydi: “...Lekin sohibi dillarning ravshan va musaffo ra’yi oroyishlarig‘a maxfiy va po‘shida qolmasinkim, shofiy mav’izalarning durlardan iborat rishtasig‘a chekmishdururman. Pand va nasihatning talx va achchiq dorusini zarofat va latofat shahdi bila og‘ushta qilmishdururman, tokim qabul davlatidin mahrum va noumid bo‘lub qolmag‘ay. Masnaviy:
Biz nasihat bajoy kelturduk,
Pandin oxirig‘a yetkurduk.
Gar kishi mayl etib quloq solmas,
Bizdin elga poyom bo‘lg‘oyu bas”.
Abdulla Avloniy ham Shayx Muslihiddin Sa’diy kabi har bir bob oxirida o‘z axloqiy qarashlarini xulosalovchi qissadan hissa sifatida 4-5 bayt she’r keltiradi, keskin fosh etuvchi achchiq tanqid, hajv Avloniy asarida ham deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Bu bilan u, birinchi navbatda, norasida bolalarni — o‘quvchilar ruhiyatini, ulardagi yumshoqtabiatlilikni, poklikni nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas. Aslini olganda, buyuk Sa’diyning “Guliston” asari ham tilining nihoyatda samimiyligi, beozorligi tufayli ko‘plab ijodkorlarni o‘ziga maftun etib keldi, necha-necha yuzyilliklar davomida maktab va madrasa o‘quvchi hamda talabalarining asosiy darsligi vazifasini ado etib keldi.
XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi. Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi ijgimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.
1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomli toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908), “Turon” (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan boʻldi. U sovet davrida turli masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-maʼrifat tarqatish, taʼlim-tarbiya masalalari bilan shugʻullanib keldi, bilimyurtlarida, oliy maktablarda oʻqituvchilik qildi. 1930–34 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi. U 1934 yilda vafot etdi.
Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.
Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarining, soʻng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining guvohi boʻldi. Oʻtgan davr ichida, oʻzi taʼkidlaganidek, “oʻnlab sheʼr va maktab kitoblari, toʻrt teatr kitobi”qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixidagi oʻrni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida taʼkidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga koʻtarilgan maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatishni oʻz oldiga asosiy vazifa qilib qoʻygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega boʻlishini taʼminlaydigan haqiqiy xalq maktabi boʻldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i (1911) Oktyabr oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan soʻnggi oʻquv kitobi” – “Ikkinchi muallim” (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik mazmundagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida oʻrin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni anʼanaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Saʼdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan – bu har bir kishining tugʻilib oʻsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining oʻz xalqiga boʻlgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.
Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan sheʼr, hikoyalar va maqolalar yozgan. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib oʻtdi. U adabiyotga gʻoyaviy kurashlar gʻoyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech ikkilanmasdan maʼrifat va taraqqiyot uchun kurashishini maslak etib qabul qildi. Shoir sheʼriyati bilan tanishar ekansiz, qiziq bir holga duch kelasiz. Unda birorta ishqiy sheʼr yoʻq. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt gʻamini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday muhabbatni rad etadi. Oʻz onadiyorini bamisoli “yor kabi sevadi”. Butun mehrini shunga bagʻishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida gʻoyat masʼuliyatli boʻlgan, uning hayot mamot masalasi hal qilinayotgan bir payt edi. Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi, yirik maʼrifatparvar, jadidlar taʼlimotining faol tarafdori sifatida tezda ilgʻab oldi.
Dastlabki poetik asarlari “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” (I, II, III, GUjuzlar), “Maktab gulistoni” (1916), “Mardikorlar ashulasi” (1917) kitoblarida va “Sabzavor” tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-maʼrifat targʻib qilingan, jaholat va nodonlik, eski tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida fikr yuritilgan. Shu jihatdan Avloniyning bu davrdagi sheʼrlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga ohangdoshdir. Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qoʻllagan. Milliy kuylarga moslab sheʼrlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.
Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu boʻldiki, u mardikorlik sheʼriyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan boʻldi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Onasining oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Afsus” kabi sheʼrlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qorli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi. Bu sheʼrlarning ohang va uslubi xalq qoʻshiqlariga gʻoyat yaqin boʻlib, ular xalqimizning milliy uygʻonishida muhim oʻrin tutdi.
Avloniy 1917 yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib oldi (“Qutuldik”, “Yotma” sheʼrlari). Oktyabrga bagʻishlab “Hurriyat marshi” (1919), “Ishchilar qulogʻiga” kabi sheʼrlar yozdi, yangi sotsialistik tuzumni ulugʻladi. Lekin koʻp oʻtmay, rus sovet tuzumi eski chor tuzumining oldingidan battarroq shakli ekanligini, sovet siyosati riyokorlik asosiga qurilganligini anglay boshladi. Jumladan, tantanavor vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida gʻamgin tushkun ohanglarning paydo boʻlishiga olib keldi (“Haftalik soatda” 1919). Shularga qaramasdan Avloniy turli mavzularda sheʼrlar yozdi. 1919–20 yilgi Afgʻoniston safariga doir “Afgʻon sayohati” kundaliklari esa mamlakatimizning yon qoʻshnimiz bilan oʻzaro doʻstlik, totuvlik aloqalarining oʻrnatilishi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda “Turkiston” teatr truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining qatiy nizomini ham eʼlon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, gʻoyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov (A. Qodiriy) kabi XX asr boshlari oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan, teatr ozarbayjon dramaturglari asarlari (“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Uliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”) ni oʻzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoʻygan. Avloniyning oʻzi Mallu (“Layli va Majnun”), Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan.
Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) komediyalari, 1914–17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, “Portugaliya inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy asarlari bilan oʻzbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasigatomir otishiga muhim hissa qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali Turkistondagi huquqsizlik, dunyodan xabarsizlikni fosh etdi. “Advokatlik osonmi?” degan asarida bir qator koʻknori va qimorbozlar obrazini yaratib, maʼnaviy turmushning tuban bir holga kelib qolganlini koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogʻi ostida kechgan 1910 yilgi Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh turklar” inqilobi (“Ikki sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va gʻoyalar koʻlamini kengaytirdi. “Biz va Siz”da esa XX asr boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashini aniq taqdirlar misolida yoritib berdi.
Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga kadar boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.
Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan oʻrganila boshlandi. Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblar holida chop etilgan.
АbdullаАvloniyo`zbekjаdidаdаbiyotiningyiriknаmoyandаlаridаnbiribo`lib, ХХаsrta’lim-tarbiyata’tаrаqqiyotigаo`zigахoshissаqo`shgаndir.Аvloniy 30 yildаnortiqvаqtmobаynidаijodqildi. Аvloniy o`zigа “ Hijron” tахаllusini tаnlаydi vа shu tахаllus bilаn she`rlаr bitаdi. Abdulla Avloniy shoir, yozuvchi, dramaturg, ammo pedagogika uning hayotidagi muhim sahifani tashkil etadi. U faoliyatning ilk bosqichidan to umrining so`nggi damlarigacha o`qituvchilik qildi, pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan mustaqil shug`ullandi, darsliklar yaratdi. XX-asr zamonaviy o`zbek pedagogikasining asoschisi, o`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi fanining tamal toshini qo`ygan mutafakkiridir.Abdulla Avloniyning didaktik qarashlarini o’rganishdan avval uning hayoti haqida ma’lumotlar keltirishni joiz bildik. Abdulla Avloniy 1878-yilning 12 iyulida Toshkentning Shayxontohur daha, Mergancha mahallasida tug`ildi. Otasi Miravlon to`quvchi-hunarmand edi. Yosh Abdulla O`qchi mahallasidagi eski maktabda savod chiqardi, 1890-yildan mahalla madrasasida, so`ng Shayxontahurdagi Abdumalikboy madrasasida Mulla Umar Oxun qo`lida tahsil ko`ra boshladi, ammo oilaviy sharoitning og`irlashuvi o`qishni davom ettirishiga imkon bermadi: 14 yoshidan boshlab mardikorchilik, 18 yoshidan ustalik, suvoqchilik, duradgorlik, pechkachilik ishlari bilan shug`ullandi. Keyinchalik tarjimai holida quyidagilarni yozadi: «Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim». 1900-yilda Abdullani Toshkentlik bir savdogarning Salomatxon ismli qiziga uylantiradilar, shu yili otasi vafot etib, oilani tebratish mashaqqatlari asosan uning zimmasiga tushadi, endi u faqat bo`sh vaqtlardagina mustaqil mutolaa bilan shug`ullanadi, Rusiyaning turli shaharlarida chiqib turgan gazeta va jurnallar bilan tanishib boradi, «Tarjimon» gazetasini o`qib, zamondan xabardor bo`ldi. 1904-yilda Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida eski maktablardan farq qiluvchi usuli jadid maktabi ochdi va o`zi mudirlik hamda o`qituvchilik qildi. Shu vaqtdan uning pedagogik faoliyati boshlandi, maktabning dovrug`i Toshkentning uzoq chekkalariga ham tez tarqaldi. Ushbu maktabning birinchi o`quvchilaridan, uzoq yillar Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti) pedagogika kafedrasiga mudirlik qilgan, marhum pedagog olim Yusuf Tohiriy mazkur maktab va uning o`qituvchisi A.Avloniy haqida quyidagi xotiralarini yozib qoldirgan edi: «Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo`l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug`i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o`qish-yozishni o`rgatarmish, jo`g`rofiya, hisob, tabiatni o`rganish degan darslar o`qitilarmish», - degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko`rishga hammamiz oshiqardik. Nihoyat bir kuni uchto`rttamiz borishga jazm qildik. Maktab pastakkina, nimqorong`u bo`lib, masjid yo`lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug`lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg`ir ham tushib turardi. Lekin xonada o`quvchilar va o`qimoq uchun kelganlar soni ko`p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho`qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi. O`qishga qabul qilindik. Ko`p o`tmay ko`z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to`la ishonch hosil qildik. Maktab o’quvchilari o`qish yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabardor bo`lishlari, juda ko`p she`r va hikoyalarni yod bilishlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to`ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi». A.Avloniy birinchilardan bo`lib ushbu maktabiga rus tilini o`quv predmeti sifatida kiritdi. Bunday usuli jadid maktablari xalq o`rtasida qanchalik shuhrat qozonmasin, mustamlakachi ma`murlarning katta qarshiliklariga duch keldi. Chunki ularning bu faoliyati chinakam fidoyilik edi. Hukumat mahalliy maktablarni va muallimlarini iqtisodiy ta`minlamagani yetmaganday, o`qituvchilari, o`qitadigan darslik va kitoblari, hatto o`quvchilarigacha qattiq nazorat ostiga olgan edi. Abdulla Avloniy nomidagi Xalq Ta`lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy institutidagi A. Avloniy memorial muzeyida Sirdaryo viloyat xalq o`quv yurtlari inspektorining A.Avloniy nomiga yozgan so`rovnomasi saqlanadi. Mazkur xujjat rus tilida bo`lib, tarjimasi shunday: “Toshkentning ruslar qismida yashovchi Mulla Abdulla Avlonovga” 1914-yil 26-fevraldagi arizangizga qo`shimcha yozma ravishda quyidagilarni talab qilaman: Siz ochgan maktabda darslar qaysi darslik va dastur asosida olib boriladi? Darsliklar mualliflarining familiyalari kimlar? Darsliklar qachon va qayerda nashrdan chiqqan? Sirdaryo viloyat xalq o`quv yurtlari inspektori: imzo. Bunday ta`qib va tazyiqlar natijasida Avloniyning Mirobodda ochgan maktabi 1908- yilda yopib qo`yildi. 1909-yilda u ikkinchi marta Degrez mahallasida maktab ochdi. Usuli jadid maktablari ochish, ularni xalq o`rtasida targ`ib-tashviq qilish bilan ish bitmas edi. Ularda yangicha o`qitish usullaridan kelib chiqqan holda tuzilgan yangi darsliklar, o`quv jihozlari suv bilan hovodek zarur edi: usuli savtiya metodi asosida yaratilgan alifbo darsliklari, o`qish kitoblari, majmualar, turli fanlar bo`yicha darsliklar yo`q darajada edi. Jadid pedagoglaridan Hoji Muin Shukrullayevning quyidagi so`zlari zamirida katta haqiqat yotar edi: «1901-yildan e`tiboran Qo`qon va Toshkentda, 1903-yildan Samarqandda yangi maktablar ochila boshladi. Bu maktablar Turkistonning katta shaharlarida son jihatidan (taqlidiy suratda) bir daraja ko`paygan bo`lsa ham 4-5 yildan keyin yana kamayib, faqat ba`zi tuzuklari davom etdi. Buning bir sababi kitobsizlik bo`lsa, boshqa sababi o`qituvchilarning usuli ta`limdan xabarsizliklari edi». Darsliklar yaratish, ularni nashrdan chiqarish ishlari katta bilim, malaka hamda mablag` talab qilar edi. Shuning uchun ham Toshkentda Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxon o`g`li, Samarqandda Mahmudxo`ja Behbudiy, Buxoroda Abdulvohid Munzim, Shamidxo`ja Mehriy, Sadriddin Ayniy, Qo`qonda Hamza Hakimzoda, Ashirali Zohiriylar o`lkada faoliyat ko`rsatgan dastlabki xayriya jamiyati va shirkatlarining asoschilari edilar. A.Avloniy 1909-yilda «Xayriya jamiyat» ochdi. Bu jamiyat Turkiston o`lkasida ochilgan birinchi rasmiy jamiyat edi. Bu haqda Orenburgda chiqadigan «Vaqt» hamda «Sadoyi Turkiston» gazetalarida xabar bosilgan. Jamiyatning 1909-yil 12 mayda rasmiy ro`yxatdan o`tkazganligi haqidagi Nizomda uning faoliyat doirasi aniq belgilangan. Unda yoshlarni o`qitish, iqtidorli yoshlarni taraqqiyot etgan chet el oliy o`quv yurtlariga yuborish, ularni stipendiya bilan ta`minlash, yangi ochilayotgan maktablar uchun darsliklar nashr etish, kambag`al bolalarni bepul o`qitish va o`quv qurollari bilan ta`minlash kabi 41 moddadan iborat masalalar mavjud edi. Ushbu jamiyat qoshida «Turkiston kutubxonasi» shirkati tashkil etiladi. Shirkat o`z oldiga maktablar uchun darsliklar nashr etish, Rusiyaning turli o`lkalarida nashr etilgan darsliklarni sotib olish va Turkiston maktablariga arzon narxlarda tarqatish maqsadini qo`ygan edi. Turkiston o`lkasida yaratilgan deyarli hamma darsliklar «Turkiston kutubxonasi» da bosmadan chiqqan. Bunday darsliklar oxirida muallifi, narxi va qayerdan sotib olish manzili berilar edi. Masalan, Muhammad Rasul Rasuliyning «Bolalar bog`chasi» darsligi oxirida shunday e`lonni o`qiymiz: «Ibtidoiy maktablarning birinchi sinf shogirdlari uchun turli kitoblardan olinub, ochiq til va yengil tarkiblar ila yozilish qiroat kitobidur. Nashiri «Turkiston kutubxonasi». Murojaat uchun adres: Eski Toshkand «Turkiston kutubxonasi». Xayriya jamiyati o`lkadagi barcha hur fikrli ziyoli yoshlarni, boylarni o`z atrofiga birlashtirdi. Abdulla Avloniy usuli jadid maktablarini darsliklar bilan ta`minlash ishiga alohida e`tibor berdi. 1905-1917-yillar orasida o`nga yaqin darslik va qo`llanmalar yaratdi. Ushbu alifbo darsligi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi alifbo qismida harflar tanitiladi, ularning so`z o`rniga qarab oladigan shakllari o`rgatiladi. O`qitishni soddaroq shaklga ega bo`lgan harflardan boshlaydi, ya`ni darslar soddadan murakkabga o`tib boradi. A.Avloniy darslik tuzishda ham, dars berish jarayonida ham didaktik prinsiplarga to`la amal qildi. Darslikning alifbo qismi olti oyga mo`ljallangan. Ushbu qismda o`qish bilan parallel yozishga ham o`rgatib boriladi. Darslikning ikkinchi qismi bolalarbop pand-nasihatlar, ta`limiy-tarbiyaviy xarakterdagi kichik-kichik hikoyalar, she`riy manzumalardan tashkil topgan. «Birinchi muallim» darsligidagi pandnomalarda o`zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Poshshoxo`ja (1480 XVI-asr birinchi yarmi)ning «Miftox ul-adl» («Adolat kaliti») hamda «Gulzor» hikoyalar to`plamlardagi mashhur hikoyalarni bolalarbop qilib qayta ishlaganligi ham seziladi. Ma`lumki, Poshshoxo`ja to`plamlarida axloqiy-ta`limiy masalalarga bag`ishlangan hikoyalar anchagina. Shu nuqtai nazardan to`g`rilik, rostgo`ylik g`oyasini ilgari suruvchi “Sulton Sanjar Moziy va to`g’ri daraxtli kampir” hikoyasi e`tiborga loyiq. A.Avloniy ushbu hikoyaga ijodiy yondashgan, bolalar ruhiyatiga, tarbiyasiga ancha yaqinlashtirgan. Avloniy hikoyasi shunday mazmunda: Bir kampirning hovlisida tut daraxti bor bo`lib, nihoyatda tik va to`g`ri o`sgan edi. Kampir tut pishgan vaqtda uni quritib sotar va tirikchiligini shundan o`tkazar edi. Podshoh bir ayvon qurdirmoqchi bo`ladi, ustun uchun to`g`ri yog`och topish ancha mushkul kechadi. Oxirida kampirning hovlisidagi tut daraxti podshoh ayvonga mos kelishi ma`lum bo`ladi. Podshoh tut daraxtini ming oltinga sotib oladi, kampir «boy xotin» nomini oladi. Nihoyatda to`g`ri o`sgan tut daraxti ayvonga go`zallik bag`ishlaydi. Poshshoxo`janing «Gulzor» to`plamiga kirgan «Sulton Sanjar Moziy va to`g`ri daraxtli kampir» hikoyatida ayvonni va ustunni tomosha qilgani kelgan kampir ustun bo`lgan daraxtiga shunday murojaat qiladi: «Ey yag`och, rostlig`ingdin o`zingni ham, meni ham tillapo`sh qilding». A.Avloniyda «To`g`rilik» nomi bilan berilgan ushbu hikoyada kampir ustun bo`lgan tutining to`g`ri o`sganligiga «qissadan hissa» sifatiga shunday murojaat qiladi: Ey tutim, to`g`rilig`ing qildi bizi davlatga yor, Egri bo`lsang, san o`tun bo`lg`ay eding, man xor-zor. To`g`rilar jannatning ayvonindadur, O`g`rilar ranju alam konindadur. A.Avloniy «Birinchi muallim» asarini Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» hamda Munavvarqori Abdurashidxon o`g`lining «Adibi avval» asarlaridan keyin tilga oladi: «Uchinchi «Birinchi muallim». Bu alifbo 1912-yilda Abdulla Avloniy tomonidan yozilib, Toshkentda «Maktab» kutubxonasining xarji bilan bosildi. Oktabr o`zgarishigacha 4-5 qatla bosilib chiqdi». Muallif alifboni yaratishda bolalarning yosh xususiyatlariga alohida e`tibor berdi, o`qishning eng oson usullarini qo`llashga harakat qildi. Bu haqda A.Avloniy yozadi: «Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Birinchi muallim»imizdan ham olub, tajriba qilub, o`qutub ko`rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning ta`m va mazasi bordur. Bu «bo`y» va ta`m esa tajriba sohiblarina kashf va ma`lum o`lur. Shoyad, millat bolalarina foidabaxsh o`lur umidunda bir necha muallimlarimizning iltijolari ila ko`b vaqt tajriba so`ngidan bu risolai ojizanomani «Birinchi muallim» ismi-la maydoni intishora qo`ydim. Maorifparvar muallim birodarlarimiz iltifotsiz qoldirmasalar kerak». Abdulla Avloniy 1912-yilda usuli jadid maktablarining ikkinchi sinfi uchun o`qish kitobi sifatida «Ikkinchi muallim» darslik majmuasini yaratdi. Muallif maqsaddan kelib chiqqan holda ta`lim-tarbiyaga oid mo`jaz, ravon, bolalarbop hikoyalar yaratgan kitobning titul varag`ida: Shavkati inson erur ilmu adob, E`tibor etmas anga molu nasab, bayti epigraf sifatida berilgan. Darslik «Muqaddima», «Aql», «Salavot» dan keyin badiiy matn sifatida 9-banddan iborat maktabni ulug`lovchi, ilm-ma`rifatga da`vat etuvchi «Maktab» she`ri bilan boshlanadi. «Ikkinchi muallim» darsligidagi ba`zi bir hikoyalar keyingi yuqori sinflarda nisbatan murakkabroq mavzularni o`z ichiga olgan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarini o`rganishga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Pedagogning «Ikkinchi muallim» darsligi bilan bog`liq bir muhim masalaga e`tiborni qaratish kerak. Abdulla Avloniy o`z oldiga savol qo`yadi: XX-asrga kelib nima sababdan millat, Vatan ayanchli ahvolga tushib qoladi? Asar muallifi buning asosiy sababini xalqning ilm-ma`rifatdan uzoqlashganida, Olloh in`om etgan aql bilan ish yuritmaganligida deb bildi. Inson, demak, millat aql bilangina barkamollikka erishishi mumkin. Shuning uchun ham u aqlni Olloh bergan eng buyuk ne`mat deb bildi: «Janob haq bizga bergan ne`matlar orasida aqldan aziz va qimmatli narsa yo`qdur». Mutafakkir «Birinchi muallim»dagi kabi «Ikkinchi muallim»da ham birinchi adabiy matn sifatida «Maktab» she`rini kiritgan. Bu bejiz emas. Millat istiqboli, Vatan istiqloli maktabdan boshlanadi, jaholatdan, nodonlikdan qutulishning birdan-bir yo`li maktabdir: Maktab sizi inson qilur, Maktab hayo ehson qilur, Maktab g`ami vayron qilur, G’ayrat qilub o`qing, o`g`lon! Maktabdadur ilmu kamol, Maktabdadur husnu jamol, Maktabdadur milliy xayol, G’ayrat qilub o`qing, o`g`lon! A.Avloniy «Ikkinchi muallim» darsligida ushbu ta`sirchan usuldan mohirona foydalangan, ya`ni undagi matnlarning 20 tasi masal janriga mansubdir. Muallif darslikdagi hikoya va masallarning barchasida ikki qarama-qarshi qutb yaxshilik va yomonlik, ahillik va xudbinlik, mehnatsevarlik va dangasalik kabi ijobiy va salbiy xususiyatlarni bir-biriga muqoyasa qiladi, xulosa «qissadan hissa»da esa ularni xolisona baholaydi. «Ikkinchi muallim»da bolalarning saviyasi, yoshlari o`sganligini hisobga olgan: ulardagi she`rlar va nasriy hikoyalar shaklan va mazmunan, ilgari surilgan masalalar ko`lami «Birinchi muallim»dagiga nisbatan ancha keng. Mana shunday didaktik masallardan biri «Arslon bilan ayiq» asaridir. Bir kuni Arslon bilan Ayiq do`stlashib ovga chiqadilar, yugurib-yelib oxiri bir kiyikni tutadilar. Endi yemoqchi bo`lib turganlarida oralarida janjal chiqadi. Arslon: «Men kattaman, menga ko`proq tegishi kerak», - deydi. Ayiq: «Men ko`proq harakat qildim, yelib-yugurdim, sen bir joyda qarab o`tirding, shuning uchun sergo`sht joyi menga tegishi kerak», - deydi. Janjal urushga aylanadi, ularning ahvoli shu darajaga yetadiki, hatto qimirlashga ham majollari qolmaydi. Bundan xabar topgan bir necha bo`rilar tayyor go`shtni pok-pokizasiga urib, suyaklarini qoldirib ketadilar. Bu janjalkash urushqoqlar bir-birlariga afsus bilan shunday der edilar: «Agar bunday urushmaganimizda og`zimizdagini oldirmagan va ulardan qolgan quruq suyakni chaynamagan bo`lar edik». Muallif janjankashlikni qattiq qoralaydi, hamjihatlikni esa ulug`laydi. Abdulla Avloniy «Ikkinchi muallim» darsligida ifodali hamda yoddan o`qish uchun maxsus she`rlar yaratdi. Shoir bunday she`rlarning tuzilishiga, musiqiyligiga, qofiyalarning, turoqlarning muntazamligiga alohida e`tibor berdi. Odatda, bunday she`rlarga muallif bilan bir qatorda o`quvchining ham his-tuyg`ulari singib ketadi. Demak, ifodali o`qishga qaratilgan she`rlar jarangdor, o`ynoqi, o`quvchining histuyg`ulariga she`riyatni-go`zallikni, badiiy so`zni his qilishga o`rgatish vazifasini qo`yadi. A.Avloniy o`quvchilarni estetik tarbiyalashda, ularning og’zaki nutqini o`stirishda maktabning pastki sinflaridayoq ifodali o`qish metodiga alohida e`tibor beradi. Shuning uchun ham muallifning ushbu «Birinchi muallim» va «Ikkinchi muallim» darsliklari usuli jadid maktablarida ancha keng qo`llangan va bir necha bor qayta nashr qilingan. A.Avloniyning majmua-darsliklari suhbat usuli bilan bolalarning og`zaki nutqini o`stirishda, badiiy so`zlashuvga o`rgatishda katta ahamiyat kasb etadi. Avloniyning «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» va «Maktab gulistoni» majmualarida ifodali o`qishning qator shakllari – deklamatsiya (individual o`qish), xor bo`lib o`qish, rollarga bo`lib o`qish kabi turlariga oid chiroyli matnlar berilgan. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, «Adabiyot» majmuasidagi ba`zi she`rlar («Noma kimniki», «Bizlarda nimalar ko`p») ifodali o`qishning elementar shakllarini o`quvchilarga o`rgatish uchun xizmat qiladi. Bu she`rlarda achchiq kinoya, nafrat ohanglari o`quvchilarning diqqat markazida turadi. Achchiq kinoyali ohang nosog`lom tuzumni fosh etishda asosiy qurol vazifasini o`tagan: Agar faqir o`lsang, demas holing nadur? Mehribonlig` oltinu dengoniki. Eski to`n bulsang, bo`lursan xoru zor, Izzatu xurmat to`rni yangoniki. Ilmdan boylik yuqorida turar, Suhbatu majlis silliq salloniki. Nega xomush o`lding, ey ahli xirad, Bo`ldi dunyo kori sharmandonini. Bunday she`rlar ifodali o`qishning ohangdor chiqishi uchun xizmat qiladi va o`quvchilarni hayajonga soladi. Ifodali o`qishning o`ziga xos shakllaridan biri xo’r bo`lib o`qish ham A.Avloniyning diqqat markazidan chetda qolmadi. Shu munosabat bilan u o`z she`rlarini xalq ashulalariga uyg`unlashtirdi va o`quvchilarni xo’r bo`lib o`qishga o`rgatish uchun alohida she`rlar yaratdi. Masalan, shoirning barmoq vaznida yozilgan «To`y haqinda» she`ri «Reza» kuyiga solib o`qiladi. Bu haqda shoir o`qituvchilarga quyidagicha metodik ko`rsatma beradi: «Milliy kuylarimizdan biri: Olma meni toshlar bilan yor-yor, yor-o`v, Uqub ketay qushlar bilan yor-yor, yor-ov. “Milliy she`rdan bir bayt kishi tarafidan o`qulib, so’ngida ko`b kishilar tarafidan jo`r qilub, ikkinchi bayt o`qilur” (Avloniy izohi). Bu uslubiy ko`rsatma o`quvchilarning ifodali (xor bo`lib) o`qishlari uchun zamin hozirlaydi: Bir o`quvchi: O`g`lingizni o`qitmoqqa bo`lasiz ayyor-o`v, To`y qilsangiz osh bermoqqa aqchangiz bisyor-o`v. Bir necha o`quvchi musiqa sadolari bilan xo`r bo`lib aytadi: Kambaqal kelib to`yga kirsa, nari bor, bor-o`, Boylar kelsa, to`rga olib oshu to`n tayyor-o`. Ma`lumki, o`quvchilarniifodali o`qishga o`rgatish adabiy o`qish darslarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. A.Avloniy savod chiqarishga qanchalik katta e`tibor bergan bo`lsa, asarni tushunib o`qishga, ifodali o`qishga, badiiy asarni his qilishga shunchalik ko`p diqqat qiladi. O`quvchilarning xor bo`lib o`qishlarini o`qituvchi Abdulla Avloniy dirijor kabi (chunki u dirijorlik san`atidan ham xabardor edi) boshqarib borgan. Abdulla Avloniyning «Oila munozarasi» she`rida ota bilan ona o`z farzandlarini o`qitish yuzasidan munozara qiladilar. Ota o`qil va qizlarini o`qitmoqchi bo`lsa, ona erining fikriga qarshi chiqadi. Ota bilan ona o`rtasidagi fikrlar dialog shaklida olib boriladi, bu dialog ikki o`quvchi tomonidan o`qiladi: Ota: O`g`il-qiz o`qusa bo`lur olim, Johil odamlar bo`ladur zolim. Baxtu iqbol ilma bog`liqdur, Ilm o`qutmak ahsan a`molim. Ona: O`g`il o`qusa, sigirni kim boqadur? Qiz o`qusa, olovni kim yoqadur? O`qug’onlar bo`ladi beixlos, Olamunchoq tumorni kim taqadi? Abdulla Avloniyning maktabda ifodali o`qishlari juda katta shuhrat qozondi. 1914-yil 27-fevral Toshkentda «Kolizey» teatri 2000 dan ortiq tomoshabin bilan liq to`lgan. Behbudiyning «Padarkush» dramasi sahnaga birinchi bor qo`yilishi. Spektal adabiy o`qishga ulanib ketdi: Avloniy o`quvchilari «Padarkush» dramasiga hamohang ilmma`rifatga da`vat ruhi barcha urib turgan «Oila munozarasi» she`rini ifodali o`qidilar, tomoshabinlar zo`r olqish bilan kutib oldilar. A.Avloniy didaktik qarashida ifodali o`qishning mazkur turlari, birinchidan, o`quvchilarda kitobga, so`z san`atiga havas uyqotsa, ikkinchidan, o`quvchilar faolligini keskin oshiradi, ya`ni dars davomida o`quvchilarning deyarli hammasi faqat tinglovchi emas, ishtirokchi sifatida qatnashadi, ularning butun harakati bir masalani yoritishga qaratiladi. A.Avloniy ifodali o`qishni o’z darslarida estetik tarbiya vositasi sifatida ham qargan. Didaktik qarashlari va hur fikrlar bilan ma`rifat maydoniga chiqqan Abdulla Avloniy o`z darsliklarida o`qishning elementar shakllari bilangina cheklanib qolmadi, ayni zamonda, o`sha davrda ilm-ma`rifat tarqatish, xalqni ilm-fanni egallashga chaqirish yo`lida jiddiy ish olib bordi. 1910-1911-yillarda Riga shahridagi «Grammofon» jamiyati vakillari o’rta Osiyo shaharlariga kelib, o`zbek, qozoq, tojik, qirqiz xalqlari orasidagi mashhur hofizlarning mumtoz maqomlari va qo`shiqlarini plastikaga yozib oladilar. Shu munosabat bilan atoqli san`atkor Mulla To`ychi Toshmuhamedov (1868-1943)ning ijro etgan shashmaqomi ham plastinkalarga yoziladi. O`z zamonasining yirik ma`rifatparvar shoiri, pedagogi bo`lgan A.Avloniy xalqni ilm-ma`rifatga targ`ib qilish maqsadida o`qitishda o`sha davr texnika vositalaridan ham foydalandi. Abdulla Avloniy o`zbek bolalarini maktabga jalb etish, xalq orasida ma`rifat tarqatish, ifodali o`qishning dastlabki namunalarini yaratish maqsadida birinchi bo`lib texnika vositalaridan foydalanadi. O`qituvchi Avloniy «Maktabga targ’ib» she`rini o`quvchilarga xor bo`lib o`qishga o`rgatganidan so`ng 1911-yilda bolalar xorini grammplastinkaga yozdirdi. Unda she`rning 4 misrasi ikki o`quvchi tomonidan, naqaroti esa bir necha o`quvchilar tomonidan xor bo`lib o`qiladi: Ikki bola o`qiydi: Oqil qoshida, millat boshida Nurlar sochub, yashnab turgan maktab emasmi? Ilmu hunarlar, gullar chamanlar Yoshlar uchun ochub turgan maktab emasmi? Ko`p bolalar musiqa sadolari ostida xor bo`lib o`qiydilar: O`qusun yoshlarimiz, bid`atni tashlarmiz, Ketsun g`aflat! Kelsun himmat! Yashasun millat! E`tiborli tomoni shundaki, ushbu “Maktabga targ`ib” xoriyozilgan noyob plastinka hozirda O`zbekiston xalq artisti Zokirjon Sultonov fonotekasida saqlanmoqda. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Abdulla Avloniy birinchi o`zbek teatri tashkilotchilaridan edi. U 1913-yilda «Turon» teatr truppasini tashkil qildi1, ko`plab dramatik asarlar yaratdi, ularni rejisyor sifatida sahnalashtirdi. Uning bu faoliyatni o`z maktabida xor, ifodali o`qish hamda musiqa va ashula darslarini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. U o`quvchilarning xor bo`lib o`qishlariga, timsollarga bo`lib o`qishlariga ham dirijyordek, ham rejisyordek rahbarlik qildi. Xulosa qilib aytganda, A.Avloniy XX-asr tongida maktablarda birinchi bo`lib texnik vositalardan foydalanib, ifoladi o`qishning yangi turlarini yaratdi. Turkiy guliston yohud axloq «Turkiy guliston yohud ahloq» asari muallifi A. Avloniyning o`zi: «Men bu asarimni birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida ta`lim bermak ila barobar ulug` adabiyot, axloq havaskorlarining anzori oliylarig’a taqdim qildim», deb ta`kidlaganidek, asar 1900 yillardan boshlab xalq o`rtasida ancha katta shuhrat qozona boshlagan «usuli jadid» makatablarining yuqori sinflari o`quvchilari uchun darslik sifatida yaratilgan edi. Ammo asar darslikdan ko`ra pedagogika faninnig ham nazariy, ham amaliy masalalarini yorituvchi ilmiy asar sifatida namoyon bo`ldi. XX asr boshlarida pedagogikaning nazariy va amaliy masalalariga bag`ishlangan asarlari yaratilgan: «Fitratning «Najot yo`li» («Rahbari najot»), hamzaning «Qiroat kitobi» asarlari shular jumlasidandir, ammo A. Avloniy asari ushbu sohada yozilgan birinchi asardir. Mutafakkirlar mazkur asarlarini «usuli jadid» maktablarining yuqori sinf o`quvchilariga darslik sifatida yaratgan ekanlar, bu maktablarni bitirib chiquvchi va o`zlari ham «usuli jadid» maktablarida o`qituvchi bo`lib ishlovchi yosh o`quvchilarni tayyorlash, pedagogika faninnig o`ziga xos nozik tomonlari bilan ularni oshno qilishni ko`zda tutganlar. Chunki XX asr boshlarida ham o`qituvchilar tayyorlaydigan birorta na oliy va na o`rta maxsus bilim yurti yo`q edi. Rus-tuzem maktablari uchun o`qituvchi kadrlar tayyorlaydigan Toshkent o`qituvchilar seminariyasining tub maqsadlari ma`lum edi. Munavvar qori Abdurashidxon o`g`li, Abdulla Avldoniy, Ishoqxon Ibrat, SiddiqqiyAjziy, Abduqodir Shakuriy maktablarini bitirib chiqqan va o`qituvchilikka muhabbat qo`ygan ko`pi yoshlar ketma-ket ochilayotgan «usuli jadid» maktablarida ustozlari rahbarligida o`qituvchi bo`lib ishlaganlar. Qayum Ramazon, Shoarasul Zunnun, akauka Sobirjon va Shokirjon Rahimiy, Ismatulla Rahmatullayevlar shular jumlasidandir. Barkamol insonlarni voyaga yetkazish, ularni yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarish tarbiya orqali amalga oshiriladi. A. Avloniynning pedagogika haqidagi ta`rifi hozirgi zamon ta`rifiga ancha mos keladi: «Tarbiya «Pedago`giya», ya`ni bola tarbiyasining fani demakdur». «Turkaiy guliston...» asari 2 marta 1913 va 1917 yillarda bosmadan chiqdi. Bu asar, asosan, inson axloqi, ya`ni yaxshi va yomon xulqlar haqida fikr yuritadi. Asarning boshidayoq inson hayotida tarbiyannig buyuk ahamiyatiga zamondoshlar e`tiborini qaratadi. Inson hech qachon yomon bo`lib tug`ilmaydi yoki yaxshi odamdangina yaxshi farzand yoki yomon odamdangina yomon odam tug`ilmaydi, farzandnnig barkamol inson bo`lib yetishuvida tarbiyaning ahamiyati buyukligini ta`kidlaydi: Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo`lgan buyuk ijtimoiy ishdir, u shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog`liq. Avloniy so`zlari bilan aytganda «... tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur». A. Avldoniy ta`lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatinnig ifodasi bo`lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o`rinda o`qituvchinnig fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasinnig har jihatdan yuksakligi o`quvchilari tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o`quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo`lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo`lishga o`rgatadi. Jadidchilik harakati namoyandalari qarbiy Yevropa ma`rifatparvarlari kabi ilm-ma`rifatni, zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko`tardilar, taraqqiyotga to`g`anoq bo`layotgan mutaassib ulamolarga, qadimchilarga qarash keskin kurash olib bordilar. Shuni unutmaslik kerakki, o`zbek ma`rifatparvarlarining Yevropa ma`rifatparvarlaridan ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, ularnnig faoliyati zaminida millatni mustamlakachilik zulmidan ozod etish, istiqlol g`oyasi yotar edi. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari oq va qizil imperiyaga birday ma`qul emas edilar. Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug`lanishi bevosita insonni ulug`lash bilan uzviy bog`lanadi. Chunki Olloh insonni barcha mavjudodlardan, mahluqotlardan ulug` qilib yaratdi. Unga ikki dunyo saodatiga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilmma`rifatni, taraqqiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana A. Avloniyning aqlga bergan ta`rifi: «Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur... Janobi haq insonni hayvondan so`z va aql ila ayirlishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollahu alayhi vassalam afandimiz: «Ey insonlar! Aqlingizga tavoze` qilingiz. Siz janobi haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz», demishlar». A. Avloniy aql, ilm, tajriba bilan kamol topadi deydi. Avloniy fikricha, ilm har ishda bizga rahnamo, ikki dunyo saodatiga etuvchi ulug’ ne`matdur. Ilmsiz kishi mevasiz daraxt kabidur. Asar muallifi ilmni ikki qismga: ilmi diniy va ilmi faniyga ajratadi. Ammo u bu ismlar o`rtasiga to`siq qo`ymaydi, aksincha, diniy kishi bo`lish uchun ham hisob, handasa, tarix, hikmat, tib, kimyo, ziroat kabi fanniy ilmlarni o`rganish zarurligini ta`kidlaydi. Muallif fikricha, har bir millatning taraqqiy va taoliysi yoshlarning ilm va ma`rifatiga, hunar va san`atiga bog`liqdir. Ammo bizdagi: «Ajabo Qur`onimiz, Payg`ambarimiz o`qingiz, deb amr qilg’on holda, bizlar na uchun harakat qilmaymiz, boshqa millatlarnnig o`g`ullari qizlari kecha demay, kunduz demay, yoz demay, qish demay ilm yo`lida jonlarini fido qilub, qovushub, yugurushib, ko`zlarimizni qamashdurib turgan bir zamonda bizlar hamon uyqudan g`aflatdan, jaholatdan boshimizni ko`tarmaymiz, ibrat olmaymiz. Payg’ambarimiz: «Olim bo`l, ilm talab qiluvchi bo`l, yoki ilmni eshituvchi bo`l, hech bo`lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo`l, beshinchisi bo`lma, halok bo`lursan», - demadilarmu?» Bundan ham kattaroq to`siq mustamlakachi ma`murlar bo`lib, o`lkada har qanday ijobiy yangilikni, ayniqsa, maorif sohasidagi o`zgarishlarga, «usuli jadid» maktablarining xalq ma`naviyatiga kirib borishiga tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko`rsatar, ularga qarshi kurashda mutaassib ulamolardan usta`monlik bilan foydalanar edilar. Zamonaviy kasb-hunar maktablari, oliy o`quv yurtlari ochish, millatni ilmma`rifat nuridan bahramand qilishni mustamlaka ma`murlari xayollariga ham keltirmas edilar. XIX asrnnig 90yillari oxirlarida rus-tuzem maktablarida o`qiydigan mahalliy millat bolalari uchun S. M. Gromeniskiynnig uch kitobdan iborat «Kniga dlya chteniya» («O`qish kitobi») asari darslik sifatida nashrdan chiqarildi. N. Ilminskiy qarashlari zaminida yaratilgan ushbu darslikda Rusiyani, rus xalqini ulug`lovchi, Rusiyani buyuk vatan sifatida ta`rif-tavsif etuvchi o`nlab nazmiy va nasriy matnlar berilgan edi. Bu darslikning shovinistik maqsadini jidad pedagoglari tushunib yetgan va millat farzandlarini vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e`tibor qaratgan edilar. Bu hol ular yaratgan har bir darslikda, har bir ilmiy, badiiy asarlarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston...» asarida «Vatanni suymak» degan bob bor. 49 Vatan tuproqi muqaddas: unda ajdodlarimizning xokilari bor unda kelajak nasllarimiznnig haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina sevish mumkin emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvchi avlodlarga to`lato`kis, ozod farovon holda topshirish hissi ham mavjud. Abdulla Avloniy ona-Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan munosabatda bo`ladi. Xalq maorifini tubdan isloh qilish, darsliklar, o`quv qo`llanmalari yaratish, Abdulla Avloniynig oktabr to`ntarishigacha bo`lgan faoliyatinnig asosini belgilaydi. U 1917 yil avgustda Qozonda Butunrossoya musulmon muallimlarining II Qurultoyida ishtirok etdi, shu yili Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxon o`g`li bilan «O`qituvchilar jamiyati»ni tuzdi. Maqsad iqtidorli yoshlarni taraqqiy etgan chet el oliy o`quv yurtlariga yuborish va kelgusida o`lkada ochilajak oliy o`quv yurti uchun milliy mutaxassislar tayyorlash edi. Avloniy sho`rolar hukumatiga katta umid bog`ladi, ammo bu hukumat dastlabki kunlardan boshlab munofiqona siyosat olib bordi, uning bunday shovinistik, mustamlakachilik siyosatiga bo`lgan munosabati «Afg`on sayohati» ocherklarida o`z ifodasini topdi. A. Avloniy 1920yillarda o`qituvchilik faoliyatini davom ettirdi. 1930 yildan SAGU (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti)da pedagogika fakultetining o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori va mudiri lavozimida ishladi. Аvloniyning mаktаb dаrsliklаri suhbаt usuli bilаn bolаlаrning nutqini uyushtirishdа, bаdiiy so`zlаshuvgа o`rgаtishdа kаttааhаmiyat kаsb etаdi. 7-sinflаr uchun yarаtgаn хrestomаtiyasidа M.Gorkiy, V.Mаyakovskiy, G`.G`ulom, H.Olimjon, Oybek, K.YAshin, Uyg`un аsаrlаrini birinchi bor mаktаb dаrsliklаrigа kiritаdi hаmdа ulаrning hаyoti vа ijodi hаqidа mа`lumot berаdi. Аvloniy butun ongli fаoliyatini хаlq mаorifigа bаg`ishlаdi.Ko`rib chiqqаnimizdek, АbdullаАvloniy o`zbek аdаbiyotining yorqin siymolаridаn biri sifаtidа o`z dаvridа qizg`in fаoliyat olib borgаn. A. Avloniy 1927 yilda «Mehnat qahramoni», 1930 yilda «O`zbekiston Xalq maorifi zarbdori» unvonlari bilan taqdirlandi.Abdulla Avloniy 1934 yilning 25 avgustida Toshkentda vafot etdi. Xulosa o’rnida yuqorida mutafakkirlarimiz tamonidan aytilgan barkamol shaxs tarbiyalashda avvalo tarbiya shaklanishida ota-ona, inson yashayotgan atrof-muhit, milliy, diniy qadriyatlar, ta’lim, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatparvarlik siyosati muhim ahamiyatga ega.Abdulla Avloniyning qarashlari hozirgi kunda ham komil insonni kamol toptirishda kishilarni chinakam tuyg‘ular, umuminsoniy ezgu g‘oyalar ruhida, vijdoniylik ruhida tarbiyalash borasida qimmatli manba sifatida e'tiborni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o`zbеk xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog`langan. Uning boy pеdagogik mеrosi milliy maktab, milliy pеdagogikani rivojlantirishda qimmatbaho manba bo`lib xizmat qiladi. Shu ma'noda Avloniyning siymosi, faoliyati biz uchun qadrlidir.Bu ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda asosiy mas`uliyat o`qituvchining didaktik faoliyatiga bog’liq bo’lib katta ma’sulyat o’qituvchi zimmasiga tushadi. Shunday ekan Avloniyning pеdagogik mеrosini pedagoklarimiz yanada o’rganib uni ta’lim-tarbiyada o’quvchilarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda qo’llash barkamol shaxs tarbiyalash jarayonida maqsadga erishishdagi ahamiyati katta bo’ladideb hisoblaymiz.
Xulosa Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog`liq. Avloniy so`zlari bilan aytganda «... tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur». A. Avldoniy ta`lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatinnig ifodasi bo`lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o`rinda o`qituvchinnig fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasinnig har jihatdan yuksakligi o`quvchilari tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o`quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo`lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo`lishga o`rgatadi. Jadidchilik harakati namoyandalari qarbiy Yevropa ma`rifatparvarlari kabi ilm-ma`rifatni, zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko`tardilar, taraqqiyotga to`g`anoq bo`layotgan mutaassib ulamolarga, qadimchilarga qarash keskin kurash olib bordilar. Shuni unutmaslik kerakki, o`zbek ma`rifatparvarlarining Yevropa ma`rifatparvarlaridan ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, ularnnig faoliyati zaminida millatni mustamlakachilik zulmidan ozod etish, istiqlol g`oyasi yotar edi. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari oq va qizil imperiyaga birday ma`qul emas edilar. Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug`lanishi bevosita insonni ulug`lash bilan uzviy bog`lanadi. Chunki Olloh insonni barcha mavjudodlardan, mahluqotlardan ulug` qilib yaratdi. Unga ikki dunyo saodatiga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilmma`rifatni, taraqqiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana A. Avloniyning aqlga bergan ta`rifi: «Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur... Janobi haq insonni hayvondan so`z va aql ila ayirlishdur.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. A.Avloniy. “Turkiy Guliston yoxud axloq”. Fan va texnologiya nashriyoti. T.: 2016. 67-b.
2. "Turkiy guliston yoxud axloq", Abdulla Avloniy
3. "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch",Islom Karimov
4. Абдулла Авлоний .“Туркий гулистон ёхуд ахлоқ ”,Тошкент ,”Ўзбекистон “,1992 ,12-бет