Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga k
Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi.
Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni bartaraf etish va prognozlash qiyinlashib boradi. Bir paytning o’zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf- xatarlar vujudga keladi.

Globallashuv mamlakatlar iqtisodiyotini tashqi omillar ta’siriga ochiq qilib qo’yadi.
Globallashuv mamlakatlar iqtisodiyotini tashqi omillar ta’siriga ochiq qilib qo’yadi.
Masalan, XX asr 70– yillarining o’rtalarida OPEK a’zolarining xatti-harakatlari natijasida neft mahsulotlariga jahon narxlari oshib ketdi. Jahon miqyosida energiya iste’molining muntazam o’sib borganligi va energiya resurslarining cheklanganligi sharoitida ko’p mamlakatlar oldida energetika xavfsizligini ta’minlash muammosi dolzarb bo’lib qoldi.
XX asr 70 – yillarining boshlarida Bretton – Vud xalqaro valyuta tizimining parokandalikka yuz tutganligi va 1976–yilda YAmayka kelishuvlari asosida “suzuvchi” valyuta kurslariga o’tilganligi, rivojlangan mamlakatlar tomonidan kapital harakatlari ustidan nazoratni sekin–asta susaytirilganligidan dalolat beradi.
Keyinchalik o’tgan asrning 80 – 90 – yillarida Lotin Amerikasi va Janubi-sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida sodir bo’lgan va jahon moliya bozorlarida halokatga olib kelgan inqirozlar natijasida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyati paydo bo’ldi.