Glossari. Tarbiya bu – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma`naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon
Vatanga muhabbat bu – nozik tuyg`u. Inson ega bo`lgan narsalar ichida eng bebahosi. Dini va vatanidir. Chunki Vatan uning kindik qoni to`kilgan, yoshlik, keksalik davrlarini surgan zamindir.
Psixofiziologiya bu – psixik va fiziologik jarayonlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganuvchi fan sohasi. Bu fanning asosiy vazifasi psixofizik masalalarini ilmiy xal qilishdan iborat.
Pedagogika bu – Yunonchadan olingan bo`lib, bola va yetaklayman degan ma`noni bildiradi.
Maktab bu – o`qituvchi rahbarligida yosh avlodga ma`lumot beradigan o`quv tarbiya muassasasi.