G L O S S A R I Y AXLOQ - kishilarning bir – biriga, oilaga, vatanga, jamiyatga bо‘lgan munosabatlarida namoyon bо‘ladigan xatti – harakatlar yig‘indisi. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini kо‘rsatadi.
Axloqiy bilim – ishonchga aylangan taqdirdagina xulqni tartibga solib turadi. Haqiqiy axloqning ma’naviy poydevori bо‘lib, uning asosiy mezoni axloqiy bilimdir.
Barkamol shaxs – bu adolatli, vijdonli, iymon-e’tiqodli, mehr-muruvvatli, irodali, or-nomusli, matonatli va chidamli, erkin fikrlovchi, о‘z xalqining daholari uchun kurashuvchi, hur fikrli va istiqlol g‘oyalari bilan sug‘orilgan, о‘z Vataniga fidoyilik bilan xizmat qiluvchi, tadbirkor va tashabbuskor ozod SHAXSDIR.
Bilim darajasi – bu rahbarning boshqaruv jarayonida eng zarur bо‘lgan shartlardan biri bо‘lib, bunda boshqaruv, nazorat qilish, qarorlar qabul qilish, buyruq va kо‘rsatmalar, nasihat hamda maslahatlar berishida ilmiy asoslangan ma’lumotlarga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich maktab (BM) – ta’lim oluvchilarga boshlang‘ich umumiy ma’lumot beradigan umumta’lim ta’lim-tarbiya muassasasi. Uning vazifasi ta’lim oluvchilarda yozish, о‘qish, hisoblash malaka va kо‘nikmalarni hosil qilish, tabiat va jamiyat haqida ilk bilimlar berish, xulq-odobga о‘rgatishdir.
Boshlang‘ich ta’lim (BT) – umumiy о‘rta ta’limning dastlabki bosqichi. О‘zR da boshlang‘ich ta’lim 1-4 sinflarda bolalarga ilk ta’lim berish, ularni ma’naviy kamol toptirishning boshlang‘ich davri hisoblanadi. U 1-4 sinflarni о‘z ichiga oladi va bunda о‘qish 6-7 yoshdan boshlanadi. BT umumiy о‘rta ta’lim olish uchun zarur bо‘lgan savodxonlik bilim va kо‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan BT sinflari uchun о‘quv rejasi va dasturlari mavjud.
Maktabgacha talim - bolaning soglom, har tomonlama kamol topib shakllanishini taminlovchi, unda oqishga intilish hissini uygotuvchi, uni muntazam talim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha talim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi talim bosqichi.
Maktabgacha talim pedagogikasi – maktabgacha talim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, manaviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini organadi.
Axloq (lotincha «moralis» - xulq-atvor manosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bolgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yigindisi. Axloqiy ong – shaxga axloqiy meyorlar va xulq-atvor qoidalari togrisidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bolgan tartib, odob, ozaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini oquvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat konikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yonaltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Mashq va orgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari- muayyan mashqyordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq meyorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Manaviyat (arabcha «manaviyat» - manolar majmui) – mohiyatiga kora ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy tasir otkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va goyalar majmui.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya- lotincha «estezio» gozallikni his qilaman) - oquvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush gozalliklarini anglash, idrok etish va togri tushunishga orgatish, ularning badiiy didini ostirish, ularda gozallikka muhabbat uygotish, ular tomonidan gozallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yonaltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.