Mas’ul ijrochi buxgalter - mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi buxgalter.
Omonat (depozit) - talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi.
Raqobatli ariza- depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi ko‘rsatilgan holda taqdim etiladigan ariza;
Raqobatsiz ariza - depozit auksionida ishtirok etish uchun tijorat banklari tomonidan foiz stavkasi ko‘rsatilmagan holda taqdim etiladigan ariza;
Chet el banki- chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan shu’ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadi.
Chet el banki vakolatxonasi - bank faoliyatini amalga oshirmagan holda bankning manfaatlarini ko‘zlab ish yurituvchi alohida bo‘linmadir.
Chegirish foiz stavkasi - depozit auksioni natijalariga ko‘ra tijorat banklarining qondiriladigan raqobatli arizalari bo‘yicha taklif etilgan maksimal stavka.
O‘zgarmas foiz stavkasi- pul-kredit siyosati maqsadlaridan kelib chiqqan holda tijorat banklarining depozit mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha Markaziy bank Kredit qo‘mitasi tomonidan o‘rnatiladigan stavka;
Front-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‘lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar guruhi.
Elektron savdo platformasi- banklararo pul bozorida elektron shaklda birja savdolarini o‘tkazish imkonini beruvchi hamda qabul qilingan buyurtmalarni ro‘yxatga olish, birja bitimlarini tuzish, joriy ma’lumotlarni savdo ishtirokchilari ish o‘rinlarida aks ettirish, savdo jarayonini bayonlashtirish va yakuniy birja hujjatlarini shakllantirishni ta’minlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan tizimi.
Yakuniy nazorat- amaliyot kun tugagandan so‘ng, keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda bankda amalga oshirilgan barcha bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini, shu jumladan birlamchi hujjatlar asosida o‘tkazilganligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladigan nazorat.
Yordamchi kitob- bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;