Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning tashkiliy asosi - o‘zini o‘zi boshqarishhuquqining instituti sifatida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tuzilishi,faoliyat tartibi, shakli va prinsiplarini, faoliyat doirasini belgilab beruvchi huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.
Fuqarolarning o‘zini o‘ziboshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘laridan, ushbu organlarga xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari belgilangan tartibda ajratgan byudjet mablag‘laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy hayr-ehsonlaridan, Shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag‘lardan tashkil topadi.
Fuqarolik – insonlarni muayyan davlat, davlatchilik bilan bog‘liq huquqiy holatlarini, munosabatlarini ifoda etuvchi tuShunchadir.
Fuqarolik jamiyati – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida tegishli fuqarolik institutlari orqali faol ishtirok etishi ta’minlangan ijtimoiy makondir.
Fuqarolik jamiyati institutlari – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qiladigan nodavlat, notijorat tashkilotlari, jamiyat birlashmalari, oila, mahalla, ijtimoiy harakatlar va boshqa tuzilmalar majmuidir.
Fuqarolik mas’uliyati – qonun ustivorligini tan olish va har bir shaxsning ijtimoiy hayotni takomillashtirish jarayonida ishtirok etish vazifasini teran his qilish.
Xalq -(arab. yaratilgan jonzot, odamlar) –keng ma’noda, muayyan mamlakatning barcha aholisi, tor ma’noda, tarixiy-etnoijtimoiy birliklarning turli shakllari, chunonchi, millat, elat, etnik birlik, urug‘ va boshqalarni ifoda etuvchi tuShunchadir. Xalq - birinchi marta xalqaro huquq sub’ekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida "Xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash" tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan.
Xartiya – (yun. qog‘oz, yorliq) o‘rta asrlarda ommaviy huquqiy siyosiy xarakterdagi xujjat bo‘lgan. Hozirgi xalqaro huquqda deklaratsiyaning sinonimi. U – majburiy kuchga ega bo‘lmagan, umumiy tamoyillar va maqsadlarni ifoda etuvchi xujjat.