Oraliq test sinovi – ta’lim jaraënida bilimlarni nazorat qilish shakli.
OOOK- Ommaviy ochiq onlay kurslar
Pedagogik axborot texnologiyalari – kompyuter, tarmoq texnologiyasi va didaktik vositalarni foydalanishga asoslangan texnologiyalar.
Provayder (provider) -kompyuterlarning tarmoqqa ulanish va axborot almashishini tashkil qiladigan tashkilot.
Sayt - grafika va multimediya elementlari joylashtirilgan gipermediya hujjatlari
ko‘rinishidagi mantiqan butun axborot.
Server (server)- ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi, foydalanuvchilarga xizmat
ko‘rsatuvchi, tarmoqdagi printer,tashqi xotira, ma’lumotlar ombori kabi resurslardan
foydalanishni boshqaruvchi kompyuter.
Server – axborot-a’lim resurslarini tarmoqda joylashtirish va uni tarqatish uchun
mo‘ljallangan kompyuter qurilmalari majmui.
Sun’iy intellekt (artifical intelligence) - inson intellektining ba’zi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar majmausi.
Teleanjuman – turli geografik joyllashtirilgan ikki va ko‘proq foydalanuvchilar
guruhlarini o‘qitish maqsadida tv-texnologiyalari orqali axborotlar almashinish shakli.
Tizim (system)-yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmuasi.
Tyutor - auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning alohida turlarini
o‘tkazib, o‘quvchilarning mustaqil ishlashlariga rahbarlik qiladigan, o‘quvchilar
tomonidan o‘quv rejasini bajarganliklari hamda o‘quv materialini o‘zlashtirganliklarini nazorat qiluvchi o‘qituvchi – maslahatchi.
Foydalanuvchi interfeysi– foydalanuvchini tizim ëki tarmoq bilan o‘zaro ta’sirini
aniqlaydigan shakl.
Foydalanuvchilarni qayd etish –axborot-ta’lim resurslariga kirish huquqini olish uchun foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni kiritish jaraëni.