Ishlab chiqarish – kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni, shuningdek, tayyorgarlik sifati va nisbatan qо‘yiladigantalablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Bilim – amalda tekshirilgan atrof-dunyoni о‘rganish natijalari, insonning miyasida uning aniq aks ettirilishidir.
Malaka - mavjud bilimlari asosida о‘zgargan yoki yangi sharoitlarda shaxsning faoliyatni samarali bajarishga qobiliyati hisoblanadi. Malaka – bu bilimlar yordamida mavjud axborotlarni tushunib olish, maqsadga erishish rejasini tuzish, faoliyat jarayonini boshqarish va nazorat qilish qobiliyatidir. Oddiy malakalar yetarlicha mashq qilinganda avtomatlashtirilishi mumkin va kо‘nikmalarga aylanadi.
Kо‘nikmalar - bu biror-bir harakatlarni avtomatik ravishda, qismlarini nazorat qilmay turib bajarish qobiliyatidir. Shuning uchun ba’zan kо‘nikma – bu avtomatlashtirilgan malaka deb aytadilar. Kо‘nikma va malakalar turli xil mantiqiy asoslar bо‘yicha turlarga ajratiladi.