Kasbiy bilimdonlik – pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bо‘lgan nazariy va amaliy tayyogarlik birligi.
Bilim - bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlarning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. Chunki bu zaruriy bog‘liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqadi va insonning ixtiyoridan tashqari mavjud bо‘ladi. Uni о‘zgartirib bо‘lmaydi. Bilim kishidan kishiga ma’lumot (axborot) orqali о‘tadi.
Kо‘nikma va malakalar. Kо‘nikma va malakalar deganda biror shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bо‘lgan harakatlari va reaksiyalari tushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.
Malaka- kishi egallagan bilimlari kо‘nikma bosqichidan о‘tib, doimiy harakat turiga aylanishi, mahorat hosil qilishi, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir.
Mahorat- о‘zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish.
Kasb - muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish-harakat usullarini о‘zlashtirish orqali erishiladi.
Kasbiy mahorat – bitiruvchining yuqori darajada kasbiy kо‘nikma va malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bо‘yicha raqobatbardoshlik darajasi aks ettirishida namoyon bо‘ladi. Kasbiy mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajadagi moslashuvchanligi, yangiliklarni tez о‘zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida о‘ta olishi va faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kasbi sifatlar bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |