Ta’lim о‘quvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligi tarbiyalaydigan tarzda olib borilishi kerak. Bu sifatlar mashg‘ulotlardan kо‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni tо‘g‘ri ifodalab olinishi, о‘quv materialining ongli о‘zlashtirilishi, nazariy va ishlab chiqarish ta’limning uzviy bog‘liqlikda borishi, о‘qitishda samarali usullardan foydalanish natijasida vujudga keladi.
Ta’limda kо‘rsat malilik
Bu tamoyil о‘qitishni о‘quvchilarda tasavvur va tushunchalarning, shuningdek, uquv hamda malakalarni buyum va hodisalarni jonli mushohada etish asosida vujudga kelishini ta’minlaydigan qilib olib borish zaruratini bildiradi. Kо‘rgazmalilik ekskursiyalar tashkil etish, mehnat usullarini kо‘rsatib berish, plakat, jadval, buyum namunalarini, jihozlarni kо‘rsatish, multimedia, elektron darslik va eksponatlarni namoyish qilish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishning mustahkam va puxtaligi
Bunda ongli va puxta о‘zlashtirishni ta’minlash maqsadida о‘tilgan materialni tizimli ravishda takrorlab borishni, yangi materialni mustahkamlash choralarini kо‘rish zarurligi nazarda tutiladi. Bunga esa tushunarli qilib bayon etish, mashqlar о‘tkazish, ilgari о‘tilganlarni о‘z о‘rnida takrorlash, о‘quv materialini bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish, о‘quvchil arning bilimlarini, uquv va malakalarini tizimli ravishda hisobga olib borish yо‘li bilan erishiladi.