Ijtimoiy psixologiya / Социальная психология / Social psychology — bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli ijtimoiy guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o’zaro ta’sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining sohasidir.
Ijtimoiy-ruhiy usullar / Социально-психологическое методы / Social –psychological methods - asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratish, ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo’li bilan kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi.
Ilmiy mavzu / Научная тема / Research topic - ilmiy muammoni rejalashtirish va moliyalash- tirishning mustaqil birligi bo'luvchi qismi.
Ilmiy muammo/ Научная проблема / Reaserch problem - ilmiy yo'nalish yoki bu muam- moni hal qilishning ehtimol bo'lgan yo’llarini o'zida aks ettiruvchi qismi.
Ilmiy yo'nalish / Научная дисциплина / Reaserch discipline- fanning qandaydir sohasini rivojlanishiga oid muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan yirik mustaqil ilmiy ish.
Infratuzilma/ Инфраструктура / Infrastructure — (lot. infra — ostida, struktura — tuzilishi, o‘zaro joylashuvi;.ingl. infrastructure) — takror ishlab chiqarish (yo‘llar, aloqa transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalari va boshqalar) sharoitlarini ta’minlaydigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmuidir.
Innovatsion maqsadlar / Инновационные целы / Innovation aims – bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha qo’yiladigan uchinchi guruhdagi maqsadlardir.
Innovatsion dastur/ Инновационная программа / Innovation program - innovatsion loyiha va tadbirlar majmuini amalga oshirish uchun resurslar, ijrochilar va joriy etis h muddatlari bo'yicha kelishilgan va yangi mahsulot yoki texnologiyani o'zlashtirish va keng tarqalishini ta'minlash bilan bog'liq vazifalarning samarali yechimini topishga qaratilgan tadbirlar.