Glossariy (Mavzu: Qishloq xo’jaligida menejment fanidan terminlar izohli lug’ati) Adolatlilik nazariyasi / Теория справедливости / Theory of justice


Dehqonchilik tizimi / Система земледелие / Agricultural system -



Yüklə 53,48 Kb.
səhifə5/22
tarix13.06.2023
ölçüsü53,48 Kb.
#129282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
0. Qishloq xojaligida menejment fanidan GLOSSARIY

Dehqonchilik tizimi / Система земледелие / Agricultural system - tuproq unumdorligini oshirishga, o‘simlikchilik mahsulotlarining yer maydoni, birligidan mehnat sarfini va mahsulot birligiga mablag‘ va mehnat sarflarini kamaytirib, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoyalashga yo‘naltirilgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Delfa usuli / Метод Дельфа / Delfa method - aksariyat hollarda qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi a’zolarni to’plash imkoniyati bo’lmagan hollarda, ya’ni boshqaruvning markaziy apparatidan uzoqda yashaydigan, filial va bo’limlarda ishlayotgan xodimlarni yig’ish maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda qo’llaniladi.
Demografik omillar / Демографические факторы / Demografic factors – aholining ko’payishi rejimi, uning soni, tarkibi va tabiiy ko’chib yurish ta’sirida joylashuvning o’zgarishi, aholi migrasiyasi va safarbarligi; aholi va mehnat resurslarining jinsiy va yosh tarkibi; oilalarning shakllanishi, o’sish va ajratish sharoiti, ularning turi va tarkibi, migrasiya tusi, migrasiya oqimlari tarkibi, aholining milliy tarkibi, ayrim millatlar va eyelementlarni zich yoki tarqoq yashash darajasi.
Demotivlashtirish / Демотивация / Demotivation – bu motivlashtirishga teskari harakat qilish, imkon boricha bilar-bilmas holda xodimlarning tashabbusini bo’g’ish, ular bilan hisoblashmaslik, ularni doimo qo’rquv va ikkilanish holatida o’zini tutishga majbur etish kabi nomaqbul xatti-harakatlar majmuasidir.
Devalvatsiya / Девольвация / Devolvation - milliy va xalqaro pul birligi kursining boshqa mamlakatlar valyutalariga nisbatan pasayishi. Devalvatsiya pul qadrsizlanishi natijasida uning qiymatini tushib borishini o'zida aks ettiradi.
Diversifikatsiya / Диверсификация / Diversification - (lotin. diversus-har xil va facere- qilmoq, bajarmoq)- ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentini ko'paytirish.

Yüklə 53,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin