18. Hislarning manbalari–shaxsda muayyan hissiyotni keltirib chiqaruvchi obektiv va subektiv sabablar, narsa va hodisalar, ehtiyoj va intilishlar majmui.
19.Instinktiv–instinktga xos, instinct ravishda yuz beradigan; g‘ayrishuuriy.
20.Kinestetik sezgilar–gavdaning fazodagi holatini, ayrim organlarning harakatlarini aks ettiruvchi sezgi turi.
21. “Kooperatsiya” uslubi – sport faoliyatida sportchilarning o‘zaro munosabatlarida ziddiyat, to‘qnashish holatlarining paydo bo‘lish mexanizmlarini o‘rganuvchi uslub.
22.Maksimal –eng katta, eng ko‘p, to‘liq, mukammal; yuqori.
23. Malaka –ongli faoliyatning ko‘p takrorlanishi yoki ko‘p mashqlar natijasida hosil bo‘lgan tez, rejali, to‘g‘ri, kam jismoniy va asabiy kuch sarflagan holda bajariladigan harakatlar.
24. Manyovr harakatlar – sportda: sportchining raqibiga zarba berish uchun qulay vaziyat topib ustamonlik bilan qilgan harakati.
25. Motiv-(lot. moveo-harakatlantiraman) – motiv; odamni muayyan
xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
26. Optimizm-(lot.optimus – eng yaxshi) – optimizm; xushchaqchaqlik,
tetiklik, kelajakka ishonch bilan to‘lib toshgan ijobiy xarakter hissiyotlari yoki emotsional holat.
27. Obekt-(lot. objektum – buyum, narsa) – obekt; tashqi moddiy bir qismi, inson, subektning bilish hamda faoliyat predmeti.
28. Parametr (grek.)- matematik formulaga kiradigan va o‘zining ma’lum
qiymati shu tenglama bilan ifodalangan munosabatlardan muayyan biriga olib keladigan miqdor; sportda: sportchining asosiy xususiyatlarini miqdoriy xarakterlaydigan tushuncha.
29. Periferik asab tizimi- (yunon.periperia – atrof, chet) – markaziy asab tizimini ta’surotni qabul qilib oladigan retseptorlar hamda javob ta’sirini qaytaruvchi organlar (mushak, bezlar) bilan bog‘laydigan sezuvchi asab tizimi.
30. Psixika-(yunon.psychikos – ruhiy jonga oid) – psixika; miyaning obektiv olami alohida yo‘sinda (sezgi, idrok, tasavvur, fikr, hissiyot, irodaviy harakatlar tarzida) aks ettirish qobilyatiga ega bo‘lgan alohida xususiyati.