Glossariy vaziyatli masala – ma’lum sharoitlarda topshirilgan maqsad. Grafik organayzerlari


Muzokara - Aniq oxirigacha tinglab, ikki tomonlama fikr almashinish. Nazariya (ilmiy)



Yüklə 17,08 Kb.
səhifə2/3
tarix24.04.2023
ölçüsü17,08 Kb.
#101877
1   2   3
GLOSSARIY

Muzokara - Aniq oxirigacha tinglab, ikki tomonlama fikr almashinish.
Nazariya (ilmiy) - voqelikning u yoki bu sohasidagi qonuniyatlar haqida yaxlit tasavvur beruvchi ilmiy bilimni tashkil etish shakli.
Pedagogik texnologiya – pedagogik xodisa va ta’limni texnologiyalashtirish soxasidagi jaraenda qo‘llaniladigan tushuncha.
Pedagogika tizim –shaxsning bor sifatlarini shakllantirish uchun tashkiliy, maqsadga yo‘naltirilgan va pedagogik ta’sir qo‘rsatishni ko‘zlagan, o‘zaro bog‘liq vosita, usul, jarayonlarning yig‘indisidan ifoda qiluvchi aniq yaxlitlikdir.
Referat - Bir yoki bir nechta manbalardagi ma’no mavkuralarni qisqa yozilishi.
Tarbiya – aniq maqsad asosida shaxsda ijobiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan faoliyat.
Tarbiya vositalari – tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqa turli vazifalarni bajarish uchun belgilangan moddiy, ma’naviy, madaniy ob’ekt va predmetlar yig‘indisidir.
Tarbiya metodlari – tarbiyalanuvchini hayotini, faoliyatini, muomala va munosabatini tashkil etish, hulqi va faoliyatini tartibga solish uchun pedagogik maqsadga muvofiq ijtimoiy shartlangan usullardir.
Tarbiya prinsiplari – tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va vositalariga qo‘yiladigan talablar.
Tarbiya usullari – tarbiya metodining bir qismi bo‘lib, alohida ta’sir, muayyan o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi.
Tarbiya shakllari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchining birgalikda, belgilangan tartibda amalga oshiradigan faoliyatining tashqi ko‘rinishidir.
Ta’lim – insonning ma’lum bir tizim asosida olgan bilim, ko‘nikma, malakasi va egallangan ma’naviy fazilatlari yig‘indisidir.
Ta’lim va tarbiyaning uzviy aloqadorligi – ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmasligi to‘g‘risidagi qarashlar va g‘oyalar tizimidir. Unga ko‘ra ta’lim-tarbiya jamiyat rivojlanishi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omildir hamda ta’lim va tarbiyaning uzluksizligi prinsipiga asoslanadi. Milliy-madaniy meros ta’lim-tarbiyaning muhim negizidir. Ayni paytda ta’lim-tarbiya insoniyat erishgan ilm-fan, texnika va texnologiyalar sohasidagi yutuqlarni ham xisobga oladi va uni ijtimoiy hayot sohalariga tadbiq etish bilan xarakterlanadi.
Ta’limiy o‘yin – ishbilarmon va rolli (holatli) o‘yinlar muommali topshiriqning bir turi.Faqat bunday holatda matnli material o‘rniga, ta’lim oluvchilar tomonidan o‘ynaladigan saxnalashtirilgan hayotiy holatlar ishlatiladi.
Texnologiya” – yunoncha so‘zdan kelib chiqan bo‘lib “techne- maxorat, san’at, malaka va “logosso‘z, ta’limot ma’nolarni anglatadi.
Ta’limiy texnologiya”- ta’lim olish shakllarini maqbullashtirishni o‘z vazifalari deb qo‘yuvchi, ya’ni butun ta’lim berish jarayonini xamda texnikaviy va insoniy manbalarni xisobga olgan xolda bilimlarni o‘zlashtirish va ularning o‘zaro xarakatini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli usuli.

Yüklə 17,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin