Ta’limni texnologiyalashtirish – bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir.
Ta’lim texnologiyasi- bu mavjud sharoit va o‘rnatilgan vaqtda belgilangan ta’limiy maqsad va ko‘zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta’minlovchi, muloqot, axborot va boshqaruvning eng qulay yo‘l va o‘qitish vositalarning tartibli yigindisi.
Fan- bilish faoliyatining yangi, ob’ektiv bilimlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan alohida turi, voqelik haqidagi bilimlarning uyushgan tizimi.
Fanni o‘qitish uslubiyati – ta’lim tizimida ushbu o‘quv fanining axamiyati va o‘rnini belgilaydi, uning vazifalarini va o‘qitish mazmunini aniqlaydi, ushbu fan bo‘yicha qo‘llanilayotgan usul, shakl va o‘qitish vositalari bayonnini o‘z ichiga oladi.
Fan-texnika taraqqiyoti- fan va texnikaning yagona, o‘zaro bog‘langan, ilgarilab rivojlanishi.
SHaxs rivojlanishi - insonning butun umri davomida aqliy va jismoniy o‘zgarishi jarayonidir.
OSCE – Ob’ektiv strukturalashgan klinik imtixon.
ESSE - Avtorning individual pozitsiyasi yordamida erkin bayon qilish.