Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

4-savolning bayoni: 
Sintoizm dini Qadimgi Yaponiyada vujudga kelgan (sinto – «xudolar yo‗li» degan 
ma‘noni anglatadi). Sintoizm ta‘limotiga ko‗ra, mikado (imperator) – osmon ruhlarining 
davomchisidir. Har bir yapon kishisi ikkinchi darajali ruhlar(kama)ning vorisidir. 
Yaponlar kamani ajdodlar va qahramonlarning ruhlari deb e‘tiqod qiladilar. Xudojo‗y 
yapon o‗lgandan keyin o‗zining ham o‗sha kamalardan biri bo‗lishiga ishonadi. 
Sintoizmda «Oliy ilohiyat» tushunchasi mavjud emas. U ajdodlar ruhiga va tabiatga 
sig‗inishga o‗rgatadi. Sintoizmda umumiy hayotiy rioya qilinishi lozim bo‗lgan 
qoidalardan boshqa diniy urf-odatlar yo‗q. Unda bir umumiy ma‘naviy qoida – «Umumiy 
qonunlarga rioya qilgan holda tabiat qoidalariga mos harakat qil» g‗oyasi mavjud. 


Yaponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalarini tabiatan bilganlar, shu 
tufayli, jamiyatdagi qoida va talablarga rioya qilish tabiiy. Agar shunday bo‗lmaganda, 
ular o‗rgatilmagan yovvoyi hayvonlardan ham pastroq darajada bo‗lar edilar. 
Sintoizm haqidagi ma‘lumotlar «Kodziki» («Qadimiy yozuvlar») va «Nixongi» 
(«Yaponiya annallari») manbalarida uchraydi. Kodziki har bir yaponning eng yaqin 
kitobidir, boshqacha aytganda, bu kitob Yaponiyani, yapon xalqini tushunishning kaliti 
hisoblanadi. Unda ikkita asosiy mazmun mujassam: qon-qabilaviy birlik va siyosiy 
hokimiyat g‗oyasi. 
Yapon yozuvlarida ta‘kidlanishicha, olamda avval tartibsizlik (xaos) hukmronlik 
qilgan. Undan so‗ng er osmondan ajralib chiqqan hamda ayol va erkak jinsi paydo 
bo‗lgan. Ayol jinsi timsolida ayol xudo Izdanami, erkak jinsi timsolida uning eri Izdanagi 
yuzaga keldi. Ulardan ayol jinsidagi quyosh ilohiyati Amaterasu, erkak jinsidagi oy 
ilohiyati Tsukiyomi, shamol va suv ilohiyati Susanoo tug‗ildi. Amaterasu g‗alaba qilib 
osmonda qoldi, Susanoo esa erdagi Idzumo mamlakatiga quvildi. Susanooning o‗g‗li 
Okuninusi Idzumo hokimi bo‗ldi. Amaterasu bu holatga chidab tura olmay, Okuninusi 
hokimiyatini o‗z nabirasi Ninigiga topshirishga majbur qildi. Ninigi osmondan tushib
Idzumo davlati rahbarligini qabul qildi. Unga hokimiyatning ramzi sifatida uch muqaddas 
narsa – ko‗zgu (ilohiylik timsoli), qilich (qudrat timsoli) va yashma (sadoqat va fidoiylik 
timsoli) topshirildi. Ninigidan Dzimmutenno kelib chiqdi. Tinno unvoni «oliy hukmdor» 
ma‘nosini anglatadi. Bu so‗z boshqa tillarda imperator ma‘nosini bildiradi. Dzimmutenno 
mikado – yapon imperatorlari sulolasining birinchi vakili, Yaponiyaning birinchi 
afsonaviy imperatori hisoblanadi. Ko‗zgu, qilich, yashma o‗sha qadim zamonlardan beri 
yapon imperatorlari xonadonining belgisi bo‗lib qolgan. 
Hozirgi kundagi yaponlar tashqi ko‗rinishdan bu ta‘limotga bir oz e‘tiborsiz 
ko‗rinsalar-da, chin dildan unga ongli ravishda ehtirom bilan yondashadilar. Hozirgacha 
sintoizm ibodatxonalarida imperator oilasiga atab turli marosimlar o‗tkazilib turadi. 
Sintoizm yaponlarga mavjudot olami, tabiat bilan o‗zaro munosabatlarga o‗ziga xos 
qarashni singdirgan. Bu qarashlar besh tamoyilda namoyon bo‗ladi. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin