Shu yo‗l bilan axloq normalarini boshqarishning ikki muhim omili mavjud. Birinchidan,
kama juda intim yo‗l bilan faqat yapon millati bilan bog‗liq ekanligini tasdiqlash;
ikkinchidan, sintoizm nuqtai nazaradan agar chet ellik kishi sintoga e‘tiqod qilib, kamaga
ibodat qilsa, yapon bo‗lmagan kishining bunday qilishi axloqsizlik sanaladi.
Shuning
bilan birga sintoizm yaponlarni boshqa dinlarga e‘tiqod qilishlariga qarshilik qilmaydi:
deyarli barcha yaponlar,
sintoizm bilan bir qatorda, yana boshqa bir dinga e‘tiqod
qiladilar. Agar yaponlarni diniy e‘tiqodiga ko‗ra, guruhlarga ajratib,
umumiy soni
hisoblanadigan bo‗lsa, ular soni mamlakat umumiy aholi sonidan ko‗p chiqadi.
Sintoizmning o‗ziga xos jihati shundaki, har bir ibodatxonaning o‗z xudosi bo‗lib,
uning boshqa ibodatxonalarga hech qanday aloqasi yo‗q.
Dostları ilə paylaş: