Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi


Varna  Каста  (Sanskr. «sifat, rang») qadimiy hind  jamiyatidagi diniy-sinfiy kasta  Nirvana



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

 
Varna 
Каста 
(Sanskr. «sifat, rang») qadimiy hind 
jamiyatidagi diniy-sinfiy kasta 
Nirvana
 
Nirvana 
Нирвана 
(Sanskr. «so‗lish») buddizm va jaynizm 
diniy falsafalariga ko‗ra, ruhning sansara 
kishanlaridan to‗la ozod bo‗lishi va oliy 
maqomga erishish 


Karma
 
Karma 
Карма 
(Sanskr. «harakat, burch, faoliyat») 
hindlarning diniy ta‘limotlarida alohida 
mistik kuch, insonni qayta dunyoga 
kelishiga hal etuvchi ta‘sir ko‗rsatadigan 
amallar to‗plami. 
Dao 
Dao 
Дао 
Daosizm dinidagi oliy ilohiyat 
Sinto
 
Sinto
 
Синто 
Yaponlar milliy dininig nomi 
Amaterasu
 
Amaterasu
 
Аматэрасу 
Sintoizmda Quyosh ilohasining nomi 
Zardo‗sht 
Zoroastr 
Зороастр 
mil. av. VI-V asrlarda yashagan 
ilohiyotchi, faylasuf, shoir, payg‗ambar. 
Zardushtiylik dinining asoschisi. 
Avesto
 
Avesta 
Авеста 
(qad. eron-pahlaviy. «o‗rnatilgan, qat‘iy 
qilib belgilangan qonun-qoidalar») 
zardushtiylikning muqaddas kitobi. 
Axriman 
Axriman 
Ахриман 
zardushtiylikdagi yovuzlik ilohiyati 
Axura Mazda 
Axura Mazda 
Ахурма 
Мазда 
zardushtiylikdagi eng oliy yaxshilik 
ilohiyati. 
Vishtaspa 
Vishtaspa 
Виштаспа 
zardushtiylikni qabul qilib, uni 
tarqalishida Zardushtga yaqindan yordam 
bergan Baqtriya podshosi. 
Mitra 
Mitra 
Митра 
zardushtiylikdagi quyosh xudosi. 
1-savolning bayoni: 
Yahudiylik dini yahudiy (Isroil) xalqining yakka xudolikka asoslangan dinidir. Bu 
dinning nomi yahudiylarning yahudo qabilasi nomidan olingan. Mil.avv. XIII asrda 
Yuqori Mesopotamiyada yashagan yahudiylar Falastinni bosib olganlar. Mana shu tarixiy 
davrdan dastlabki yakka xudolik dinlaridan biri –
 
yahudiylik dinining shakllanish 
jarayoni boshlanadi. Yahudiylik dinining taraqqiyoti, uning bugungi ko‗rinishda shu 
kungacha yetib kelish tarixi – yahudiy xalqining o‗z boshidan kechirgan og‗ir tarixiy 
sinovlari bilan bevosita bog‗liqdir. Shu jihatdan olganda, yakka xudolikka asoslangan 
yahudiylik dinining taraqqiyot jarayoni bir necha davrlarga bo‗linadi. 
Xususan, bu dinning shakllanish davri – Falastin davri deb ataladi. Falastin bosib 
olinganidan so‗ng yahudiylar o‗troqlik hayot tarziga o‗ta boshlaganlar. Miloddan avvalgi 
X asrga kelganda esa yahudiy xalqi tarixida yirik tarixiy voqea yuz berdi. Ya‘ni tarixda 
ular birinchi bor o‗z davlatlariga ega bo‗ldilar. 
Birinchi bor mamlakatni birlashtirib, Isroil-Yahudiya davlatini barpo qilgan shaxs – 
Dovuddir. Barcha yahudiylar endilikda yagona xudo – yahudo qabilasining xudosi 
Yahvega sig‗inadigan bo‗lganlar. Shu tariqa, mil.avv. X asrdan boshlab yahudiylik dini 
umumdavlat diniga aylangan. Yahudiy davlati podshosi Solomon (Sulaymon) mil.avv. X 
asrda hashamatli Yahve ibodatxonasini qurdirgan. 
Yahudiylik dinining Falastin davri hamda uning davlat diniga aylanishi – 
yahudiylik dini tarixidagi birinchi va ikkinchi davrlar hisoblanadi. 
Bu din tarixidagi uchinchi davr – asirlikdan keyingi yoki ikkinchi ibodatxona davri 
deb ataladi. Bu davr yahudiylar tarixida quyidagi uchta yirik voqea bilan belgilanadi: 

Miloddan avvalgi 621-yilda yahudiy podshosi Iosiy o‗tkazgan diniy islohot. Bu 
islohot din ishlarini nihoyatda markazlashtirgan. 
-
Mil.avv. 586-yilda Bobil podsholigi Ierusalim (Quddus) shahrini bosib olgan 
hamda Ierusalim ibodatxonasi buzib tashlangan. Yahudiylarning ma‘lum qismi Bobilga 
asir sifatida olib ketilgan. Bobil asirligi 50 yil davom etgan. 


- Mil.avv. 538-yilda Bobildagi asirlar Eron davlati tomonidan «ozod» etilgan va 
ular Falastinga qaytarilgan. Yahudiylar Ierusalim ibodatxonasini qayta tiklaganlar. 
Mana shu davrda yahudiylik dini to‗la shakllangan – qat‘iy yakka xudolik qaror 
topgan. Diniy ishlar qattiq markazlashtirilgan va muqaddas kitoblar qonunlashtirilgan. 
Yahudiylar Bobildan Falastinga qaytib kelgach, o‗zlarining mustaqil davlatiga ega 
bo‗la olmaganlar. Endilikda Falastin Eronga tobe bo‗lib qolgan. Ayni shu davrdan 
boshlab yahudiylar boshqa xalqlardan ajratila boshlangan. Miloddan avvalgi 446-yilda 
Ierusalim devori qurila boshlangan. Yahudiylarning boshqa xalqlar bilan nikohga kirishi 
man etilgan. Bunday qat‘iy talablarning zamirida yahudiylarni xalq sifatida saqlab qolish 
maqsadi yotar edi. Miloddan avvalgi 63-yilda Rim imperiyasi Falastinni bosib oladi. Bu 
voqea, o‗z navbatida, yahudiylik dini tarixida to‗rtinchi davr - diaspora (yahudiylarning 
turli yurtlarga tarqab ketishi) davri boshlanishiga olib keladi. 1948-yilda Isroil davlati 
tashkil topgach, yahudiylik dini davlat dini maqomini olgan. 
Yahva Musoga Sino tog‗ida dastlab 10 vasiyat bitigini taqdim etgan. So‗ng unga 
yahudiylik dinining boshqa muqaddas kitoblari ham yuborilgan. 
Muso Yahvaning so‗zi - muqaddas kitoblar mazmunini yahudiylarga yoya 
boshlagan. Shu tariqa Yahva yahudiy xalqini ikkinchi marta tanlagan. (Birinchi marta 
Ibrohim bilan ahdlashuv tuzgan, deb ta‘lim beradi, yahudiy ruhoniylari). 
Bu dinning ham o‗z muqaddas kitoblari mavjud. Bular «Bibliya» (Qadimgi Ahd 
qismi) va «Talmud» («O‗rganish») kitoblaridir. «Bibliya» ikki qismdan – ―Qadimgi 
Ahd‖ va «Yangi Ahd» dan iborat. Bibliyaning «Yangi Ahd» qismi - xristianlik dinining 
kitobi hisoblanadi. «Bibliya»ning yahudiylik dini kitobi hisoblanadigan qismi «Qadimgi 
Ahd» deb ataladi. 
«Qadimgi Ahd» (Ahd so‗zi — xudo bilan ahdlashuv, kelishuv degan ma‘nolarni 
anglatadi) 39 kitobdan iborat. Ularning dastlabki beshtasi «Musoning besh kitobi» deb 
ataladi va ular quyidagicha nomlanadi: 
1) Borliq; 2) Chiqish; 3) Loviy; 4) Sonlar; 5) Ikkinchi qonun. 
«Borliq» kitobi (Ibtido) - olamning va insonlarning xudo tomonidan yaratilganligi; 
jannat, unda dastlabki odamlarning hayoti, ularning gunoh ishlari va shu tufayli jannatdan 
haydalganlari; insoniyatning ko‗payishi va qadimgi tarixi, butun dunyo suv toshqini, 
undan Nuh oilasining qutulib qolishi; yahudiy xalqi urug‗ boshliqlari (Ibrohim, Ishoq, 
Ya‘qub, Yusuf hayoti, yahudiylarning Misrga ko‗chib borishi haqidagi kitobdir. 
«Chiqish» kitobi - yahudiy qonunshunosi Musoning hayoti va faoliyati, uning 
yahudiylarni Misr qulligidan ozod etishi, shuningdek, xudoning Musoga bergan 10 
vasiyati haqidagi kitob. «Loviy» - oilaviy hayot haqidagi kitob. «Sonlar» kitobi - 
qonunchilik va yahudiylarning Misrdan olib chiqib ketilgan davrdan to Falastinni bosib 
olgunlariga qadar bo‗lgan tarixiga bag‗ishlangan. «Ikkinchi qonun» - diniy qonunlar 
kitobidir. Bu besh kitob bitta nom bilan - «Tora» (Qonun) deb ham ataladi. U yahudiylik 
diniy ta‘limotining asosi hisoblanadi. 
«Qadimgi Ahd»ning ikkinchi va uchinchi qismlari «Payg‗ambarlar» va «Yozuvlar» 
nomi bilan ma‘lum. Yahudiylikning ikkinchi kitobi «Talmud»dir («O‗rganish»). 
Yahudiylik ta‘limotiga ko‗ra xudo butun olamning yaratuvchisi. Olamdagi barcha 
narsalar, hodisalar uning xohishi, irodasi bilan sodir bo‗ladi. Xudo dunyoni 6 kunda 
yaratgan. Oltinchi kuni odam yaratilgan va unga Olam haqida qayg‗urish vazifasi 
yuklatilgan. 
Xudo Sino tog‗ida Muso payg‗ambaiga taqdim etgan 10 vasiyat quyidagilar haqida 
edi: 
- ajnabiy xudolarga sig‗inmaslik; 


- ajnabiy xudolar butxonalarini vayron etish; 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin