Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

Qayta quruvchilar.
Yahudiy ilohiyotchilari orasida yahudiy dinini isloh qilish va 
uni o‗rta asrlardagi holatiga qaytarish tarafdorlari ko‗pchilikni tashkil qiladi. Ularning 
fikricha, dinni qaysidir bir jihatdan tanqid qilish uning ta‘sir kuchini kamaytiradi. 
Shuning uchun dinning o‗zi qanday bo‗lsa, uni shundayligicha qabul qilish kerak. Bu fikr 
tarafdorlari yahudiy ruhoniylari orasida va Isroil davlat arboblari o‗rtasida keng 
tarqalgan. Ular o‗zlarini «qayta quruvchilar» deb ataydilar. qayta quruvchilar 
yahudiylikni sionizmning millatchilik g‗oyalari bilan qayta ishlab, uni o‗rta asrlardagi 
ravvinchilik holatiga qaytarishga urinadilar. 
 
2-savolning bayoni: 
Mil.av. II ming yillik o‗rtalarida Hindistonga g‗arbdan oriylar bostirib kela 
boshladilar. Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo‗lishlari bilan birga she‘riyatga ham 
usta edilar. Shu yo‗l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni o‗zlari xohlagan 
tarafga o‗zgartira olardilar. Ular o‗zlari bilan muqaddas yozuvlari – Vedalar (sanskr. – 
muqaddas bilim)ni ham olib kelgan edilar. 


Hind adabiyotining boshlanishi Vedalardir. Vedalar tarkibiga turli davrlarda 
yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo‗lib, ular o‗z ichiga ibodat, marosimlar, falsafiy 
ta‘limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar to‗rt yirik to‗plamdan iborat: 1. Rigveda 
(«madhiyalar vedasi»); 2. Samaveda («qo‗shiqlar vedasi»); 3. Yajurveda («qurbonliklar 
vedasi»); 4. Adxarvaveda («afsun va jodular vedasi»). 
Rigveda
. Rigveda yagona asar, to‗plam sifatida Hindiston hududida, asosan, 
Panjobda, Hind daryosi havzasida mujassam bo‗ldi. U Shimoliy Hindistonda mil. av. II-I 
ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida ma‘lumot beruvchi yagona manba bo‗lib 
qolmoqda. Bu yodgorlik juda noyob bo‗lganligi sababli u faqat o‗zini-o‗zi sharhlaydi. 
Rigveda – «madhiyalar vedasi» ma‘nolarini beradi. Rigveda xudolarga aytilgan 
madhiyalarning to‗plami, ya‘ni, diniy yodgorlik bo‗lib, uning mualliflari, rishi 
kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriylar tomoniga og‗dirish bo‗lgan. Ular 
madhiyalarni kuylab xudolarni maqtaganlar, ularning qahramonlik va sharaflarini 
ulug‗laganlar, ularni qurbonlik keltirish marosimlariga taklif etganlar va shundan so‗ng 
ulardan oriylarni qo‗llab-quvvatlash hamda hayot farog‗atlarini ato etishlarini 
so‗raganlar. Xudolarga ta‘cir etishning eng asosiy yo‗li – ularga madhiya aytish bo‗lgan.

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin