Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va yaqinlari tomonidan uning barcha tabarruk
narsalari va unga taalluqli ashyolar: yozgan asarlari,
musiqa asboblari, ro‗zg‗or
anjomlari, aravasi va boshqa narsalari keltirib qo‗yildi. Vaqt o‗tishi bilan faylasufning
obro‗si oshib, ta‘limoti keng tarqalgani sari ushbu ibodatxona ham ziyoratgohga aylanib
bordi. Tsuyfu yaqinida Konfutsiy shogirdlari va izdoshlari makon tutgan kattagina
qishloq barpo bo‗ldi. Lu podshohligi hukmdorining o‗zi
Tsuyfuga kelib Konfutsiy
ibodatxonasida uning xotirasiga qurbonlik qildi. Ibodatxonaning ahamiyati oshgani sayin
uning er mulklari bilan boyidi. Bu joy oddiy mahalliy ibodatxona shaklidan Xan sulolasi
davriga kelib butun mamlakat miqyosidagi muqaddas ziyoratgohga aylandi. Mil. av. 195
yilda birinchi Xan podshohi Lyu Ban shaxsan o‗zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab
«tay-lyao» (Xitoyda eng oliy qurbonlik – qo‗y, xo‗kiz va cho‗chqa) uchlik qurbonligi
keltiradi.
Mana shu asrdan boshlab Konfutsiy nomi Xitoyda ilohiylashtirildi
va unga atab
muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo‗ldi.
Xan sulolasi davrida Konfutsiyga knyazlik unvoni berildi. X-XIII asrlarga kelib,
Sun sulolasi davrida unga imperatorlik unvoni, otasiga esa knyazlik unvoni berildi.
Keyinroq Yuan va Min sulolalari (XIII-XIV asrlar) davrida
unga yana ham yuksakroq
daraja – «Haqiqiy donishmand», «Millatlarning buyuk ustozi» unvonlari berildi.
Xitoyning deyarli barcha shaharlarida Konfutsiyga atab qurilgan ibodatxonalar
paydo bo‗ldi. Bunday ibodatxonalar soni mingga yaqin edi. Dastlabki paytda
ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida oddiygina Konfutsiy
nomi yozilgan lavha
osilgan edi. Xitoyga buddaviylik kirib kelgach, lavha o‗rnini endi Konfutsiyning haykali
egalladi. Tsuyfudagi ibodatxonadan boshqa hammasi bir xil shaklga ega edi. Unda
Konfutsiy haykali yoniga 86 shogirdining nomi bitilgan lavha yoki haykallar qo‗yilgan.
Tsuyfudagi ibodatxonada ularning soni ko‗proq.
Faylasufga atab qilinadigan qurbonliklar va boshqa muhim marosimlar tartibga
solingan. Har oyning birinchi va 15-kunlarida ikki marta Konfutsiy haykali oldida odatiy
qurbonliklar, yilda – bahorda va kuzda ikki marta alohida tantanali marosimlar o‗tkazilar
edi. Tantanaga kelgan imperator va ularning mulozimlari donishmand timsoli oldida
turib, unga: «Sen buyuksan, ey mutlaq donishmand, sening fazilatlaring ko‗p, ta‘limoting
beqiyos, o‗tganlar orasida senga tengi yo‗q!» – kabi hamdu
sanolar bilan murojaat
qilganlar.
Dostları ilə paylaş: