Yaponlar tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik tushunchalarini tabiatan bilganlar, shu
tufayli, jamiyatdagi qoida va talablarga rioya qilish tabiiy. Agar shunday bo‗lmaganda,
ular o‗rgatilmagan yovvoyi hayvonlardan ham pastroq darajada bo‗lar edilar.
Sintoizm haqidagi ma‘lumotlar «Kodziki» («Qadimiy yozuvlar») va «Nixongi»
(«Yaponiya annallari») manbalarida uchraydi. Kodziki
har bir yaponning eng yaqin
kitobidir, boshqacha aytganda,
bu kitob Yaponiyani, yapon xalqini tushunishning kaliti
hisoblanadi. Unda ikkita asosiy mazmun mujassam: qon-qabilaviy
birlik va siyosiy
hokimiyat g‗oyasi.
Yapon yozuvlarida ta‘kidlanishicha, olamda avval tartibsizlik (xaos) hukmronlik
qilgan. Undan so‗ng er osmondan ajralib chiqqan hamda
ayol va erkak jinsi paydo
bo‗lgan. Ayol jinsi timsolida ayol xudo Izdanami, erkak jinsi timsolida uning eri Izdanagi
yuzaga keldi. Ulardan ayol jinsidagi quyosh ilohiyati Amaterasu,
erkak jinsidagi oy
ilohiyati Tsukiyomi, shamol va suv ilohiyati Susanoo tug‗ildi. Amaterasu g‗alaba
qilib
osmonda qoldi, Susanoo esa erdagi Idzumo mamlakatiga quvildi. Susanooning o‗g‗li
Okuninusi Idzumo hokimi bo‗ldi. Amaterasu bu holatga chidab tura olmay, Okuninusi
hokimiyatini o‗z nabirasi Ninigiga topshirishga majbur qildi.
Ninigi osmondan tushib,
Idzumo davlati rahbarligini qabul qildi. Unga hokimiyatning ramzi sifatida uch muqaddas
narsa – ko‗zgu (ilohiylik timsoli), qilich (qudrat timsoli) va yashma (sadoqat va fidoiylik
timsoli) topshirildi. Ninigidan Dzimmutenno kelib chiqdi. Tinno unvoni «oliy hukmdor»
ma‘nosini anglatadi. Bu so‗z boshqa tillarda imperator ma‘nosini bildiradi. Dzimmutenno
mikado – yapon imperatorlari
sulolasining birinchi vakili, Yaponiyaning birinchi
afsonaviy imperatori hisoblanadi. Ko‗zgu, qilich, yashma o‗sha qadim zamonlardan beri
yapon imperatorlari xonadonining belgisi bo‗lib qolgan.
Hozirgi kundagi yaponlar tashqi ko‗rinishdan bu ta‘limotga bir oz e‘tiborsiz
ko‗rinsalar-da, chin dildan unga ongli ravishda ehtirom bilan yondashadilar. Hozirgacha
sintoizm ibodatxonalarida imperator oilasiga atab turli marosimlar o‗tkazilib turadi.
Sintoizm yaponlarga mavjudot olami, tabiat bilan o‗zaro munosabatlarga o‗ziga xos
qarashni singdirgan. Bu qarashlar besh tamoyilda namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: