Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

Veda ibodatlari.
Veda ibodatlari ikki turga bo‗linadi: duolar va xudolarga atab 
qilinadigan qurbonliklar yoki boshqa bir narsalarni taqdim qilishdan iborat. Dastavval 
duo kitoblari bo‗lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan. 
Unda ma‘budlarga kuydirilgan moy, non, va nihoyat, suv yoki sut bilan aralashtirilgan 
soma ichimligi tortilgan. Shuningdek, hayvonlar (masalan, ot) ham qurbonlik qilingan. 
Vaqt o‗tishi bilan bu marosimlar murakkablashib borgan. Qurbonlik banda bilan xudo 
o‗rtasidagi savdo, kelishuv ma‘nosida qabul qilingan. Masalan, inson bir narsaga muhtoj 
bo‗lsa, xudoga qurbonlik qila turib undan o‗z ehtiyojini qondirishni so‗ragan. 
Keyinchalik Rigveda, Adxarvaveda kabi madhiya va duolarni o‗zida jamlagan kitoblar 
paydo bo‗lgach, ibodatning ikkinchi ko‗rinishi – xudolarga atab duo va madhiyalar 
o‗qish odat tusiga kirgan. 
Braxmanlik
veda dinlarining bir shahobchasidir. Vaqt o‗tishi bilan vedalardagi 
qo‗shiqlar ommaga, hatto ruhoniylarga ham tushunarsiz bo‗lib qoldi. Bu qo‗shiqlar hali 
o‗zgarishga uchramay, muqaddas til va muqaddas matnlar paydo bo‗ldi. Nihoyat, bu tilni 
o‗rganish uchun kishilar alohida guruhlar tuzib, maxsus vaqt ajratdilar. Natijada o‗z 


hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini o‗rganish, murakkab marosimlarni o‗tkazish va 
xalq ruhiy hayotini boshqarishga bag‗ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga 
keldi. Dinga xos bo‗lgan xususiyatlardan biri – ilohiy tilning o‗zgartirib bo‗lmasligidir. 
Xuddi shu bir tilning eskirib amaldan qolishi va faqat muqaddas tilga aylanib qolishi 
braxmanizmning kelib chiqishiga sabab bo‗lgan omillardan biridir. Braxmanizmda 
xalqning emas, ko‗proq ma‘lum ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilinadi. 
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli sutralardir. 
Sutralar san‘atning alohida ko‗rinishi bo‗lib, yaqqol ajralib turuvchi ustalik bilan sof 
sanskrit tilida yozilgan. Unda mavjud vaziyatga alohida e‘tibor qaratilgan holda ma‘lum 
tabaqaga yuqori o‗rin beriladi. 
Braxmanlar o‗z nomlarini tuzgan dinlarigagina emas, joy nomi (Braxmaniya) 
sifatida, butun boshli fan va san‘atga (braxmanizm she‘riyati, tibbiyoti, matematikasi 
kabi) nom qilib berdilar. Ular o‗zlarining kelib chiqishlarini etti ruhoniy oilaning 
boshliqlari bo‗lgan etti rishidan deb hisoblaydilar. Madhiyalarning ilk mualliflari bo‗lgan 
shoirlar, tilshunoslar va hozirjavob kishilar o‗z kasblarini avlodlariga uzatganlar.
Braxmanning hayoti to‗rt muayyan belgilangan bosqichdan iborat. Xususan, uning 
har bir kuni mashaqqatli ibodat, o‗rganish va vazifalar bilan to‗la. Braxmanning diniy 
hayoti uning balog‗at yoshiga etib, muqaddas bog‗ichni qabul qilishi va «baxshida 
qilish» marosimidan keyin boshlanadi. Shundan keyin braxmanning yoshligi birorta 
donishmand braxmanning qo‗lida vedalarni yodlash, uning uyida muqaddas olovni 
doimo tutib turish, ustozining xizmatini qilish, jumladan, uning uchun sadaqa yig‗ish 
bilan o‗tadi. Braxman bu bosqichda «braxmacharin» deb nomlanadi. Uzoq vaqt davom 
etadigan bunday ta‘limotdan so‗ng u ikkinchi bosqichga o‗tadi. Braxman «grixastxa» deb 
nomlanadigan bu bosqichda uy xo‗jayini vazifasini bajaradi. U uylanishi, oilani boqishi 
(xususan, o‗g‗il etishtirishi), amaliy hayot ilmini egallashi va o‗zining fuqarolik 
burchlarini bajarishi lozim. Braxman «vanaprastxa» (o‗rmon zohidi) deb ataluvchi 
hayotining uchinchi qismida oilasi bilan yoki yolg‗iz holda o‗rmonga ketishi kerak. Bu 
erda u «o‗z nafsini jilovlab» ildizlar yoki mevalarni eb, diniy amallarni jiddu jahdi bilan 
bajarishi kerak. Braxman hayotining to‗rtinchi bosqichi «saniyasi» (zohid) 
tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik davridir. U hayotning barcha tashvishlarini ortga 
tashlab, xursandchilik, qayg‗u, orzu-havas va jismoniy ehtiyojlarni tark etib, hamma 
narsaga befarq bo‗lgan braxman bir maqsadga – «Oliy Braxmaga etishish, ya‘ni u bilan 
qo‗shilib ketish, bu dunyo va o‗lgandan keyingi abadiy baxtga erishishga» intilishi kerak. 
Braxman tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga 
bir marta ovqatlanib kun kechiradi. 
Hinduizm juda murakkab dindir. U bir tomondan yirik ijtimoiy tashkilot, ikkinchi 
tomondan turli dinlar qorishmasidir. Ijtimoiy tashkilot sifatida kastachilik asosiga 
qurilgan. Bu din, asosan, Hindistonda tarqalgan bo‗lib, mamlakat aholisining 83% shu 
dinga e‘tiqod qiladi. Hinduizm e‘tiqod qiluvchilar soni jihatidan jahonda uchinchi o‗rinda 
turadi. Yirik jamoalar Bangladeshda (12 mln.), Indoneziyada (3,6 mln.), Shri Lankada (3 
mln.), Pokistonda (1,5 mln.), Malayziyada (1 mln.), AQShda (0,5 mln.), Butanda (0,3 
mln.) mavjud. Hinduizm uni qabul qilmoqchi bo‗lganlarga qo‗yadigan birinchi va asosiy 
shart Hindistondagi kasta tuzumini qabul qilishdir. 
Shunisi qiziqki, hinduizm o‗zining asosi hisoblanadigan vedizm va braxmanizmdan 
tashqi ko‗rinishda farqlanadi. Unda yangi braxmanizm dinlari, to‗g‗rirog‗i, oqimlari 
mujassamdir. Ularning barchasini umumiy jihatlariga qarab bir guruhga jamlash 
mumkin: tushuncha va qonunlarning asl manbai bo‗lgan vedalarning muqaddasligi; guru 
(pir, ustoz)ning tan olinishi; muqaddas joylarga ziyoratga borish; sanskritning muqaddas 


til ekanligi; va nihoyat, sigirning muqaddas ekanligi. Bu besh qoida yoki aqida umum 
tomonidan tan olingan bo‗lsa-da, ko‗p sonli e‘tiqod qiluvchilar orasida o‗ziga yarasha 
farq va o‗ziga xoslik kasb etgan. 
Hinduizmda keyingi davrda vedalardan tashqari xalq og‗zaki ijodi namunalari, 
jumladan, «Maxabxarata» ham muqaddas yozuvlar qatoriga qo‗shilgan. Hinduizmda ham 
braxmanlar asosiy o‗rinni egallaydi. Shuning uchun ham mazkur adabiyotlarning 
ko‗pchiligi braxmanlar tomonidan yaratilgan. Ular eski aqidalarning zamon talabiga 
javob bermasligini ko‗rib, yangi qonun qoidalarga mos ravishda turli oqimlarni yuzaga 
keltirdilar. Ular shu yo‗l bilan o‗z raqiblari hisoblangan buddistlarga qarshi kurash olib 
bordilar. 
Hinduizmda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy xudolar 
sanalib, Braxma ularning eng kattasi – dunyoni yaratgan xudo hisoblanadi. Biroq, 
hinduizmda faqatgina Vishnu va Shivagagina sig‗inadilar. Shunga binoan, hinduizm ikki 
asosiy oqimga bo‗linadi: Shivaga sig‗inuvchilar va Vishnuga sig‗inuvchilar. 
Shiva oddiy xalq ommasi – kambag‗allarning ilohi hisoblanadi. U Rigvedaning 
birinchi nusxalarida Pudra nomi bilan zikr etilgan. Adxarvavedada Pudraning roli oshib 
boradi. Yajurvedada Pudra Agni timsolida berilgan. U Ishana, Ishvara, Maxadeva (buyuk 
xudo) nomlari bilan ham ataladi. Hindistonda shivaizmning o‗n uchga yaqin asosiy 
oqimlari mavjud. Shivachilar orasida asosiy oqim sifatida tridandinalar (uch tayoqlilar) 
va smartlar (smriti so‗zidan – haqqoniy rivoyatlar)ni aytib o‗tish mumkin. Shivaizmning 
mayda oqimlari oriylarga tegishli bo‗lmagan an‘analar bilan sug‗orilgan. Deylik, Shaktra 
yoki Shakta oqimi hayvon yoki odamlarni qurbon qilishi bilan ajralib turadi. Hozir turli 
balo-ofatlar paytida qilinadigan bunday qurbonliklar yo yo‗q bo‗lib ketgan, yoki maxfiy 
ravishda amalga oshiriladi. Xalq orasida Shivaning 1008 ta nomi bor. 
Vishnu – hozirgi Hindiston panteonida birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi 
ilohidir. Rigvedada tabiatga jon ato etuvchi quyosh xudosi Vishnu birinchi darajali 
ilohdir. Unda Vishnu juda saxiy qilib tasvirlangan. Ibodat paytida uni Savitar, Roxita, 
Surya, Adita nomlari bilan ham ataydilar. U butun koinotni uch qadamda bosib o‗tishi va 
havoda muallaq yura olishi xususiyati bilan tavsiflanadi. Yarim inson, yarim xudo 
shaklidagi qahramon Krishna Vishnuga qo‗shilib ketgan deb tasavvur qilinadi. 
Maxabxarata va Ramayana dostonlarida Avatara, ya‘ni insonning Vishnuga qo‗shilib 
ketishi haqida so‗z yuritiladi. Vishnu gohida to‗rt qo‗lli qilib tasvirlanadi. Vishnuning 
ommaviy ibodat marosimlari ba‘zan juda murakkablashib uzoq vaqt davom etadi. U hech 
qachon inson yoki hayvonning qurbonlik qilishni talab qilmagan. 
Vishnuizmda ham o‗zining muqaddas hayvoni bor. U maymundir. Rigvedada 
Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning ajdodini ko‗rish mumkin, degan 
rivoyat keltiriladi. Shuning uchun maymun Ram («Ramayana» dostonidagi odam-
xudo)ning ittifoqchisi maymun-xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‗lanadi. 
Hinduizmda bayramlar ma‘lum bir oqimga tegishli bo‗lsa-da, ular ommaviy tarzda 
nishonlanadi. Masalan, Krishna (avgust) va Shivaning (fevral) tug‗ilgan kunini 
nishonlashda shivachilar ham, vishnuchilar ham, garchi bayramga har bir oqim o‗zicha 
ma‘no bersa-da, teng ishtirok etadilar. Qadim zamonlardan ulug‗ bayramlar qatorida 
muqaddas joylarni ziyorat qilish Hindiston diniy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. 
Vedalarda faqatgina ayrim joylarni ziyorat qilishga ruxsat etilgan bo‗lsa, Maxabxaratada 
Hindistonning shimolida joylashgan bir necha muqaddas ziyoratgohlar aniq ko‗rsatib 
o‗tilgan. 
Hinduizmning aqidaviy, marosimiy va ramziy sohalardagi juda ham murakkab 
tizimi unga e‘tiqod qiluvchilarning turlicha talqinida yana ham murakkablashib ketadi. 


Garchi, hinduizm ilohiyotchilari tomonidan uni animistik va butparastlik asoratlaridan 
tozalab, taraqqiy etgan dinlar qatoriga ko‗tarishga harakat qilsalar-da, xalq ommasi 
doirasida u juda ham sodda, but va ruhlarga sig‗inish xususiyatlarini to‗la saqlagan holda 
davom etmoqda. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin